Qattiq jismlar fizikasi mudiri

Axrorov Subxan Qurbonovich

  • Qabul vaqti: Har kuni 8:00 dan16:00 gacha
  •  Telefon: +998912978849
  •  Elektron pochta: s-axrorov@samdu.uz

Biografiya

1974-1979 yillar Toshkent Politexnika instituti talabasi;
1979-1981 yillar O’zbekiston Fanlar akademiyasi elektronika ilmiy tekshirish instituti stajyor-tadqiqotchisi;
1981-1984 yillar O’zbekiston Fanlar akademiyasi elektronika ilmiy tekshirish instituti aspirant;
1985-1990 yillar O’zbekiston Fanlar akademiyasi elektronika ilmiy tekshirish instituti kichik ilmiy xodimi;
1990-1994 yillar  Samarqand Davlat arxitektura-qurilish instituti katta ilmiy xodimi;
1994-1998 yillar Samarqand Davlat universiteti qattiq jismlar fizikasi kafedrasi assistenti;
1998-2011 yillar Samarqand Davlat universiteti qattiq jismlar fizikasi kafedrasi dotsenti;
2011-2013 yillar  Samarqand Davlat universiteti qattiq jismlar fizikasi kafedrasi mudiri;
2013-2017 yillar Samarqand Davlat universiteti qattiq jismlar fizikasi kafedrasi dotsenti;
2017-2018 yillar  Samarqand Davlat universiteti qattiq jismlar fizikasi kafedrasi katta o’qituvchisi;
2018-2020 yillar Samarqand Davlat universiteti qattiq jismlar fizikasi kafedrasi dotsenti;
2021 yildan  Samarqand Davlat universiteti qattiq jismlar fizikasi kafedrasi mudiri;

 

   SamDUda qattiq jismlar fizikasi sohasida mutaxasisslar tayyorlash bo’yicha dastlabki ishlar 1975 yilda shu nomdagi kafedra tashkil qilingandan keyin boshlangan. Qattiq jismlar fizikasi kafedrasi 1975-yilda “Optika va spektroskopiya” kafedrasi qoshida O’zFA akademigi A.Q.Otaxo’jayev va dosent A.Nosirovlar tashabbusi hamda Sankt Peterburg Fizika-texnika instituti olimlari akademik A.G.Smolenskiy, prof. V.V.Lemanovlarning bevosita ko’magi bilan tashkil qilingan.

            Dastlab kafedrada o’quv va ilmiy ishlarni tashkil etish Sankt Peterburg, Moskva, Tartu, Toshkent kabi yirik shaharlarda tahsil olgan ilmiy xodimlar tomonidan amalga oshirildi. Jumladan kafedraning ilk professor-o’qituvchilari va texnik xodimlaridan dosentlar A. Nosirov, S. M. Murodov, F. R. Axmedjanov, katta o’qituvchi I. A. Avetisyan, assistentlardan M. M. Axmedjanova, V. S. Kim texnik xodimlardan B. R. Namozov, A. J. Qorayev, Z. T. Xodjayeva, B. A. Agishevlar qattiq jismlar fizikasi sohasida faoliyat ko’rsatishni boshlaganlar.

 

Proyessor V.V.Lemanov                        Dosent A.N.Nosirov

Dastlab kafedrani 1985 yilga qadar dosent Abduhakim Nosirov boshqardi. 1985-1993 yillarda dosent S.M.Murodov, 1993-1996 yillarda dosent F.R.Axmedjanov,1996-2011 yillarda  dosent    E. U. Arziqulov,  2011-2013 yillarda dosent S.Q.Axrorov, 2014-2020 yillarda dosent    E. U. Arziqulov kafedraga mudirlik qilgan, 2021 yildan buyon qattiq jismlar fizikasi kafedrasini yana dosent S.Q.Axrorov boshqarib kelmoqda.
 
         

  Dotsent S. M. Murodov                         Professor O’. Yorqulov

  • Kafedrada dastlab “Kristallografiya”, “Kristallofizika”, “Kristalloakustika”, “Metallar fizikasi”, “Dielektriklar fizikasi”, “Qattiq jismlar fizikasi”, “Qattiq jismlar optikasi va spektroskopiyasi”, ”Kvant elektronikasi”, “O’tayuqori chastotali elektronika”, “Guruhlar nazariyasi va uning qattiq jismlarga tadbig’i” kabi fanlardan ma’ruzalar va o’quv laboratoriyalari tashkil etildi. Zamonaviy asboblar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalar yaratildi va horijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlik ishlari yo’lga qo’yildi.

            SamDU rektori, akademik Sh. O. Alimov tashabbusi bilan zamonaviy soha bo’lgan elektronika sohasini rivojlantirish maqsadida dastlab kafedra qoshida 1987-yildan boshlab “Fizikaviy elektronika” va 2003-yildan boshlab esa “Yarim o’tkazgichli asboblar va mikroelektronika” sohalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash boshlab yuborildi va bu boshlangan xayrli ishlar shu bungi kungacha davom etdi.

