Samarqand davlat universiteti

botanika kafedrasi mudiri

Jalov Xolmurod Hakimovich

Biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), dosent. SamDU Botanika kafedrasida 2008 yildan buyon faoliyat yuritib keladi. “Zarafshon daryosi oʻrta oqimi havzasi yoʻsintoifalari” mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini 2018 yilda muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Jalov Xolmurod Hakimovich faoliyati davomida 2 monografiya, 3 ta darslik, 3 ta oʻquv qoʻllanma, 7 ta oʻquv uslubiy qoʻllanmalar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 6 ta  Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda shu bilan birgallikda mahalliy va xorijiy jurnallarda 40 dan ziyod maqolalalar e'lon qilgan. Jalov Xolmurod Hakimovich faoliyati davomida Xitoy Fanlar Akademiyasi, Erasmus+ dastur loyihasi doirasida Chexiya agrar universiteti, Islandiya qishloq xoʻjalik universitetlarida ilmiy stajirovkada boʻlgan.

https://www.scopus.com/results/authorNamesList.uri?sort=count

https://scholar.google.com/citations

https://www.researchgate.net/profile/Kholmurod-Zhalov/achievement

https://www.webofscience.com/wos/author/record/AAB-5440-2022

 

 

Botanika kafedrasi a’zolari

 

Xaydarov Xislat Qudratovich

+998946896438 haydarov@rambler.ru

  Xislat Xaydarov biologiya fanlari doktori, professor. “Zarafshon vodiysida tarqalgan jiyda (Elaeagnus L.) turlarining biologik xususiyatlari va mevalarining polimorfligi” mavzusida nomzodlik, 2018-yilda “O‘zbekiston florasida Elaegnaceae Juss. oilasi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

    Ilmiy faoliyati davomida 300 yaqin ilmiy ishlar e’lon qilingan bo‘lib shundan 2 monografiya, 2 darslik, 5 o‘quv qo‘llanma, 26 uslubiy qo‘llanmalardir. Shuningdek, olim bugunga qadar 60 dan ortiq Scopus, Web of Science va boshqa nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallarda hamda boshqa nashrlarda 200 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon qilgan. Hozirgi kunda o‘simliklar morfologiyasi, sistematikasi, introduksiyasi, ekologiyasi, dorivorlik hamda dendrologiya va paleonologiya sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.

https://rb.gy/kjbe6p

https://rb.gy/vf290f

https://rb.gy/wfu66b

https://rb.gy/brucqg

https://rb.gy/fdymnt

https://urlis.net/3h6af4ia

https://urlis.net/doh0nbjs

https://urlis.net/w9e3knqt

https://urlis.net/fvq9hhq4

Umurzakova Zebiniso Iskandarovna

umurzakova@mail.ru

Biologiya fanlari nomzodi, dotsent. SamDU Botanika kafedrasida 1981-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2003-yilda “Биологические особенности и интродукция топинамбура (Nelianthus tuberosus L.) на лугово - болотных почвах Самаркандской области” mavzusida biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.

Zebiniso Umurzakova ilmiy faoliyati davomida 140 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Shuningdek, 2 darslik, 1 monografiya, 7 o‘quv, 25 uslubiy qo‘llanma va tavsiyalar muallifi. Bugunga qadar 5 dan ortiq maqolasi Scopus va WOS bazasidagi jurnallarda e’lon qilingan.

https://scholar.google.com/citations?view_op=list_works&hl=ru&hl=ru&user=6SWCqqYAAAAJ

