Samarqand davlat universiteti genetika kafedrasi

Samarqand davlat universiteti
genetika kafedrasi mudiri
Ruziyev Farid Ashurovich
Kafedra dotsenti. Genetika kafedrasida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan genetik tadqiqotlar, xususan boshoqli ekinlarning sifat belgilari irsiylanishi, molekulyar darajadagi gen tahlillari bo‘yicha ilmiy faoliyat yuritib kelmoqda. “Bahorgi yumshoq bug‘doy turichi duragaylarida don sifat ko‘rsatkichlarning irsiylanishi” mavzusida b.b.f.d. PhD. ni himoya qilib, hozirda keyingi bosqichdagi ilmiy tadqiqotlarini olib bormoqda. Pedagogik va ilmiy tadqiqotlari ishi natijasida 4 ta o‘quv qo‘llanma, 10 ta ilmiy maqola (Scopus, WoS), 50 dan ortiq tezislar nashr ettirgan. https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=58736342700 . Farid Ruziyev oʻzining ilmiy-pedagogik faoliyati davomida I-OT-2017-3-4 “Galofit o‘simliklar biomassasi va chorvachilik organik chiqindilaridan bioyoqilg‘ilar olishning kompleks texnologiyasini ishlab chiqish” (2017-2018 y.) innovatsion loyihada ishtirok etgan. Mazkur loyiha doirasida amalga oshirilgan tadqiqotlarda quyidagi ilmiy natijalarga erishilgan. Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlarning qishloq xo‘jalik ekinlari vegetatsiyasidagi ahamiyati aniqlangan, ulardan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan; cho‘l hududlarida keng tarqalgan ayrim galofit o‘simliklar biomassasining bioyoqilg‘i manbalar sifatidagi potensiali baholangan; chorvachilikning organik chiqindilari va o‘simliklar biomassasini qayta ishlashga asoslangan bioyoqilg‘ilar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. Bugungi kunda Farid Ruziyev FL-7923061954-raqamli “Kuzgi bug‘doyda harorat stressiga javoban CBF\DERB transkripsiya omillarini kodlovchi genlar ekspressiyasini baholash” mavzusidagi respublika, Xitoyning Shimoliy-G’arbiy qishloq xo‘jaligi va o‘rmonchilik universiteti olimlari bilan birgalikda “Evaluation of Nutrional Quality and Innovative Utilization of Wheat Germplasm in Countries Along the Belt and Road” mavzusidagi xalqaro, Xitoyning Shinjon Uyg‘ur Qishloq xo‘jaligi akademiyasi olimlari birgalikda “Screening and Demonstration of New Wheat and Cotton Varieties in Uzbekistan” nomdagi xalqaro va 2025-2030 yillarga mo‘ljallangan “Agreement on 5-year plan for Advancing of the joint China-Uzbekistan Crop Breeding Research Center between Northwest A&F University (China) and Samarkand State University (Uzbekistan)” nomli xalqaro hamkorlik tadqiqotlar loyihada ilmiy jamoa a’zosi sifatida faoliyat koʻrsatmoqda. Olim har yili turli mamlakatlarda (Xitoy, Rossiya, Pokiston, Turkiya, Qozog‘iston,O‘zbekiston) o‘tkaziladigan “Silk Road Wheat Innovation Alliance” simpoziumining dasturiy qoʻmitasi a’zosi hisoblanadi.)
Genetika kafedrasi a'zolari
|
Maxmudova Zahro Vahabovna Biologiya fanlari nomzodi, professor. 1966-yildan buyon kafedrada faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. “Uzum genetikasi va seleksiyasi” mavzusi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Olima ilmiy izlanishlari yuzasidan ko‘plab maqolalar chop etgan, 1 monografiya, 2 darslik va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratgan. |
|
|
Ismailov Zafar Fayzullayevich
Biologiya fanlari nomzodi, professor. Universitetda biotexnologiya yo‘nalishining asoschisi. 1983-yilda "Tn1 transpozoning E. coli hujayrasida translyasiyasini genetik nazorat qilish" mavzusida nomzodlik va 1996-yilda "Tuproq bakteriyalarini genetik va biokimyoviy tadqiqotlari-fitogen mikrofloraning antagonistlari" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1997-yildan hozirgi kunga qadar O‘zRFA Mikrobiologiya ITI, 2019-yildan Buxoro davlat universitetida doktorlik dissertatsiyalarni himoya qilish bo‘yicha Ilmiy kengash a’zosidir. 2001-yilda Germaniya, Isroil, va AQSH olimlari ishtirokida O‘zbekistonda biotexnologiyaga bag‘ishlangan «Achievements of biotechnology for the future of mankind» mavzusidagi birinchi xalqaro konferensiya tashkilotchisi, va genetika, biotexnologiya va biologiyaga oid dolzarb muammolar bo‘yicha MDH mamlakatlarida va nufuzli jahon jurnallarida 200 dan ortiq ilmiy maqolalar, 1 darslik va o‘quv qo‘llanmalar nashr etgan.
