Samarqand davlat universiteti 

istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi
kafedrasi mudiri

Hasanov Shavkat Ahadovich

 

+99891 5517322. hasanovshavkat724@gmail.com.

    Shavkat Hasanov filologiya fanlari doktori, professor. Samarqand davlat universitetida 1991-yildan beri faoliyat yuritadi. 2017-yildan boshlab SamDU istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

    1995-yilda “Oʻzbek dramatik dostoni” mavzusidagi nomzodlik, 2004-yilda “XX asrning ikkinchi yarmi oʻzbek dostonlari poetikasi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Faoliyati davomida 2 monografiya, 2 ilmiy risola, 2 darslik va 3  oʻquv qoʻllanma va 4 uslubiy qoʻllanmalar, 140 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Shuningdek, olim bugungi qadar Scopus,  Web of Science  kabi nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallarda 3 maqola e'lon qilgan. 

https://scholar.google.ru/citations?hl=ru&pli=1&user=GmrtKfgAAAAJ 

Istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi a’zolari

Umurov Hotam Ikromovich

umurovhotam88@gmail.com

Hotam Umurov - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, filologiya fanlari doktori, professor. SamDU istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasida 1993-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1984-yilda “Psixologizm muammosi va oʻzbek romani” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Hotam Umurov faoliyati davomida  7 darslik, 10 oʻquv qoʻllanma, 33 oʻquv-uslubiy qoʻllanma, 12  monografiya, 12 risola, 5 jildlik saylanma va 500 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr ettirgan. 2 Scopus bazasiga kiruvchi jurnalda ilmiy maqolasi e’lon qilingan.

http://online.anyflip.com/ljhgk/rwvd/mobile/

https://scholar.google.ru/citations?hl=ru&pli=1&user=JiwAPiEAAAAJ

Nasirov Azimidin Normamatovich

azmiddnnosirov@gmail.com

Filologiya fanlari doktori, professor. SamDU istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasida 2000-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1999-yilda "Tarixiy haqiqat va uning badiiy talqini" mavzusida nomzodlik, 2018-yilda  ”Odil Yoqubov romanlari poetikasi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Azimidin Nasirov faoliyati davomida 2 darslik, 1 oʻquv qoʻllanma, 6 uslubiy qoʻllanma, 5 monografiya va 250 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr ettirgan. Xalqaro jurnallarda 20 dan ortiq, OAK roʻyxatidagi jurnallarda 34, Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda 1 ilmiy maqola e’lon qilgan.

https://scholar.google.ru/citations?user=r7XWfMYAAAAJ&hl=ru

 

Qobilov Usmon Uralovich

usmonqobilov69@gmail.com

Filologiya fanlari doktori, dotsent. SamDU istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasida 2002-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2001-yilda "Mumtoz adabiyotda Iso Masih obrazi" mavzusida nomzodlik, 2019-yilda "Oʻzbek adabiyotida nubuvvat motiv va obrazlari badiiy talqini" (XIV-XV asrlar) mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Usmon Qobilov faoliyati davomida 3 monografiya, 4 uslubiy qoʻllanma, 2 oʻquv qoʻllanma, 200 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr ettirgan. Shundan xalqaro jurnallarda 20 ga yaqin, OAK roʻyxatidagi jurnallarda 30 dan ortiq, xalqaro va respublika miqyosidagi anjumanlarda 50 dan ortiq maqolalar nashr ettirgan. 3 maqolasi Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan.

https://scholar.google.ru/citations?user=ESRWqbUAAAAJ&hl=ru

Davronova Mahfuza Isroilovna

MDavronova71@gmail.com

Filologiya fanlari doktori, dotsent. SamDU istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasida 2005-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2019-yilda "Hozirgi oʻzbek she’riyatida uslub poetikasi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Mahfuza Davronova faoliyati davomida 2 monografiya, 5 uslubiy qoʻllanma, 4 oʻquv qoʻllanma, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr ettirgan. Shundan xalqaro jurnallarda 5 ga yaqin, OAK roʻyxatidagi jurnallarda 30 dan ortiq maqolalar chop etgan. Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda 2 maqolasi e’lon qilingan.

https://scholar.google.ru/citations?hl=ru&user=nNDdviYAAAAJ

Toshpoʻlatov Akram Haydarovich

toshpulatovakram4@gmail.com

Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent. SamDU istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasida 2007-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2018-yilda "Oʻzbek adabiyotida novella janri va uning badiiyati" mavzusida PhD dissertatsiyasini himoya qilgan.

