Samarqand davlat universiteti 

o‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri

Mahmadiyev Shavkatjon Suyunqulovich

+99891 551 16 23 mahmadiyevsh@gmail.com

Shavkatjon Mahmadiyev  filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 1997-yildan beri Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasida katta laborant, o‘qituvchi, dotsent lavozimlarida ishlab keladi. 2021-yildan Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri.

Olim 2007-yilda “O‘zbek xalq dostonlari tilida stilistik formulalar” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Faoliyati davomida 1 monografiya, 2 o‘quv qo‘llanma va 2 uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 1 Scopus  jurnallarda hamda 60 dan ortiq nashrlarda ilmiy maqolalar e’lon qilgan.

O‘zbek tilshunosligi kafedrasi a’zolari

 

 

Karimov Suyun Amirovich.

suyunkarimov@samdu.uz

Suyun Karimov - "Shuhrat" medali sohibi, filologiya fanlari doktori, professor. SamDU o‘zbek tilshunosligi kafedrasida 1990-yildan buyon faoliyat yuritib keladi.  1983-yilda "Zulfiya poeziyasining tili va uslubi" mavzusida nomzodlik, 1994-yilda "O‘zbek tilining badiiy uslubi" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Suyun Karimov o‘z faoliyati davomida 9 monografiya, 3 darslik, 20 o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar nashr etgan. Shuningdek, bugunga qadar 2 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan.

Scopus bazasidagi maqola linki: 

http://dx.doi.org/10.31838/jcr.07.11.56

Eltazarov Jo‘liboy Danabayevich

Juliboy2@gmail.com

Turk tilshunoslik jamiyati muxbir a’zosi, filologiya fanlari doktori, professor. SamDU o‘zbek tilshunosligi kafedrasida 1989-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1992-yilda “O‘zbek tilida tejamlik tamoyillari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2007-yilda “O‘zbek tilida so‘z turkumlarining o‘zaro aloqasi va ko‘chishi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini  himoya qilgan.

Jo‘liboy Eltazarov faoliyati davomida 8 monografiya, 5 darslik, 2 elektron darslik, 2 risola, 25 o‘quv va uslubiy qo‘llanma, 4 lug‘at va boshqa ilmiy nashrlardagi 180 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. 

https://scholar.google.com/citations?user=as2IU-IAAAAJ&hl=tr

Pardayev Azamat Baxronovich

a-pardayev@samdu.uz

Filologiya fanlari doktori, professor. SamDU o‘zbek tilshunosligi kafedrasida 1999-yildan buyon faoliyat yuritib keladi.

2005-yilda  “Hozirgi o‘zbek tilida ko‘makchilarning funksional-stilistik xususiyatlari” mavzusida  nomzodlik dissertatsiyasini,  2017-yilda  “O‘zbek tili yordamchi so‘z turkumlarining lisoniy tizimdagi o‘rni va lingvopragmatikasi” mavzusida  doktorlik (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan. 
Azamat Pardayev o‘z faoliyati davomida 5 monografiya, 1 darslik, 6 o‘quv va uslubiy qo‘llanma va 167 ta maqola nashr etgan.

Urinbayeva Dilbar Bazarovna

Filologiya fanlari doktori, dotsent. SamDU o‘zbek tilshunosligi kafedrasida 1990-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1994-yilda “O‘zbek tili so‘zlashuv nutqida o‘zgarmaydigan so‘zlar” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2018-yilda “Xalq og‘zaki ijodi: janriy-lisoniy va lingvostatistik tadqiq muammolari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Dilbar Urinbayeva faoliyati davomida 4 monografiya, 6 o‘quv, 35 uslubiy qo‘llanma muallifi. Shuningdek, 9 xorijiy ilmiy jurnallarda maqolalar e’lon qilgan.

G‘afforov Alisher Axmedovich

 alishergafforov@samdu.uz

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. SamDU o‘zbek tilshunosligi kafedrasida 1992-yildan  buyon faoliyat yuritib keladi.  1997-yil “Hozirgi o‘zbek tilida partsillyativ va ilovali qurilmalarning sintaktik derivatsiyasi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Alisher G‘afforov  faoliyati davomida  1 monografiya, 4 uslubiy qo‘llanma muallifi. Shuningdek, Impact Factor hamda xorijiy jurnallarda 5 maqola e’lon qilgan.

Suvonova Rohila Akramovna

rohilasuvanova@samdu.uz

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. O‘zbek tilshunosligi kafedrasida 1996-yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 2001-yilda “O‘zbek tilida metonimiya” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 2019-yilda dotsentlik diplomini olgan.

Rohila Suvonova faoliyati davomida 100 ga yaqin ilmiy ish e’lon qilgan. 1 monografiya muallifi. 4  o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 ilmiy risola, 1 lug‘at, 85 xalqaro ilmiy  maqolalar hamda 1 ta uslubiy tavsiya chop ettirgan. 

Yusupova Orziboni Sunnatovna

 yusupovaorziboni@samdu.uz

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. SamDU o‘zbek tilshunosligi kafedrasida 2008-yildan  buyon faoliyat yuritib keladi.  “O‘zbek tilida olmoshlarning funksional-stilistik xususiyatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Orziboni Yusupova  3 monografiya, 1 o‘quv qo‘llanma, 3 uslubiy qo‘llanma muallifi.  Shuningdek, bugunga qadar 1 Scopus va Impact Factor jurnallarida maqolalar e’lon qilgan.