https://doi.org/10.1128/JB.186.15.4986-4993.2004 https://doi.org/10.1128/aem.61.5.1720-1726.1995 https://doi.org/10.1007/s002849900037 |
|
|
Djabborov Ibrohim Shodmonovich Ibrohim Shodmanovich Djabbarov — biologiya fanlari doktori, professor. Genetika, o‘simliklar genetikasi va seleksiyasi, xususan Markaziy Osiyo mahalliy bug‘doy genofondini o‘rganish, genetik xilma-xilligini baholash va seleksiyada foydalanish yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi. 1992-yilda “Изучение популяции ржи по признаку псевдосамосовместимости” mavzusida nomzodlik, 2019-yilda esa “O‘zbekiston janubiy-g‘arbiy mintaqasidan qadimiy mahalliy bahorgi yumshoq bug‘doyning namunalari genetik va fiziologik xilma-xilligi” mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. Professorning ilmiy tadqiqotlari mahalliy va qadimiy yumshoq bug‘doy genotiplarining genetik va fiziologik xilma-xilligi, don sifati, xo‘jalik belgilari, ekologik moslashuvchanligi hamda seleksiya uchun istiqbolli genotiplarni aniqlashga qaratilgan. Shuningdek, Aegilops L. turkumiga mansub yovvoyi bug‘doy qarindoshlarining genetik xilma-xilligini molekulyar markerlar asosida o‘rganish va ularning seleksiya uchun genetik resurs sifatidagi imkoniyatlarini baholash bo‘yicha tadqiqotlar olib boradi. I.S. Djabbarov ilmiy rahbarligida bug‘doy genofondi, o‘simliklar genetik xilma-xilligi va molekulyar-genetik tadqiqotlar yo‘nalishlarida yosh tadqiqotchilar va doktorantlar ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Olimning ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 55 dan ortiq ilmiy ishlari nashr etilgan. Asosiy ilmiy yo‘nalishlari: bug‘doy genofondi va genetik xilma-xilligi; mahalliy va qadimiy bug‘doy genotiplari; Aegilops L. turlarining genetik xilma-xilligi; bug‘doy seleksiyasida genetik resurslardan foydalanish; don sifati belgilarining genetik asoslari; molekulyar-genetik markerlar asosida genotiplarni baholash; abiotik stresslarga moslashgan bug‘doy genotiplarini aniqlash. |
|
|
Qarshieva Umida Shukurovna 2001-yilda “Zarafshon vohasining sug‘oriladigan yerlari sharoitida kalta poyali bug‘doy seleksiyasi uchun boshlang‘ich ashyo” mavzusida 06.01.05 – “Seleksiya va urug‘chilik” ixtisosligi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2022-yilda “O‘zbekistonning sug‘oriladigan maydonlari uchun yumshoq bug‘doy seleksiyasi va urug‘chilik tizimini takomillashtirish” mavzusida 06.01.05 – “Seleksiya va urug‘chilik” ixtisosligi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2025-yil 11-iyulda professor ilmiy unvonini olgan. Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi fan doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi DSc.05/08.05.2024.Q.X.42.02 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar a’zosi. Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti huzuridagi qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/28.08.2024.Q.X.181.01 raqamli ilmiy kengash rais o‘rinbosari sifatida ham faoliyat ko‘rsatadi. “AGROINNOVATSIYA” jurnali hamda O‘zR OAK ro‘yxatiga kiritilgan “Agrokimyo, himoya va o‘simliklar karantini” jurnalining maxsus soni tahririyati a’zosi sifatida ham faoliyat yuritib kelmoqda. Mualliflik ishlari: 2 ta darslik, 6 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 ta tavsiyanoma, 2 ta monografiya, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar (mahalliy va xalqaro jurnallar hamda ilmiy-amaliy konferensiyalarda). Ixtiro patenti: 1 ta o‘simlik navi patenti (NAP 2Q17 0030) – 2021-yildan boshlab 20 yil amal qilish muddati. ORCID: https://orcid.org/0009-0006-8458-0832 |
|
|
Kan Svetlana Vladimirovna
