Kafedra mudiri

Hamrov Jumaqul

  •  Qabul vaqti: Har kuni (8:00 -16:00)
  •  Telefon: +99891 5289800
  •  Elektron pochta: Juma.Hamroh@mail.ru

Biografiya

 1962-1963 yy. - Bir yillik boshlang‘ich sinflar uchun o‘qituvchilik kursi talabasi

1963-1964 yy. – Tojikiston Respublikasi Norak shahri 8-son Prijevlskiy nomidagi maktab o‘qituvchisi

1964-1969 yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi

1969-1970 yy. - Samarqand shahridagi 8-son bilim yurti tarbiyachisi

1970-1977 yy. -  Samarqand davlat universiteti ilmiy kutubxonasi sharq qo‘lyozmalar bo‘limi bibliografi

1970-1971 yy. - Harbiy xizmatda

1977-2001 yy. - Samarqand davlat universiteti “Tojik adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi

2001-2007 yy. - Samarqand davlat universiteti tojik filologiya fakulteti dekani

2007-2009 yy. - Samarqand davlat universiteti “Tojik adabiyoti” kafedrasi mudiri

2009-2012 yy. - Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti dekani vazifasini bajaruvchi

2012-2016 yy. - Samarqand davlat universitetining “Tojik tili va adabiyoti” kafedrasi professori

2016 y. - h.v -  Samarqand davlat universitetining “Tojik filologiyasi va xorijiy sharq tillari” kafedrasi mudiri

«Tojik filologiyasi va xorijiy sharq tillari» kafedrasi: kecha va bugun

Tojik tili va adabiyoti kafedrasi Maksim Gorkiy nomidagi pedagogika instituti њamda Sadriddin Ayniy nomidagi o‘qituvchilar tayyorlash institutlarining Samarqand davlat universitetiga qo‘shilishi natijasida 1956 yilda universitet tarkibida tashkil topgan. Rahim Muqimov, Rahmon Egamberdiyev, Mirsafo Atoyev, Samariddin Asliddinov, Sadorat Ayubjonova, Talʼat Abdujabborov, Razzoq G‘afforov, Mardon Sharifzoda, Voseʼ Qosimov, Loʻbat Nazarovalar kafedraning birinchi ustodlari sifatida o‘zlarining ibratli faoliyatlarini boshlaganlar. Keyinroq Botirxon Valixo‘jayev, Soleh Halimov, Shavkat Shukurov, Nasriddin Sharofzoda, Rauf Maʼrufiy, Sulton Ibrohimzoda, Abduaziz Zohidov, Ibrohim G‘afurovlar kafedra ustodlari safiga kelib qo‘shildilar.

         Ushbu kafedra 1967 yili Samarqand davlat o‘qituvchilar tayyorlash instituti hamda 1988 yili Samarqand davlat universiteti tasarrufida bӯladi. Samarqand davlat universitetiga pedagogika instituti qo‘shilgandan keyin ikki kafedra birlashadi. Kafedraning faoliyati davomida buyuk ustozlar Rahim Muqumov, Talʼat Abdujabborov, Botirxon Valixo‘jayev, Soleh Halimov, Shavkat Shukurov, Sadri Saʼdiyev, Abdusalom Samadov, Hamroqul Berdiqulov, G‘ayrat Rahimqulovlar kafedra mudiri sifatida faoliyat olib borganlar. Uzoq yillar davomida Baxtiyor Nasriddinzoda, Aziza Yusupova, Huseyn Daliliy, G‘afur Mahmudov, Abdunabi Zohidov, Saidjamol Mirjafarov, Abduvahhob Vohidov, Vafo Nazarov, Muqaddas Dadaboyevlar filologiya sohasining turli fanlari, yaʼne tojik tili va adabiyoti hamda fors va arab tillaridan shogirdlarga saboq berib kelgan.

Kafedra yarim asr davomida minglab yuqori salohiyatli mutaxassislarni, yaʼne fan arboblari, yozuvchilar, shoirlar, jurnalistlar hamda davlat namoyandalarini voyaga etkazish uchun o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Kafedraning tarixiga nazar solsak Mirzo Tursunzoda, Jalol Ikromiy, Sotim Ulug‘zoda, Boqiy Rahimzoda, Foteh Niyoziy, Loiq Sheraliy, Ubayd Rajab, Qudbiy Kirom, Gulchehra Sulaymonova, Kamol Nasrullo, Askar Hakim, Gulruxsor, Farzona, Yusuf Akobirov va boshqa tojik adabiyoti namoyandalari yillar davomida kafedra ustoz va shogirdlarining aziz mehmoni bo‘lganlar. Bundan tashqari tojik adabiyotining donishmandlari Abdulg‘ani Mirzoyev, Bobojon Niyozmuhammadov, Nosirjon Maʼsumiy, Rasul Rasul Hodizoda, Xoliq Mirzozoda, Abduqodir Maniyozov, Aziz Sharif A.Z.Rozenfeld, G.M. Nalbandyan, A.Afsahzod va boshqalar tojik tili va adabiyoti sohasining muhim masalalari yuzasidan talabalarga mazmunli maʼruza o‘qiganlar.

2005-2010 yillarda kafedraning professori S.Saʼdiyev, dotsentlari A.Qamarzoda, A.Vohidov, J.Hamroyev, A.Samadov, A.Vohidov, G‘.Mahmudov va boshqalar tashabbusi bilan tojik maktablari o‘quvchilari uchun istiqlol mafkurasiga asoslangan tojik tili va adabiyoti fanlaridan darslik kitoblari yaratilgan.

