Samarqand davlat universiteti Agrobitexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi instituti

meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi mudiri

Xayitov Mamadiyar Allayarovich

+998 94 287 10 17  

 maxayitov_1965@gmail.com

Qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, dotsent. 2023 yildan buyon kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 1993-yilda “Zarafshon vodiysi sharoitida sabzavot yem-xashak almashlab ekish tuzilishda fosfor saqlovchi o‘g‘itlar samaradorligi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilgan. 1999-yilda dotsent ilmiy unvoniga ega.

120 dan ortiq ilmiy ishlari nashr etilgan. 3 darslik, 3 o‘quv qo‘llanma, 2 monografiya, 1 tavsiyanoma, 1 ratsionalizatorlik taklifi va 15 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalar muallifi.

 

Meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi a’zolari

Rustam Raximov

rustamrakhimov55@gmail.com

Meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi dotsenti, qishloq xo’jaligi fanlari nomzodi. “Zarafshon vodiysida tamaki yetishtirishda begona o‘tlarga qarshi kurashda uyg‘unlashgan usullarni ishlab chiqish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilgan. 1 ta darslik, 1 ta tavsiyanoma muallifi. 40 ortiq maqolasi xalqaro va respublika jurnallarida e’lon qilingan.

Normurodov Davlat Soyibnazarovich

normurodovdavlat73@gmail.com

 

Qishloq xo’jalik fanlari doktori, professor. 2020-yildan buyon Samarqand davlat universitetida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 2005-yilda “Virussiz asosda yetishtirilgan kartoshka tezpishar navlarining hosildorligiga va urugʻlik sifatlariga agrotexnik tadbirlarning taʻsiri” mavzusida nomzodlik, 2017-yilda “Virussiz kartoshka urugʻchiligining agrobiologik asoslari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

 200 dan ortiq ilmiy ishlari e’lon qilingan. 2 darslik, 6 oʻquv qoʻllanma, 2 monografiya muallifi.

Xolmirzayev Bahrom Xudoyberdiyevich

x-bax49@mail.ru

Qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent. 2020-yildan buyon Samarqand davlat universitetida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 1976-yilda “Сорта и технология возделывания шампиньона для промышленной тепличной культуры” mavzusida qishloq xo‘jalik fanlari nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

4 darslik, 8 o‘quv qo‘llanma, 3 monografiya va 200 ga yaqin ilmiy maqolalar  muallifi.

Rasulov Ilhom Maxmudovich.

rasulovilho1959@gmail.com

 +998944005999

Samarqand davlat universiteti meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi dotsenti.  2019-yil  "Gʻo‘zani barbadenze L.,turi duragaylarida  shoxlanish tipiga bog‘liq holda qimmatli xo‘jalik belgilarini o‘zgaruvchanligi"  mavzusida PhD dissertatsiyasini himoya qilgan. 2 darslik, 3 o'quv qo'llanma, 50 dan ortiq maqolalar muallifi.

 

Sadinov Safar Ibragimovich

sadinovsafar@gmail.com

 

Qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta o’qituvchi. Meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasida 2023 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.  1990-yilda “Селекция односемянной кормовой свёклы в условиях Северо-Западной зоны РСФСР” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1 darslik, 2  uslubiy qo’llanma muallifi. 30 dan ortiq maqolasi xalqaro va respublika jurnallarida e’lon qilingan.

 

Sulaymanov Oybek Madixonovich

oybek_sulaymanov@mail.ru

Qishloq xo‘jalik fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 2020-yildan buyon meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 2023 yilda “Kuzgi bug‘doy rivojlanishi, hosildorligi va don sifatiga pestitsidlar, biologik faol moddalarning taʼsirini asoslash” mavzusida PhD issertatsiyasini himoya qilgan.

1 darslik, 3 tavsiyanoma, 3 uslubiy qo‘llanma muallifi. 40 dan ortiq maqolasi xalqaro va respublika jurnallarida e’lon qilingan.

 

Qarshiyev Jurabek Dilshod o'g'li

jurash423@gmail.com

  2024-yildan buyon meva sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasida ishlab kelmoqda. 20 dan ortiq maqolalari va 1 ta uslubiy qo'llanma muallifi.

Xoshimov Ulug‘bek Abduazim o‘g‘li

khoshimov1997@gmail.com

Meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi o’qituvchisi. Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutida 2023 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 1 ta tavsiyanoma, 1 ta uslubiy qo‘llanma muallifi. 20 ortiq maqolasi xalqaro va respublika jurnallarida e’lon qilingan.