Biologiya fanlari nomzodi, dotsent. 1988-yilda “Исследования различных генетических тест-систем для оценки генотоксичности сотчных вод” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Svetlana Kanning ilmiy ishlari asosan ekologiya, tibbiyot, gen muhandisligi va biotexnologiya muammolariga bag‘ishlangan. Kafedraning ilmiy izlanishlari va bosh ilmiy mavzusiga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etib keladi. Asosan bolalar va katta yoshdagi insonlarda uchraydigan onkologik kasalliklarning tashxisi bilan bog‘liq ilmiy tadqiqot ishlarida qatnashib bugunga qadar 50 ga yaqin ilmiy maqolalar chop etgan va ko‘plab o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratgan. |
|
|
Sobirov Faridun Shavkatovich Biologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, PhD (2025). Faridun Sobirov Samarqand davlat universitetida 2024-yildan boshlab ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqda. 2025-yilda “Aegilops L. turkumining mahalliy ekotiplarini fenotipik va genotipik skriningi” mavzusida PhD dissertatsiyasini himoya qilgan. Ilmiy tadqiqotlari asosan genetika, o‘simliklar genetikasi, Aegilops L. turkumi, bug‘doyning yovvoyi qarindoshlari, fenotipik va genotipik xilma-xillik, molekulyar markerlar hamda qurg‘oqchilikka chidamlilikning genetik asoslari yo‘nalishlariga qaratilgan. Faridun Sobirov tomonidan hammualliklik asosida 1 ta o’quv qo’llanma, 1 ta katalog, 1 ta tavsiyanoma, 10 ta ilmiy maqolalar, 10 ga yaqin tezislar chop etilgan. Scopus va Web of Science Xalqaro ilmiy bazalaridagi jurnallarda chop etilgan maqolalari: http://doi.org/10.54910/sabrao2023.55.5.6. http://doi.org/10.54910/sabrao2024.56.6.6. http://doi.org/10.54910/sabrao2024.56.6.24. http://doi.org/10.54910/sabrao2025.57.2.1. https://zenodo.org/records/15521234 https://doi.org/10.1088/2515-7620/ae1f68 https://doi.org/10.1080/23311932.2026.2674398 http://doi.org/10.54910/sabrao2026.58.3.6 http://doi.org/10.54910/sabrao2026.58.4.9 Xalqaro bazalardagi profillari: Scopus: https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=58698034500 Web of Science: https://www.webofscience.com/wos/author/record/67558234 ResearchGate: https://www.researchgate.net/profile/Faridun-Sobirov-4?ev=hdr_xprf Google Scholar: https://scholar.google.com/citations?user=c2d0Wn8AAAAJ&hl=ru |
|
![]() |
Mustafoqulov Maruf Xolboy o‘g‘li 2018-yilda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Biologiya fakultetiga o‘qishga kirib, 2022-yilda uni muvaffaqiyatli tamomlagan. Shu yili Rossiya Federatsiyasidagi Buyuk Pyotr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universiteti magistratura bosqichiga qabul qilingan. U magistrlik dissertatsiyasini “разработка способа направленного культивирования vischeria punctate для получения биомассы, обогащенной каротиноидами” mavzusida himoya qilgan. Mazkur mavzu bo‘yicha 4 ta tezis va 2 ta ilmiy maqola chop ettirgan. 2025-yildan boshlab Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti “Genetika” kafedrasi assistenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirda u javdar genetikasi yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. |
![]() |
Mansurov Diyorbek Ulug‘bek o‘g‘li 2023–2025-yillarda Rossiya Federatsiyasidagi N. I. Lobachevskiy nomidagi Nijniy Novgorod davlat universiteti magistratura bosqichida tahsil olgan. 2025-yildan boshlab Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti “Genetika” kafedrasi assistenti sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. U “Исследование цитотоксического потенциала экстрактов различных растений в культурах на раковых клетках” mavzusi doirasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha 2 ta ilmiy maqola va 10 dan ortiq tezis muallifidir. |
![]() |
Cemal Kurt |
![]() |
