Samarqand davlat universiteti
raqamli iqtisodiyot kafedrasi mudiri 
Bakayev Ziyovuddinxon Toshbolta o‘g‘li
 
    Ziyovuddinxon Bakayev iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 2021-yilda “Ichki va kiruvchi turizmni rivojlantirish” mavzusida iqtisod fanlari boʻyicha falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. Scopus, Web of Science xalqaro bazalarga kiruvchi ilmiy jurnallarda 3  hamda respublika ilmiy jurnallarida 10 ga yaqin maqolalari e’lon qilingan. Shuningdek,  1 oʻquv qoʻllanma muallifi. Asosiy ilmiy yoʻnalishi turizm va mehmonxona faoliyati. 

 

Raqamli iqtisodiyot kafedrasi a’zolari

 

Safarov Baxodirxon Shahriyorovich
b.safarov@gmail.com

 Iqtisod fanlari doktori, professor. “Milliy turistik xizmatlar bozorini innovatsion rivojlantirishning metodologik-uslubiy asoslarini takomillashtirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Olimning asosiy ilmiy yoʻnalishi turizm va xizmat sohasini takomillashtirishga qaratilgan. 2021-yildan buyon kafedrada professor lavozimida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Baxodirxon Safarovning ilmiy faoliyati davomida 150 ga yaqin mahalliy hamda xalqaro jurnallarda maqolalar nashr etgan. Shuningdek, 5 patent muallifi. 

Scopus ва Web of Science bazalarida indekslangan jurnallarda 13 maqolasi e’lon qilingan


Scopus ва Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari:
https://www.mdpi.com/1660-4601/19/24/16599
https://www.mdpi.com/2075-5309/12/10/1617
https://www.mdpi.com/2071-1050/14/13/7762
https://www.mdpi.com/1424-8220/22/12/4442
https://www.mdpi.com/2071-1050/14/4/2462

 

 

Toshmurza Rahmanov 
toshmurzarahmonov@gmail.com

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent. 2008-yilda buyon Samarqand davlat universiteti raqamli iqtisodiyot kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.
Toshmurza Rahmanov faoliyati davomida Scopus bazalarida indekslangan ilmiy jurnallarda 2 maqola e’lon qilgan. 3 oʻquv qoʻllanma va 1 darslik muallifi. 30 dan ortiq xalqaro hamda mahalliy konferensiya va simpoziumlarda tezislari bilan ishtirok etgan. Asosiy ilmiy yoʻnalishi buxgalteriya hisobi va audit hisoblanadi. 

 

 

Kushatov Rustam Haydarovich
rustam.kushatov2022@mail.com 


Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent. “Hozirgi sharoitda mehnat almashuv qonunining harakati” mavzusida nomzodlik ishini himoya qilgan. Respublika va xalqaro jurnallarda 50 ga yaqin maqolasi e’lon qilingan. Mehnat munosabatlarini takomillashtirish va aholini ish bilan bandlikni ta’minlash tadqiqi mavzusi bo‘yicha tadqiqot olib boradi. 

 

 

 

Mardonova Ashirjon Tursunboyevna

mardonovaa.a1961@gmail.com

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent. “Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida agrosanoat korxonalarida aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligini oshirish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Ashirjon Mardonova oʻz faoliyati davomida 3 oʻquv qoʻllanma, 7 oʻquv-uslubiy koʻrsatmalar nashr ettirgan. 100 ga yaqin maqola va tezislar muallifi. Shuningdek,  Scopus ва Web of Science bazalarida indekslangan ilmiy jurnallarda 2 maqolasi e’lon qilingan.

Scopus ва Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari:

http://sersc.org/journals/index.php/IJAST/article/view/17308 

 

 

 

 

 

Porsayev Ganidjan Muxamedovich
porsaev@rambler.ru


Texnika fanlari nomzodi, dotsent. "Texnik tizimlarda boshqaruv" ixtisosligi bo'yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ganidjan Porsayev faoliyati davomida 4 darslik, 11 oʻquv qoʻllanma, 5 oʻquv-uslubiy koʻrsatmalar nashr ettirgan. 85 ga yaqin maqola va tezislar muallifi. 20 dan ortiq mualliflik guvohnomalariga ega.