Akram Toshpoʻlatov faoliyati davomida 1 oʻquv qoʻllanma, 2 uslubiy qoʻllanma, 1 monografiya va 40 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr ettirgan. 1 maqolasi Scopus bazasiga kiruvchi jurnalda e'lon qilingan.

Link

Jabborova Dilafroʻz Ergashovna

dilafruzjabborova03@gmail.com

Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent. SamDU istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasida 2018-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2018-yilda  “Istiqlol davri oʻzbek adabiyotshunosligida Choʻlpon ijodi talqinlari” (she’riyati va nasriy asarlari misolida) mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.  

Dilafroʻz Jabborova 1 monografiya, 1 risola,  1 oʻquv-uslubiy qoʻllanma muallifi. 50 dan ortiq ilmiy maqolalari respublika va xorijiy nashrlarda e’lon qilingan. Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda 6 maqolasi nashr etilgan.

https://doi.org/10.47750/pnr.2022.13.S06.157

https://scholar.google.ru/scholar?oi=bibs&cluster=9526087187515390043&btnI=1&hl=ru

https://journalppw.com/index.php/jpsp/article/view/12137 

Xursanov Dilshod Baxtiyorovich

dilshodxursanov111@gmail.com

Filologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori, dotsent. SamDU istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasida 2012-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2020-yilda  “Hozirgi o`zbek she’riyatida xronotop poetikasi” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.

Dilshod Xursanov faoliyati davomida 1 monografiya, 2  oʻquv-uslubiy qoʻllanma, 38 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Xalqaro jurnallarda 2, OAK roʻyxatidagi jurnallarda 11, xalqaro va respublika miqyosidagi anjumanlarda 25 dan ortiq maqolalari nashr etilgan.  Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda 2 maqolasi e’lon qilingan. 

https://scholar.google.ru/citations?hl=ru&user=SwGZGBAAAAAJ

Ernazarova Gulbahor Isakovna

ernazarovagulbahor246@gmail.com

Filologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori. SamDU istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasida 2017-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2022-yilda  “Hozirgi o`zbek she’riyatida tasavvuf an’analari” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Gulbahor Ernazarova faoliyati davomida 20 dan ortiq ilmiy maqolalari e’lon qilingan. Shundan xalqaro jurnallarda 2, OAK roʻyxatidagi jurnallarda 6, xalqaro va respublika miqyosidagi anjumanlarda 10 dan ortiq maqolalar nashr ettirgan. Scopus bazasiga kiruvchi jurnalda 1 maqolasi e’lon qilingan. 

https://scholar.google.ru/citations?hl=ru&pli=1&user=sd0X6wgAAAAJ

Istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi haqida

Istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi SamDUning dastlabki kafedralaridan biri hisoblanadi.U 1927-yilda “Oʻzbek adabiyoti tarixi” nomi bilan tashkil etilgan. Kafedraning shakllanishida A.Fitrat, S.Ayniy, A.Sa’diy, V.Abdullayev, O.Sharafiddinov kabi yirik adabiyotshunos olimlarning xizmati katta boʻldi.

1984-yilda kafedra tarkibidan hozirgi zamon oʻzbek adabiyoti kafedrasi ajralib chiqdi. 2015-2016-oʻquv yilidan e’tiboran oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi nomi ostida birlashtirilgan. 2017-yildan istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedrada turli yillarda faoliyat yuritgan adabiyotshunos olimlar qator muvaffaqiyatlarga erishganlar. N.Xotamov, Sh.Xolmatovlarning “Adabiyotshunoslikka kirish”, D.Shermuhammedovning “Hozirgi zamon oʻzbek adabiyoti tarixi”,  H.Umurovning “Adabiyotshunoslik nazariyasi”, “Badiiy ijod asoslari”, “Adabiyot nazariyasi” kabi asarlari ana shu yutuqlar samarasi boʻlib, respublikamiz oliy oʻquv yurtlari filologiya fakultetlari talabalari uchun darslik vazifasini oʻtamoqda.

