Alamlarni ichga yutavermang. Zero bu, o‘zingizga qarata o‘q uzishdek gap. Xatolaringizni tabiiy hol deb qabul qiling. Bu narsa sizga yanglish ishlardan to‘g‘ri xulosa chiqarishga yordam beradi.

    Kuchingizni to‘g‘ri taqsimlang, muhim ishlar birinchi darajali, qolganlari keyingi o‘rinlarda tursin, erishgan yutuqlaringizdan xursand bo‘lishni o‘rganing.

    Yolg‘izlikka berilmang. Ayniqsa, stress vaqtida odamlar bilan birga bo‘ling, do‘stlarga qo‘ng‘iroq qiling, yangi tanishlar orttiring, mashg‘ulotlaringizni ko‘paytiring.

    Bo‘lib o‘tgan ko‘ngilsiz voqeani o‘ylab, o‘zingizga shunday savol bering: “Shu narsa asabiylashishga arziydimi? Bundan battar bo‘lganida, qiyinchilikni yengib o‘ta olarmidim?”

    Bu savollarga javob topish vaziyatga xolis, his-hayajonsiz, xotirjam baho berishga undaydi.

    Ko‘zingiz tushgan har bir zarradan zavq oling.    

    Bugungi kuningiz yorug‘likka, mehrga-muhabbatga to‘la bo‘lsin.

    Hamma yaxshiliklar uyingizga rizq-u ro‘z bo‘lib qaytsin.

    Orzu derazalarini oching...

    Umid yog‘dularini chorlang...

    Ruhingiz yangidan tug‘ilsin.

    Boshlanayotgan -yangi kuningiz xayrli, fayzli, barokatli va sermazmun o‘tsin.

    Doimo baxtiyor va omadli insonlar qatorida bo‘ling!

Muhtasam Sulaymonov

Samarqand davlat universiteti

Psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti o‘qituvchisi