 

Ernazarov Ortiq Eshnazarovich
ernazarov1979@inbox.ru


Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha PhD dissertatsiyasini himoya qilgan. Ortiq Ernazarov faoliyati davomida 2 darslik, 2 oʻquv qoʻllanma, 2 uslubiy qo‘llanma va 2 oʻquv-uslubiy koʻrsatmalar nashr ettirgan. 60 dan ortiq maqola va tezislar muallifi. 4 dan ortiq mualliflik guvohnomalariga ega.

 

Karjavova Xurshida Abdumalikovna

ayusupov.chem@gmail.com

Samarqand davlat universiteti raqamli iqtisodiyot kafedrasi o’qituvchisi.  Ayni vaqtda “Mahallabay ish tizmi orqali aholi bandligini ta’minlash” mavzusida tadqiqot olib bormoqda. 1 oʻquv va uslubiy qoʻllanmalar muallifi.

Respublika ilmiy jurnallarida 10 ga yaqin maqolalari e’lon qilingan. Xalqaro hamda respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida 15  dan ortiq tezislari bilan ishtirok etgan.  

Usmanova Dilafruz Qarshiyevna
dilafruzusmonova849@gmail.com

Dilafruz Usmanova iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent. Samarqand davlat universitetida 1998-yildan boshlab faoliyat yuritib keladi. 2009-yilda "Xizmat ko’rsatish tarmoqlar iqtisodiyoti" ixtisosligi bo'yicha texnika fanlari nomzodi dissertatsiyasini himoya qilgan.
 Dilafruz Usmanova faoliyati davomida 4  darslik, 11  oʻquv qoʻllanma, 5  oʻquv-uslubiy koʻrsatmalar nashr ettirgan. 125 ga yaqin maqola va tezislar muallifi. 5 dan ortiq mualliflik guvohnomalariga ega. Jumladan, bugunga qadar Scopus ва Web of Science bazalarida indekslangan ilmiy jurnallarda 2  maqolasi e’lon qilingan.

Raqamli iqtisodiyot kafedrasi haqida

1998-yil 28-noyabrda “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi tashkil etilgan. Kafedra mudiri vazifasini dastlab S.Aliqulov va M.Xoshimovlar bajardilar. Shuningdek, 2009-2015-yillarda kafedra mudiri vazifasida R.Kushatov, 2015-2017 yiillarda A.Taniev, 2017-2018 yiillarda professor B.SH.Safarov, 2018-2020-yillarda D.Q.Usmanovalar faoliyat olib bordilar. 2020-yildan boshlab, kafedra mudiri vazifasini professor B.SH.Safarov bajarib kelgan edi. 2011-yilda “Moliya va boshqaruv hisobi” hamda “Ijtimoiy-iqtisodiyot va menejment” kafedralarining qo’shilishi bilan “Ijtimoiy iqtisodiyot, menejment va moliya” kafedrasi deb nomlandi. Mazkur kafedraning nomi 2015-yilda “Kadrlar menejmenti” kafedrasiga ayilantirildi. 2018-yil kafedra nomini o’zgartirish to’g’risidagi qarori asosida “Kadrlar menejmenti va biznes” kafedrasi tashkil etildi. 2020-yildan raqamli iqtisodiyot kafedrasi faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 2022 yilning 26-sentyabridan boshlab kafedra mudiri lavozimida i.f.f.d., PhD Z.T.Bakayev faoliyat olib bormoqda.

Bugungi kunda, talabalarning bilimini baholashning  modul tizimi joriy etilgan bo’lib, barcha fanlar bo’yicha ma’ruza matnlari, o’quv-uslubiyi majmualar tayyorlangan va nashr etilgan. Shu bilan bir qatorda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 7 ta darslik, 20 dan ziyod o’quv qo’llanmalar chop etilgan va ma’ruza matnlarining elektron versiyalari yaratilgan. O’qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish maqsadida o’quv yilining har oyida ikki oylik muddatda tasdiqlangan reja asosida professor-o’qituvchilar malakasini oshirib keldi. Kafedrada doimiy ravishda ilmiyi-uslubiy seminarlar tashkil etilib kelinmoqda.

