Fakultetlararo jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri

Raupov Orifjon Komilovich 

  •  Qabul vaqti: Har kuni 8:00 dan 16:00 gacha
  •  Telefon: + 99893 729 23 23 
  •  Elektron pochta: orifjon.raupov@mail.ru

Biografiya

1978 yilda Tojikiston jismoniy tarbiya institutini tamomlagan va shu yildan boshlab SamDU jismoniy tarbiya o‘qituvchisi vazifasida faoliyatini boshlagan.

1974-1978  yy. - Tojikiston davlat jismoniy tarbiya instituti talabasi.

1978-1979 yy. - Tojikiston davlat universiteti jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchisi

1979-1987 yy. - Samarqand davlat universiteti jismoniy tarbiya va sport kafedrasi o‘qituvchisi

1987-1992 yy. - Samarqand davlat universiteti jismoniy tarbiya va sport kafedrasi katta o‘qituvchisi

1992-2012 yy. - Samarqand davlat universiteti jismoniy tarbiya va sport kafedrasi dotsenti

2012-2013 yy. - Samarqand davlat universiteti jismoniy tarbiya va sport kafedrasi katta o‘qituvchisi

2013-2015 yy. – Samarqand davlat universiteti jismoniy tarbiya va sport kafedrasi dotsent vazifa bajaruvchisi

2015-2017 yy.- Samarqand davlat universiteti jismoniy tarbiya va sport kafedrasi dotsent vazifa bajaruvchisi

2017-2018 yy.- Samarqand davlat universiteti fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport kafedrasi katta o‘qituvchisi

2018-2021 y.y. - Samarqand davlat universiteti fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport kafedrasi dotsenti, kafedra mudiri.

2021 yil h.v. –  Samarqand davlat universiteti Sport faoliyati va san’at fakulteti Fakultetlararo jismoniy madaniyat kafedrasi dotsenti, kafedra mudiri.

 

Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat kafedrasi  1927 yilda tashkil topgan.

2015 yilda kafedra Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport, 2021 yilda Fakultetlararo jismoniy madaniyat kafedrasi deb qayta nomlandi.

Fakultetlararo jismoniy madaniyat kafedrasida 6 shtat birligi mavjud: 2 ta dotsent R.A.Qosimova, O.K.Raupov, katta o‘qituvchilar sport ustasi nomzodi A.A.Qurbonov, N.I.Isoev, 2 ta o‘qituvchi-assistent: sport klubi raisi o‘rinbosari F.A.Oblanazarov, L.T.Mirzaevlar faoliyat kursatmoqdalar. Kafedraning ilmiy salohiyati 33,3 %ni tashkil qiladi.

«Jismoniy madaniyat va sportni ta’lim yo‘nallishlariga asosan dars jarayonida tashkil etish» bosh mavzuga mos holda kafedrada bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Bu ishlari bugungi kunda jismoniy madaniyat va sport sohasida dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ushbu muammolarni o‘rganish jismoniy madaniyat va sport sohasini har tomonlama takomillashtirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Shuni nazarda tutgan holda kafedraning bir kator professor-o‘qituvchilari bosh ilmiy mavzu bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borib uni natijalarga ko‘ra ilmiy maqolalar, uslubiy qo‘llanmalar chop etishmoqda. Jismoniy madaniyat va sport sohasida ustivor yo‘nalishlardan biri hisoblanib talabalarni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirishga va sport natijalarini yaxshilashga katta yordam beradi.

Kafedrada ilmiy texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari o‘quv jarayoniga joriy etib kelinmoqda.

Kafedraning professor-o‘qituvchilari bosh mavzudan kelib chiqqan holda bir qancha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borib, jismoniy madaniyat bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha  mutaxassislar tayyorlash tizimiga ilmiy tadqiqot natijalarini tadbiq etmoqda.

Jumladan: dotsent R.A.Kosimova  «Suzish va uni o‘qitish metodikasi» o‘quv qo‘llanma, shu fan bo‘yicha «Dastur», «Qul tupi (gandbol) va uni o‘qitish uslubiyati» uslubiy qo‘llanma, «Jismoniy tarbiya assoslari va metodikasi” o‘quv qo’llanma, «Turizm» darsliklarni tayyorlab talabalar bilimini boyitib bormoqda.

Katta o‘qituvchilar N.I.Isaev «Jismoniy tarbiyadan sportga» uslubiy qo‘llanma, dots. B.B.Kipchokov tomonidan «500 xarakatli o‘yinlar», «Qo‘yi sinf o‘quvchilari jismoniy tarbiyasida yakka kurash elementlari bo‘lgan  harakatli o‘yinlarni o‘tqazish uslubiyati» uslubiy qo‘llanma chop etishgan, dots.O.K.Raupovni “Metodы obucheniya po izbranыm vidam  sporta” o‘quv qo’llanma, A.A.Qurbonov bilan xammualiflikda “Sportda harakat faoliyati fiziologiyasi va jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi omillar» uslubiy qo‘llanma, o‘qituvchi F.Oblanazarov tomonidan “Xalqaro Olimpiya harakati” uslubiy qo‘llanmasi ham nashr etilgan.