Mazkur yillar davomida kafedra olimlari tashabbusi bilan Xalqaro va Respublika miqiyosida bir qator nufuzli xalqaro ilmiy konferensiyalar jumladan “Maorifparvar adabiyotida milliy uyg‘onish g‘oyasi va yangi tafakkur” (2001), “Sadriddin Aynining adabiy ijodi” (2003), “Istiqlol mafkurasi va filologiyaning muhim masʼalalari” (2003), “Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy-bizning ibratli adabiy va azaliy hamkorligimiz namunasi” (2004), “Jahon adabiyotida Abo‘ Abdullo Ro‘dakining o‘rni” (2009) o‘tkazilgan.

Tojik tili va adabiyoti kafedrasi 2021 yil sentyabr oyidan boshlab Tojik filologiyasi va xorijiy Sharq tillari kafedrasi nomi bilan faoliyat olib borilmoqda. Kafedra mudiri filologiya fanlari doktori, prof.J.Hamroyev. Kafedrada jami 23 nafar professor-o‘qituvchilar, 8 nafar magistrlar va bir nafar kabinet mudirasi, 5 nafar doktorant va mustaqil tadqiqotchi va 1 nafar katta ilmiy xodim faoliyat yuritishadi. Ulardan uch nafar fan doktori, professorlar, 2 nafar fan nomzodlari, 6 nafar falsafa doktorlari (PhD), dotsentlar, 3 nafar o‘qituvchilar hisoblanishadi. Oxirgi 3 yilda kafedraning 7 nafar mustaqil ilmiy tadqiqotchi va izlanuvchilari va assistentlari  doktorlik (PhD) disertatsiyalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiyasi Komissiyasi qoshida Filologiya sohasidagi (Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti) ixtisosligi bӯyicha tashkil etilgan bir martalik ixtisoslashgan kengashda muvaffaqiyatli tarzda himoya qilishdi va doktorlik  diplomlarini olishdi. Hozirda yana doktorant va mustaqil tadqiqotchi-izlanuvchilar hamda assistentlarning dissertatsiyalari himoya qilinish arafasidadir. Shu tarzda kafedraning muttasil ilmiy salohiyatini oshirish muvaffaqiyatli tarza amalga oshirilmoqda. Kafedra Respublikadagi yagona tayanch oliy taʼlim muassasa kafedrasi hisoblanadi va unda 5120100 - Filologiya va tillarni o‘qitish (tojik filologiyasi) bakalavriat taʼlim yo‘nalishi va mazkur taʼlim yo‘nalishi negizidagi 5A120102-Lingvistika (tojik tilshunosligi) va 5A120101-Adabiyotshunoslik (tojik adabiyoti) ixtisosliklari bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi. Tojik tili va adabiyoti kafedrasi yetakchi professor-o‘qituvchilari mustaqillik davrlarida izchil tarzda mehnat qilishgan. Mazkur kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan va yaratilayotgan o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar, monografiyalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar O‘zbekistondagi turdosh taʼlim muasssasalarida amalda qo‘llanilib kelinmoqda. Xususan, hozirda ixtisoslik fanlari taʼlimi jarayoni mustaqillik davrida yaratilgan ilmiy nazariy adabiyotlar, elektron darsliklar, o‘quv-uslubiy majmualar asosida olib borilmoqda. Barcha mutaxassislik fanlaridan o‘quv uslubiy majmualar, uslubiy ko‘rsatmalar, ularning elektron versiyalari shu kafedraning professor –o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan va fakultetning axborot resurs markazida alohida nusxalarda saqlanmoqda.

Ayni paytda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bitta Respublika miqyosidagi ilmiy loyiha amalga oshirilmoqda. Istiqbolda kafedra professor-o‘qituvchilari xalqaro aloqalarni mustahkamlash, ilmiy salohiyatni oshirish, iqtidorli yoshlarni ro‘yobga chiqarish, yosh olimlar bilan jiddiy tarzda yondashish, korporativ hamkorliklarni yo‘lga qo‘yishni asosiy maqsadlari sifatida belgilab olishgan.

         Kafedrada o‘qitiladigan fan o‘quv dasturlari

Bakalavr

  • Hozirgi tojik tili
  • Tilshunoslik nazariyasi
  • Tojik tili tarixi
  • Tojik folklori
  • Tojik dialktologiyasi
  • Sharq (fors va arab) tili
  • Tojik mumtoz adabiyoti tarixi
  • Jahon adabiyoti tarixi
  • Eroniy xalqlar adabiyoti
  • Adabiyot nazariyasi
  • Yangi tojik adabiyoti tarixi
  • Tojik adabiy tanqidchilik tarixi
  • Tojik tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi
  • Tasavvuf adabiyoti
  • Matnshunoslik va manbaʼshunoslik
  • Sotsiolingvistika
  • Uslubshunoslik
  • Tojik tilshunosligi tarixi

         Magistratura

  • Mumtoz tarixiy poetika
  • Yangi tojik adabiyoti muammolari
  • Tilshunoslik nazariyasi muammolari
  • Pragmalingvistika
  • Psixolingvistika
  • Lingvokulturologiya
  • Ommaviy axborot vositalari tili va adabiyoti
  • Etimologiya muammolari
  • Adabiyotshunoslik tarixi
  • Adabiyotshunoslik metodologiyasi
  • Adabiy jarayon va