            Respublikamiz mustaqqillikga erishgandan so’ng 1994-yildan boshlab, kafedra qoshida 5521700-“Elektronika va mikroelektronika” yo’nalishi bo’yicha bakalavlar tayyorlash boshlandi va bugunga qadar bu sohada 800 ga yaqin malakali elektronika muhandislari tayyorlandi. Bitiruvchilarimizning ko’pchiligi viloyatimiz, respublikamiz va hattoki rivojlangan chet mamlakatlardagi turli nufuzli tashkilotlarda asosan elektronika sohasida muhandis sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar.

            Hozirgacha qattiq jismlar fizikasi sohasida 2 nafar fan doktori, 12 nafar fan nomzodlari yetishib chiqdi. Shular jumlasiga f-m.f.d., O’.Yarqulov, f-m.f.d. E.U. Arziqulov dosentlar Z.X.Rahimov, , S.Q.Axrorov, B.N.Shermatov, S.N.Srajev, X.R.Abdukarimova, T.U.Toshboyev, A.A.Eshbekov, A.G’.Abdusattorov, G’.G’.G’ulomov, katta o’qituvchi J.T.Ro’zimurodov, assistentlar O.Safarov, O’.Usmonov, O. Ne’matov, S.Zoirov, R.Usanovlarni  kiritish mumkin.

 

Kafedra hozirgi kunda kafedra respublikamiz OO’Yulari va ITI bilan o’quv va ilmiy tadqiqot sohalarida yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Jumladan Toshkent Davlat Texnika universiteti va O’zbekiston Milliy universiteti bilan kafedrada tayyorlanayotgan bakalavryat va magistratura ta’lim yo’nalishlari uchun o’quv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish, o’quv-uslubiy hamda zamonaviy ilm sohalarida hamkorlik yo’lga qo’yilgan. “Foton” OAJ, “Fizika-Quyosh” IIB, Yadro Fizikasi instituti, “Materialshunoslik” va “Ion-plazma va lazer texnologiyalari” institutlari bilan hamkorlikda zamonaviy elektronika va fizika muammolarini tadqiq qilish borasida ishlar bajarilmoqda. Bundan tashqari bu tashkilotlar bazasida kafedrada tahsil olayotgan talabarning tanishuv, o’quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini o’tashda foydalanilmoqda.

            Shu bilan birga kafedra xalqaro ilmiy markazlar va OO’Yulari bilan ham yaqindan hamkorlik aloqalarini o’rnatgan. Jumladan Rossiya FA Sibir Bo’limi Yarim o’tkazgichlar fizikasi instituti, Lomonosov namidagi MDU, Qozon fiziko-texnika instituti, Vuxan universiteti (Xitoy), Nagoya universiteti (Yaponiya), Xarkov radiotexnika instituti (Ukraina), Uppsala universiteti (Shvesiya), Latviya universiteti (Latviya) bilan har tomonlama mustahkam aloqalar o’rnatgan.

 

     Kafedrada 5521700 – Elektronikava mikroelektronika, 5111000 – Kasb ta’limi (5310800 – elektronika va asbobsozlik (elektronikava mikroelektronika)), 5440100 – Fizika va 5A521701 –Qattiq jismli elektronika, mikroelektronika, 5A521709 –Kasb-hunar fanlarini o’qitish metodikasi (elektronika va mikroelektronika), 5A140203–Geliofizika va quyosh energiyasidan foydalanish yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha bakalavr va magistrlar tayyorlangan. Bugungi kunda  5140200- Fizika bakalavriat va 5110200 – Fizika  (yo‘nalishlar bo‘yicha) mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda.

            Hozirda kafedra bitiruvchilari texnikumlar akademik liseylar, kasb-hunar maktablari bilan bir qatorda ishlab chiqarish korxonalarida, shu jumladan, «El Xolding» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, Janubiy Koreyaning “KOICA” kompaniyasining Samarqand shahrida ochilgan o’quv markazi, vohadagi elektronikaga ixtisoslashgan xususiy korxonalarda va boshqa nufuzli tashkilotlarda samarali mehnat qilishmoqda.

 

Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari

Bakalavriat ta’lim yo'nalishi o’quv rejasi

  • Elektronika va signallarni qayta ishlash
  • Qattiq jismlar fizikasiga kirish
  • Spintronika
  • Amaliy elektronika
  • Virtual laboratoriyalar yaratish uslubiyati
  • Fizik jarayonlarni komp’yuterda modellashtirish
  • Alternativ energiya manbalari
  • Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish[
  • Optoelektronika
  • Elektr injiniring
  • Nanoelektronika asoslari
  • Energetik resurslar fizikasi

Magistratura mutaxassisligi o’quv rejasi

  • Fizikaning zamonaviy tadqiqot usullari
  • Quyosh energetikasi materiallari fizikasi
  • Yarimo‘tkazgichlarninig optik va fotoelektrik xossalari
  • Quyosh batareyalari fizikasi va texnologiyasi
  • Qattiq jismlarda diffuziya hodisasi
  • Quyosh energetikasi materiallari parametrlarini aniqlash usullari
  • Ko’p qatlamli fotosezgir sturukturalar