Faheem Shehzad Baloch Kafedra professori. Genetika va o'simlik seleksiyasi yo'nalishida faoliyat yurituvchi olim, xususan bug'doy va dukkakli ekinlarda molekulyar genetika, genom bo'ylab assotsiatsiya tahlili (GWAS), yangi avlod sekvenslash (NGS), molekulyar markyorlar yordamida seleksiya (MAS) va genomik bashorat sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi. Turkiyaning Chukurova universitetida 2012 yilda bug'doyda QTL xaritalash mavzusida PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan, hozirda Turkiyaning Mersin universitetida professor lavozimida ishlaydi va shu bilan birga Janubiy Koreyaning Jeju milliy universitetida Korea ilmiy jamg'armasi (Korean Research Foundation) doirasidagi "Brain Pool" stipendiati sifatida faoliyat yuritmoqda. 12 yildan ortiq pedagogik va ilmiy tajribaga ega bo'lib, 30 dan ortiq davlat bilan ilmiy hamkorlik qilgan. Pedagogik va ilmiy tadqiqotlari natijasida Web of Science bazasida indekslangan 160 dan ortiq ilmiy maqola, 13 ta xalqaro kitob (muharrirlik) va 29 dan ortiq kitob bo'limini nashr ettirgan, ilmiy ishlariga 5800 dan ortiq iqtibos keltirilgan, h-indeksi 40 ga teng. Scopus ID: 25824197600, ORCID: orcid.org/0000-0002-7470-0080. F.Sh. Baloch o'zining ilmiy-pedagogik faoliyati davomida quyidagi loyihalarda ishtirok etgan: "Identification of Genomic Regions for Important Agronomic, Physico-Chemical, Mineral, Antioxidant and Cooking Properties of Common Bean Germplasm from Turkey with Genome Wide Association Studies (GWAS)" TÜBİTAK loyihasi (2016, loyiha rahbari), "Identification of Metal Tolerance Protein for Accumulation of Zn in The Seed and Pods of Common Bean (Phaseolus Vulgaris)" TÜBİTAK loyihasi (2019, loyiha rahbari), ERA-NET (SUSCROP) Yevropa tadqiqot assotsiatsiyasi doirasidagi "Fortifying and Enhancing Resilience in C4 Crops for Current and Future Climate Change Adversities" loyihasi (2021, Turkiya tomonidan loyiha rahbari) kabi innovatsion loyihalarda ishtirok etgan. Hozirda "Phenotypic Study of Wild Soybean Collections" — Xitoyning Gonkong universiteti (The Chinese University of Hong Kong) bilan Bolu Abant İzzet Baysal universiteti o'rtasidagi ikki tomonlama shartnoma asosidagi (TA1913647-son) loyihaning Turkiya tomonidan loyiha rahbari sifatida ishtirokchisi hisoblanadi. |
![]() |
Bolkiyev Abduvaxid Abdullayevich 2017–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazida genomika, proteomika, bioinformatika va biotexnologiya yo‘nalishlarida ilmiy faoliyat olib borgan. Ushbu davr mobaynida xalqaro va mahalliy miqyosdagi bir qator fundamental hamda amaliy ilmiy-tadqiqot loyihalarida faol ishtirok etgan. Ilmiy faoliyati davomida qishloq xo‘jaligi ekinlarining molekulyar genetikasi, genomikasi va o‘simliklar biotexnologiyasi yo‘nalishlarida tadqiqotlar olib borgan. Jumladan, RNK interferensiyasi (RNAi) texnologiyasi yordamida g‘o‘za, kartoshka va bug‘doy kabi qishloq xo‘jaligi ekinlarining biotexnologik transgen liniyalarini olish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashgan. Shuningdek, o‘simliklarning genetik xilma-xilligini o‘rganish, genotiplarni identifikatsiya qilish va molekulyar pasportlash maqsadida DNK markerlari, jumladan SSR va boshqa molekulyar-genetik markerlar bilan ishlash bo‘yicha ilmiy tajribaga ega. O‘simliklarni in vitro sharoitida yetishtirish, regeneratsiya va mikroklonal ko‘paytirish bo‘yicha ham tadqiqotlar olib borgan. 