Yadro fizikasi kafedrasi mudiri
Eshburiyev Rashid Majidovich
- Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
- Telefon: +998933430082
- Elektron pochta: r-eshburiyev@mail.ru
Biografiya
1975-1980 yillar Samarqand davlat universiteti talabasi;
1980-1984 yillar Samarqand davlat universiteti muammolar laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi;
1984-1988 yillar Samarqand davlat universiteti optika kafedrasi aspiranti;
1988-1991 yillar Samarqand davlat universiteti muammolar laboratoriyasi katta ilmiy xodimi;
1991-1995 yillar Samarqand davlat universiteti kosmos fizikasi va astrofizika kafedrasi assistenti;
1995-1998 yillar Samarqand davlat universiteti optika kafedrasi doktoranti;
1998-2000 yillar Samarqand davlat universiteti kosmos fizikasi va astrofizika kafedrasi assistenti;
2000-2001 yillar Samarqand davlat universiteti kosmos fizikasi va astrofizika kafedrasi dotsenti;
2001-2003 yillar Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti dekan o‘rinbosari;
2003-.2006 yillar Samarqand davlat universiteti magistratura bo‘limi boshlig‘i;
2006-2008 yillar Samarqand davlat universiteti o‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i;
2008-2011 yillar Samarqand davlat universiteti magistratura bo‘limi boshlig‘i;
2011-2017 yillar Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti dekani;
2017 - yildan Samarqand davlat universiteti yadro fizikasi kafedrasi mudiri v.b.
Samarqand Davlat universiteti 1927 yilda tashkil topgan bo‘lsa, Yadro fizikasi kafedrasi ham dastlab fizika-matematika fakulteti tarkibida, 1961 yildan boshlab esa fizika fakulteti tarkibida faoliyat ko‘rsatib keldi. Universitetda yadro fizikasi bo‘yicha tadqiqotlarni birinchi bo‘lib, yirik olim va davlat arbobi, 1944-1953 yillarda universitet rektori bo‘lib ishlagan professor Muminov Muso Mo‘minovich boshlab bergan va “Yadro fizikasi” ilmiy maktabini yaratgan edi. Yadro fizikasi kafedrasini bitirganlardan o‘nlab fan doktorlari va fan nomzodlari yetishib chiqdi. Bular qatoriga professorlar M.M.Mo‘minov, akademik T.M.Mo‘minov, prof.U.S.Salihbayev, prof.I.Xolboyev, prof.E.Bozorov, dotsentlar N.B.Badalov, A.B.Xoliqulov, G.Axmedova, Sh.Omonov, T.Hazratov, F.Qo‘ng‘urov, A.N.Safarov, Sh.Xushmurodov, D.Hotamov, O.Qobilov, T.Saidmurodov, X.Tillayeva, X.Xaydarov, U.Maqsudov, R.Tog‘ayev, I.Haqberdiyev va O.Mamatqulovlarni kiritish mumkin.
Bugungi kunda kafedra Respublikada ilm-fan rivojiga katta hissa qo’shish bilan birgalikda, ko‘plab yuqori malakali mutaxassislar tayyorlamoqda. Kafedrada 1 nafar fan doktori - akademik, 2 nafar fan doktori, professor, 5 nafar fan nomzodi, dotsentlar hamda 7 nafar assistentlar samarali mehnat qilishmoqda. Kafedrada 5A140205-“Yadro fizikasi va elementar zarrachalar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika” va 5A140202-“Fizika (fizik ekologiya)” mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura hamda tayanch (PhD) doktorantura faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedrada o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ta’lim-tarbiyaviy jarayonlarni olib borishda akademik T.M.Mo‘minov, professor X.X.Hasanov, B.Mahmudov dotsentlar O.Pardayev, G.Axmedova, R.Eshbo‘riyev. T.Alimov, U.R.Arzibekov, O.B.Mamatqulovlar, hamda assistentlar U.U.Tuxtayev, B.S.Tog’ayev, S.K.Yo‘ldashev, Z.Mirtoshev, A.A.Safarov, J.To’rayev, F.Hamroqulovlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
2010-2014 yillarda kafedra o‘qituvchilari tomonidan qo‘lga kiritilgan (loyiha rahbari dots.SH.Xushmurodov) MAGATE tashkilotining qiymati 231000 EURO bo‘lgan granti hisobiga atom fizikasi, yadro fizikasi, o‘quv laboratoriyalari hamda ilmiy laboratoriyalari zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi.