Shakarov Ikrom Vaxobovich

 Shakarov1989@gmail.com

Meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi o’qituvchisi. 2023-yildan buyon kafedrada faoliyat ko’rsatmoqda. 1 ta uslubiy qo‘llanma muallifi. 20 ortiq maqolasi xalqaro va respublika jurnallarida e’lon qilingan.

Usmonov Ravshan Suvonovich

ravshan.u700@gmail.com

Meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi o’qituvchisi.  2023-yildan boshlab kafedra faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 1 ta uslubiy qo‘llanma muallifi. 20 ortiq maqolasi xalqaro va respublika jurnallarida e’lon qilingan.

Aliboyev Sherzod Abduraxmanovich

sherzodaliboyev3@gmail.com 

Meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi o’qituvchisi.  2023-yildan boshlab kafedra faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 1 ta uslubiy qo‘llanma muallifi. 20 ortiq maqolasi xalqaro va respublika jurnallarida e’lon qilingan.

Meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi

2020-yil iyun oyida tashkil etilgan.
Hozirgi kunda kafedrada 7 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 85,0 % ni tashkil etadi.

Kafedrada 1 nafar fan doktori, professor hamda 5 nafar qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi — dotsentlar faoliyat yuritmoqda.

Kafedraning bosh ilmiy mavzusi:
“Zarafshon vohasi sharoitida meva, sabzavot, uzum, poliz ekinlari va kartoshkaning seleksiyasi, urug‘chiligi, yetishtirish hamda dastlabki qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqish.”

Ilmiy salohiyatni oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilar salohiyatidan foydalangan holda, tayanch doktorantlarni o‘z vaqtida dissertatsiya himoyasiga yetkazishga e’tibor qaratilmoqda.

Kafedra oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan:

  • Iqtidorli bakalavr va magistrlarni keyingi bosqichga saralab olish.
  • Tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar sonini oshirish.
  • Grant va loyihalarda kafedra xodimlarining ishtirokini ta’minlash.
  • Xo‘jaliklar bilan mablag‘li shartnomalar tuzish.
  • Talabalarni ilmiy ishlarga jalb qilish.

Kafedrada 8 ta darslik va 6 ta o‘quv qo‘llanma chop etilgan.

DSc va PhD dissertatsiyalari hamda magistrlik ishi himoyalari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

  • Kafedra mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar asosida magistrantlar tahsil olmoqda.
  • Ilmiy tadqiqotchilarga tajriba uchastkalarida ish olib borishi, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishi uchun shart-sharoit yaratilgan.
  • Sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ITI, Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ITI Samarqand ilmiy tajriba stansiyasi hamda fermer va klaster xo‘jaliklari bilan hamkorlik shartnomalari mavjud.
  • Magistrantlar tadqiqotlarini ushbu hamkorlar bilan amalga oshirmoqda.

Professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalari lavozim, ilmiy daraja va unvonga muvofiq ravishda belgilangan, tasdiqlangan va bajarib kelinmoqda.

Shuningdek, ularning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlari lavozim talablariga muvofiq shaxsiy ish rejalarga kiritilgan va to‘liq bajarilmoqda.

Shaxsiy ish rejalar bajarilishi muntazam ravishda kafedra mudiri, o‘quv bo‘limi, fakultet dekani va uning o‘rinbosarlari tomonidan nazorat qilinmoqda.

Kafedraga biriktirilgan ta’lim yo‘nalishlari:

  • 60811800 – Mevachilik va uzumchilik
  • 60811900 – Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik
  • 60812000 – Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish
  • 60811200 – Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi (ekin turlari bo‘yicha)

Mazkur yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalarning malakaviy amaliyotlarini sifatli va samarali tashkil etish maqsadida mos tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan hamda amaliyot o‘z vaqtida tashkil qilinmoqda.

Kafedra tarkibidagi 7 nafar professor-o‘qituvchi o‘z guruhlari bilan doimiy ravishda ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib bormoqda.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar uchun tasdiqlangan rejasi mavjud va unga asosan ish olib borilmoqda.

Kafedra jamoasi universitetdagi tadbirlarda muntazam ishtirok etib kelmoqda. Shuningdek, fakultet va talabalar turar joyi (TTJ) lardagi navbatchiliklarda ham qatnashib kelmoqda.