Kafedra a’zolari boshdanoq pedagogik ishni ilmiy tadqiqot ishlari bilan qoʻshib olib bormoqdalar va yaxshi natijalarga erishmoqdalar. Samarqanddan yetishib chiqqan olimlar turli yillarda hozirgi zamon oʻzbek adabiyotidan doktorlik dissertatsiyasini himoya qildilar. Jumladan, Orif Ikromov (1970), Sa’dulla Mirzayev (1973), Nuriddin Shukurov (1973), Rahim Muqimov (1975), Hotam Umurov (1984), Shavkat Xolmatov (1986), Isroil Mirzayev (1991), Shavkat Hasanov (2004), Abdurahim Soliyev (2012), Azmiddin Nosirov (2017), Mahfuza Davronova (2019), Usmon Qobilov (2019) shuningdek, turli yillarda kafedra yordamida koʻplab aspirant, doktorant va yosh tadqiqotchilar nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildilar. Bularning aksariyati Oʻzbekistonning turli shahar va viloyatlaridagi universitet va pedagogika oliygohlarida, muassasa, nashriyot, gazeta va jurnallarda faoliyat koʻrsatib, mamlakatimizda ilm-fan, maktab-maorif, taraqqiyotiga oʻz hisslarini qoʻshdilar va qoʻshmoqdalar.

Kafedramiz professor-oʻqituvchilari bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda faoliyat yuritmoqdalar. Kafedra tomonidan tayyorlangan darslik, oʻquv qoʻllanmalari, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, uslubiy tavsiyalar yangi pedagogik texnologiyalar asosida yaratilmoqda. Hozirgi kunda kafedrada 5 ta fan doktori, prоfessor, 4 ta PhD – 3 ta dotsent, 1 ta oʻqituvchi boʻlib, jami 9 nafar professor-oʻqituvchi faoliyat koʻrsatib kelmoqda. A.Toshpoʻlatov, D.Jabborova, D.Xursanov doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqdalar.

Kafedra qoshidagi “Shalola” va “Behbudiy izdoshlari” toʻgaraklari faoliyati yanada jonlanib bormoqda. Toʻgarak  a’zolari universitet va viloyat miqyosida turli tadbirlarda ishtirok etib munosib taqdirlanmoqda. Kafedramizning kelajakdagi maqsadlaridan biri bugungi kunda doktorlik dissertatsiyalari bilan shug’ullanib kelayotgan oʻqituvchilar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ularning oldiga qoʻyilgan maqsadlarini amalga oshishiga koʻmaklashishdir. Kafedramiz professor-oʻqituvchilari tomonidan oʻquv mashg’ulotlari zamon talablariga muvofiq yangi pedagogik texnologiyalar asosida oʻtkazilmoqda.

Bugungi kunda kafedrada yangi ilmiy, badiiy kitoblardan iborat kutubxona tashkil etilgan. Bu kutubxonadan fakultet talabalarining barchasi foydalanib kelmoqda. Kutubxonada yangi mustaqillik mafkurasi g’oyalariga javob beradigan kitoblar jamlangan. Kelgusida professor-oʻqituvchilarimiz tomonidan kutubxona fondini yanada kengaytirish kutilmoqda.

Kafedra oʻqituvchilari tomonidan bugunga qadar  30 dan ortiq darslik, oʻquv qoʻllanma, ma’ruzalar matni, oʻquv-uslubiy qoʻllanma, majmua va koʻrsatmalar yaratilgan. 20 dan ortiq monografiyalar, 10 dan ortiq ilmiy maqolalar toʻplami, 800 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr etilgan.

Kafedra “Adabiy tur va janrlar poetikasi” nomli bosh mavzu yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Kafedradan yetishib chiqqan taniqli olimlar:

Professor Umurov Hotam Ikromovich – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan Yoshlar murabbiysi;

Professor Nuriddin Shukurov – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi; 

Professor Saydulla Mirzayev – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi;

Kafedrada o‘qitiladigan fan o‘quv dasturlari

Bakalavr ta’lim yoʻnalishi boʻyicha:

  • Adabiyotshunoslik nazariyasi;
  • Hozirgi adabiy jarayon;
  • Jahon adabiyoti tarixi;
  • Istiqlol davri romanlari poetikasi;
  • Oʻzbek adabiyoti tanqidi tarixi;
  • Adabiyot nazariyasi;
  • Mustaqillik davri adabiyoti;
  • Turkiy xalqlar adabiyoti;

Magistratura mutaxassisiligi quv rejasi:

  • Adabiyotshunoslik metodologiyasi;
  • Jahon adabiyoti muammolari;
  • Yangi oʻzbek adabiyoti muammolari;
  • Istiqlol davri romanlari poetikasi.

Kafedra hayotidan fotolavhalar