Kafedra qoshidagi Yadro fizikasi ilmiy laboratoriyasida (laboratoriya mudiri f-m.f.n.A.Safarov) akademik T.M.Mo‘minov rahbarligida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda, talabalarning bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari bajarilmoqda.
Bugungi kunda kafedra professor-o‘qituvchilari ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va kadrlar tayyorlash borasida O‘zFA Yadro fizika instituti O‘zFA “Quyosh” ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasi, O‘zMU Yadro fizika kafedrasi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Birlashgan Yadro tadqiqotlar instituti (Dubna, Rossiya) hamda Moskva davlat universiteti Yadro texnologiyalari laboratoriyasi bilan hamkorlik ishlarini olib borishmoqda.
Hozirgi kunda kafedrada quyidagi ilmiy loyihalar bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda:
1. “Qurilish materiallarining radiatsion xafvsizligini baholash”. (100 mln. so‘m);
2. “Noyob ob’ekt (Yadro fizikasi laboratoriyasi-371 mln.so‘m)” grant loyihalari bajarilmoqda.
Atom fizikasi o‘quv laboratoriyasi
Yadro fizikasi o‘quv laboratoriyasi
«Mikrotron-22С» qurilmasining boshqaruv pulti
1944 yildan hozirgi vaqtgacha “Yadro fizikasi” kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan professor – o‘qituvchilar:
- 1944-1969 yillar, professor Mo‘minov Muso Mo‘minovich;
- 1969-1972 yillar, dotsent Mo‘minov Maqsud Musayevich;
- 1973-1978 yillar, dotsent Badalov Ne’mat Badalovich;
- 1978-1983 yillar, dotsent Xoliqulov Amriddin Bobobekovich;
- 1983-1988 yillar, professor Ibadov Rustam Mustafayevich;
- 1988-1998 yillar, professor Mo‘minov Maqsud Musayevich;
- 1999-2010 yillar, dotsent Xushmurodov Shaymon Xolmonovich;
- 2011-2014 yillar, professor Ibadov Rustam Mustafayevich;
- 2014-2017 yillar, dotsent Xushmurodov Shaymon Xolmonovich;
- 2017 yildan dotsent Eshbo‘riyev Rashid Majidovich kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Kafedrada o’qitiladigan fan o’quv dasturlari
Bakalavriat ta’lim yo’nalishi o’quv rejasi
- Mutaxasislikka tayorgarlik (kechki)
- Atom va yadro fizikasi (ast)
- Atom fizikasi
- Yadro va elementlar zarralar fizikasi
- Tanlov fan: Atom va yadro fizikasiga kirish)
- Tanlov fan: Yadroviy nurlanishlarning moddalar bilan o’zaro ta’sirlashuvi
- Tanlov fan: Amaliy Yadro Fizikasi
- Radiokimyo
- Umumiy astronomiya
- Amaliy va umumiy astrofizika
- Osmon mexanikasi
- Galaktik astronomiya
- Atmosfera fizikasi
- Quyosh fizikasi
- Astronomiya tarixi
- Galaktikalar fizikasi
- Yulduzlar fizikasi
- Galaktikadan tashqi astrofizika
- Tanlov fan: Fazo jismlari va ularning kelib chiqish evolyusiyasi
Magistratura mutaxassisligi o’quv rejasi
- Amaliy yadro fizikasi
- Atom yadrosining modellari
- Tezlatgichlar fizikasi
- Tanlov fan: Hisoblash fizikasi va fizikaviy jarayonlarni modellashtirish
- Yadro nurlanishlarining moddalar bilan o’zaro ta’siri
- Radiofaol nuklidlar va ularni qo’llanilishi
- Ionlovchi nurlanishlar va ulardan himoyalanish
- Tanlov fan: Yadroviy nurlanishlarni moddalar bilan o’zaro ta’siri
- Tanlov fan: Radionuklidlar manbalari va ularning qo’llanilishi
- Kosmogoniya va kosmologiya asoslari
- Astrofizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish
- Astronomik tasvirlarni qayta ishlash
- Gravitasion linzalar fizikasi