 

Raqamli iqtisodiyot kafedrasi Chexiya davlatining Praga metropoliten universiteti va Chexiya tabiiy fanlar universiteti, Ispaniyaning Granada universiteti, Hindistonning J.Neru nomidagi Delhi universiteti, Rossiyaning Tomsk davlat universiteti, SKFU, Visshaya shkola ekonomiki, Perm universiteti, Qozon federal universiteti, Belarussiyaning Minsk radiotexnika universitetlari bilan xalqaro-ilmiy, o’quv-uslubiy jihatdan hamkorlik olib borgan.

Kafedra professor-o’qituvchilari shu davrgacha ilmiyi-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

2018-2019 o’quv yilidan boshlab, iqtisodiyot tarmoqlari talablariga mos mutaxassislar tayyorlash ehtiyojlarini hisobga olgan holda, kafedra tashabbusi bilan 5A231701 – Kadrlar menejmenti mutaxassisligi bo’yiicha magistratura ochildi. 2019-2020 o’quv yilidan boshlab, 5A234101 – Raqamli iqtisodiyot mutaxassisligi bo’yicha magistratura ochildi.

Raqamli iqtisodiyot kafedrasi tashabbusi bilan Samarqand shahrida «Buyuk ipak yo’li chorrahasida ziyorat turizmining renessansi» mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etilgan.

Shuningdek, ilmiy tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan bir qator tadbirlar tashkil qilinib kelinmoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori asosida 2020-yil Samarqand davlat universitetida “Raqamli iqtisodiyot: muammolar, echim, istiqbollar” mavzusida xalqaro miqyosda onlayn ilmiy konferensiya o’tkazilgan.

2020-2021 o’quv yiilida  raqamli iqtisodiyot kafedrasi tashabbusi bilan xorijiy oliyi ta’lim muassasalari bilan  hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro ta’lim dasturlari asosida quyidagi 5 ta yo’nalish ochildi:

 

Bakalavriat

  • Raqamli iqtisodiyot (sohalar va tarmoqlar bo’yiicha);
  • Iqtisodiyot (sohalar va tarmoqlar bo’yiicha);

Magistratura

  • Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar,
  • Korporativ moliya va qimmatli qog’ozlar bozori (sohalar bo’yicha),
  • Inson resurslarni boshqarish.

Hozirgi kunda kafedrada i.f.d, professor B.Safarov, fan nomzodi, dotsentlar R.Kushatov, T.Raxmonov, G.Parsayev, A.Mardanova, D.Usmanova, O.Ernazarov, Z.Bakaev va assistent X.Karjabovalar faoliyat olib borayapti, ilmiyi salohiyat darajasi 89 foizni tashkil etadi.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan bir qator iqtisodiyi fanlar, xususan, “Statistika”, “Iqtisodiy tahlil va audit”, “Logistika”, “Buxgalteriya hisobi”, “Sug’urta ishi”, “Moliya va kredit”, “Innovatsion iqtisodiyot” fanlari o’qitiladi. Kafedra qoshida talabalarning “Yosh hisobchi” ilmiy to’garagi faoliyat yuritib kelmoqda.

 

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan “Turizm: nazariya va amaliyot”, “Moliya va soliqlar”, “Raqamli iqtisodiyot asoslari”, “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar”darsliklari O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan iqtisodiyot va turizm ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan. Shuningdek  “Statistika”, “Ekonometrika asoslari”, “Buxgalteriya hisobi”, “Milliy iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalari”, “Innovatsion menejment”, “Kadrlar konsaltingi va auditi”, “Marketing”, “Jamoada samarali ishlash”, “Moliya va kredit”, “Kadrlar menejmenti”, “Xodimlarni innovatsion boshqarish”,” Servis va turizm”, “Sifat menejmenti”, “Liderlik sifatlarini boshqarish” o’quv qo’llanmalari chop etilgan.    Amaliyotda foyidalanish maqsadida “Turistik mahsulotning samaradorligini baholashning uslubiy kompyuter dasturi” yaratilib, joriy qilindi va ishlab chiqilgan dasturga O’zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligining guvohnomasi olindi, shuningdek, “Korxonaning iqtisodiy holatini baholashda moliyaviy-xo’jalik faoliyatining ayrim ko’rsatkichlarini hisoblash”, “Turizm: nazariya va amaliyot» elektron darslik va dasturlariga ham O’zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligining guvohnomasi olingan.

Kafedra hayotidan fotolavhalar