Scopus bazasidagi maqola linki:

http://dx.doi.org/10.31838/jcr.07.11.56

Umirova Svetlana Ma’murjonovna

svetlanaumirova966@gmail.com

Filologiya fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. SamDU o‘zbek tilshunosligi kafedrasida 2017-yildan faoliyat yuritib keladi. 2019-yilda “O‘zbek she’riyatida lingvistik vositalar va poetik individuallik (Usmon Azim she’riyati misolida)” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini  himoya qilgan.

Svetlana Umirova faoliyati davomida 2 monografiya, 2 elektron darslik, 4 uslubiy qo‘llanma, 1 risola nashr etgan. Scopus bazasiga kiruvchi jurnalda 1,  xorijiy jurnallarda 1 maqola e’lon qilgan.

Scopus bazasidagi maqola linki: 

Scopus bazasidagi maqola linki: http://dx.doi.org/10.31838/jcr.07.11.56

Rashidova Umida Mansurovna

umida_rashidova@bk.ru

Filologiya fanlar boʼyicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 2018-yildan buyon Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib keladi. 2018-yilda “O‘zbek tilidagi somatik iboralarning semantik-pragmatik tahlili” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Umida Rashidova 3 o‘quv, 2 uslubiy qo‘llanma muallifi. Shuningdek, bugunga qadar Scopus va 1 ta Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda 1 va boshqa turdagi nashrlarda 80 dan ortiq maqolalar e’lon qilgan.

Scopus va Web of Science bazasiga maqolalari linki:

https://www.int-jecse.net/abstract.php?id=5047

https://www.int-jecse.net/issue.php?volume=14&issue=40&page=16

Islamova Dinara Azamatovna

dinaraislamova@samdu.uz

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). SamDU o‘zbek tilshunosligi kafedrasida 2017-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2022-yilda “Badiiy asar tilidagi transpozitiv so‘zlarning funksional-semantik xususiyatlari” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.

Dinara Islamova faoliyati davomida 1 o‘quv, 1 uslubiy qo‘llanma, 1 monografiya, 1 risola muallifi. Xorijiy jurnallarda 6 maqola va boshqa turdagi nashrlarda 40 ga yaqin ilmiy ishlar e’lon qilgan.

O‘zbek tilshunosligi kafedrasi tarixi

O‘zbek tilshunosligi kafedrasi universitet bilan tengdosh kafedralardan biridir. O‘zbek tilshunosligi kafedrasida Abdurauf Fitrat, Yevgeniy Polivanov, G‘ozi Olim Yunusov, Ulug‘ Tursunov, Abdurahmon Sulaymonov, Hamdam Berdiyorov, Rahmatulla Qo‘ng‘urov, Xudoyberdi Doniyorov, Abdujabbor Muxtorov, Vahob Egamov, Bozorboy O‘rinboyev, Bekmurod Yo‘ldoshev, Jo‘raboy Hamdamov kabi yetakchi olimlar ishlashgan.

Kafedra a’zolari tomonidan shu paytgacha yaratilgan alohida nashrlar soni 100 dan ortadi. Ular orasida yirik hajmdagi monografiyalardan tortib, oliy ta’lim tizimida o‘quv jarayonida foydalanishga mo‘ljallangan darsliklar, o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ham mavjud. 

Shu davr mobaynida kafedrada 200 ga yaqin fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlandi. Ular orasida fan arboblari, akademiklar, professorlar, dotsentlar, xalq o‘qituvchilari va murabbiylari bor.

Bugungi kunda o‘zbek tilshunosligi kafedrasida 4 nafar fan doktori, professorlar, 4 nafar nafar fan nomzodi, dotsentlar, 4 nafar filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) faoliyat olib bormoqda. Ular kafedraning 2021-2026-yillarga mo‘ljallangan bosh istiqbol rejasi “O‘zbek tili birliklarining funksional-stilistik va kognitiv-pragmatik tahlili masalalari” mavzusi asosida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

O‘zbek tilshunosligi kafedrasining ahil jamoasi Ulug‘ Tursunov shakllantirgan Samarqand tilshunoslik maktabi an’analarini davom ettirib, talabalarga bilim berish, ularni har tomonlama bilimdon, komil inson, yetuk mutaxassis qilib tarbiyalash borasidagi ilmiy-pedagogik faoliyatlarini bugungi kunda ham sobitqadamlik bilan davom ettirmoqdalar. Kafedra a’zolari respublika, viloyat ilmiy-amaliy anjumanlarida ma’ruzalar bilan ishtirok etishda, jamoat topshiriqlarini uddalashda  ham faollik ko‘rsatmoqdalar.

Kafedrada o‘qitiladigan fan o‘quv dasturlari
 
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasi
• Hozirgi o‘zbek tili
• Tilshunoslik nazariyasi
• Turkiy filologiya asoslari
• Nutq madaniyati va mutolaa san’ati
• O‘zbek dialektologiyasi
• O‘zbek nomshunosligi 
• Tanlov fan: Etnolingvistika
• O‘zbek tili tarixi
• Tilshunoslik va tabiiy fanlar
• O‘zbekistondagi yozuv va imlo islohotlari
• O‘zbek terminologiyasi
• So‘zlashuv nutqi sintaksisi 
Kafedrada o‘qitiladigan fan o‘quv dasturlari
 
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasi
• Hozirgi o‘zbek tili
• Tilshunoslik nazariyasi
• Turkiy filologiya asoslari
• Nutq madaniyati va mutolaa san’ati
• O‘zbek dialektologiyasi
• O‘zbek nomshunosligi 
• Tanlov fan: Etnolingvistika
• O‘zbek tili tarixi
• Tilshunoslik va tabiiy fanlar
• O‘zbekistondagi yozuv va imlo islohotlari
• O‘zbek terminologiyasi
• So‘zlashuv nutqi sintaksisi 
 

Kafedra hayotidan fotolavhalar