2025-yilda 03.00.14 – Genomika, proteomika va bioinformatika ixtisosligi bo‘yicha “Anorning (Punica granatum L.) mahalliy navlarini genetik tahlil qilish va in vitro usuli yordamida mikroklonli ko‘paytirish” mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Ilmiy izlanishlarining asosiy yo‘nalishlari o‘simliklar genomikasi va molekulyar genetikasi, DNK markerlari asosida genetik tahlil, o‘simliklar biotexnologiyasi, genetik identifikatsiya va molekulyar pasportlash hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarining genetik resurslarini o‘rganishdan iborat. Ilmiy faoliyati davomida 30 ga yaqin xalqaro (Scopus, Web of Science) va mahalliy ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalari chop etilgan. Shuningdek, 1 ta o‘simlik naviga patent (№ NAP 571) va 1 ta foydali model patenti (№ FAP 2985) hammuallifi hisoblanadi.Scopus ID: 58193122500 Web of Science ResearcherID: QIR-5672-2026 Orcid: https://orcid.org/0000-0003-0417-6460 |
![]() |
Genetika va biotexnologiya kafedrasi haqida Genetika ilmiy maktabining tarixi “Genetika, seleksiya va darvinizm” kafedrasining tashkil etilishidan boshlangan. Kafedra 1948-yilda tashkil etilgan bo‘lib, birinchi kafedra mudiri S.Z.Jalilov edi. Olim rahbarligidagi ilmiy jamoa tut ipak qurti genetikasi va seleksiyasini o‘rganish sohasida ko‘plab ilmiy ishlar olib borishgan. Bu ilmiy maktab faoliyati 1965-yildan professor P.K.Soldatov tomonidan davom ettirilgan. Bunda taniqli genetiklar, jumladan Novosibirskda yangi tashkil etilgan Fanlar akademiyasi Sitologiya va genetika institutining xodimi V. V. Xoxlovalarning hissasi katta. Fanlar Akademiyasi Sitologiya va genetika institutida boshqa genetiklar va ilg‘or o‘quv kurslari bilan aloqalar Samarqand davlat universitetida Genetika ilmiy jamoasining shakllanishiga hissa qo‘shdi, uzum radiasiya mutagenezi bo‘yicha sitogenetik yo‘nalish va tadqiqotlar olib borila boshlandi. SamDU Genetika, seleksiya va darvinizm kafedrasida P.K.Soldatov rahbarligida olimlar, jumladan, Z.V.Maxmudova, A.A.Azizov, Yu.V.Voinov, V.B.Epshteyn A.K.Aleksanyan, R.S. Gaybullayeva, N.I. Davidenkolar tadqiqot ishlari olib borishdi va dissertasiyalar himoya qilishdi. Ular atrof-muhitni ifloslantiruvchi antropogen omillarning, jumladan, pestitsidlarning mutagen ta’sirini o‘rganish sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borishdilar. Bu vaqtda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining asosiy yo‘nalishi mutatsion va modifikasion o‘zgaruvchanlik muammolarining ilmiy asoslarini yaratishini qamrab olgan bo‘lib, bu borada olib borilgan ilmiy ishlar natijalari yoqlangan dissertasiyalarda o‘z ifodasini topgan. |
![]() |
O‘tgan asrning 80-90-yillarda kafedra qoshida S.V.Kan, F.Ismailov, I.Davronov va boshqalar ishtirokida genetik monitoring va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ilmiy yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar jadal olib borildi. 1983-1986-yillarda professor P.K. Soldatov rahbarligida ilmiy jamoa Eksperimental metrologiya instituti bilan birgalikda «Paxtachilikda qo‘llaniladigan pestisidlar va mineral o‘g‘itlarning mutagen ta’sirini o‘rganish» mavzusidagi xo‘jalik shartnomasi bo‘yicha ilmiy ish olib borgan. Kafedrada o‘qitiladigan fan dasturlari Bakalavr • Hujayra biologiyasi • Genetika • Biotexnologiya • Bioinformatika • Genomika asoslari • Biotexnologiyaga kirish |
![]() |
• Agrobiotexnologiya • Nanobiotexnologiya -Tibbiyot biotexnologiyasi -BJJ -BTU -Gen va hujayra muhandisligi -Oqsillar va fermentlar muxndisligi -Biostatistika -Evolyusion nazariya -Sanoat biotexnologiyasi -Sitologiya va genetika asoslari -Mikrob biotexnologiyasi |
![]() |
Magistratura -Biospesifiklik asoslari -Immunobiotexnologiya -Molekulyar biotexnologiya -Bioinformatika va genomika va asoslari -Nanobiotexnologiya -Zamonaviy genetika asoslari -Irsiyat va o‘zgaruvchanlik -Evolyutsion genetika -Biologik faol va dorivor moddalar olib biotexnologiyasi -Oqsillar va fermentlar muhandisligi |
Kafedra hayotidan fotolavhalar
