Islamov Bo‘ston Sultanovich

bustonislomov61@gmail.com,

islamovb@rambler.ru 


Biologiya fanlari nomzodi, dotsent. SamDU Botanika kafedrasida 2018-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1995-yilda Биоэкологические особенности и введение в культуру некоторых перспективных видов рода кузиния (Cousinia Cass.)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Bo'ston Islamov faoliyati davomida 171 dan ziyod ilmiy ishlar muallifi bo‘lib, shulardan 4 ta darslik - uchtasi hammualliflikda, bittasi o’zining monoavtorligida, 3 monografiya, 2 ta o’quv qo’llanma hamda 9 ta o‘quv uslubiy qo‘llanma muallifi. Shuningdek, olim AQSh, Hindiston, Singapur va Rossiya Federatsiyasining yuqori reytingga ega bo‘lgan nufuzli jurnallarida 17 ta maqola chop etgan. Bundan tashqari xalqaro va respublika konferensiyalarida 120 dan ziyod maqola va tezislar chop ettirgan.


https://scholar.google.com/citations

 

Muhammad Zafar

zafar@qau.edu.pk

Biologiya fanalari falasafa doktori Muhammad Zafar 2022 yildan boshlab Sharof rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Botanika kafedrasi professor lavozimida (tashqi o’rindosh) ishlab kelmoqda. Kafedra professor – o’qituvchilari bilan hammualliflikda 30 ziyod Scopus va Web of science bazasidagi jurnallarida ilmiy maqolalar chop etib kelmoqda.

Biologiya fanalari falasafa doktori (PhD) 2011-yildan  Islomobod-Pokistondagi Quaid-I-Azam universitetida faoliyat yuritadi. Hozirda u Pokistonning Islomobod shahridagi Quaid-i-Azam universitetining Gerbariysida va Botanika kafedrasida professor lavozimida ishlamoqda. U dorivor o'simliklar, o'simliklarning biologik xilma-xilligi va o'simliklar tizimliligi va taksonomiyasi sohasida taniqli faol olimdir. 450 dan ziyod ilmiy asarlar muallifi, shulardan 306 ta ilmiy maqolalar, 11 ta xalqora darslik va o’quv qo’llanmalar bo’lib hisoblanadi. Olim rahbarligida 13 ta PhD yoqlagan. 400 dan ortiq ilmiy maqolasi Scopus jurnallarida nashr etilgan. hirsh-index 46. Web of science jurnallarida 250 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan.    

2021-2024 yillar davomida “Heavy metal accumulation, health risk assessment and plant adaptation strategies in wild vegetable and fruit species of Muzaffarabad Division Azad Kashmir”  mavzusidagi loyiha rahbari.

Nomozova Zebunniso Baxronovna

znomozova@mail.ru

Biologiya fanlari nomzodi, dotsent. SamDU Botanika kafedrasida 1999-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2011-yilda “Samarqand viloyatining turli sharoitlarida introduksiya qilinayotgan Cynara scolymus L. ning bioekologik xususiyatlari” mavzusida biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.

Zebunniso Nomozova ilmiy faoliyati davomida 140 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Shuningdek, 1 ta monografiya, 1 ta darslik, 8 ta o‘quv qo‘llanma, 6 ta uslubiy qo‘llanma, 8 ta uslubiy ko‘rsatma va tavsiyalar bugunga qadar 5 dan ortiq Scopus va WOS bazasidagi jurnallarda e’lon qilingan.

https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=58043725300

https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=58043725300

https://www.researchgate.net/profile/Zebunniso-Nomozova-2

 

Mukumov Ilxom O‘ktamovich

mukumov@gmail.com 


Biologiya fanlari nomzodi, dotsent. SamDU Botanika kafedrasida 2017-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1993-yilda “Biologik faol birikmalar saqlovchi ayrim Ferula L. turlarining tabiiy zaxiralari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 

Ilxom Mukumov faoliyati davomida 1 darslik, 5 o‘quv, uslubiy qo‘llanma muallifi. Shuningdek, olim AQSh va Rossiya Federatsiyasining yuqori reytingga ega bo‘lgan nufuzli jurnallarida 5 maqola chop etgan. Bundan tashqari xalqaro va respublika konferensiyalarida 240 ga yaqin maqola va tezislar chop ettirgan. Bugunga qadar 4 ta maqolasi Scopus va  WoS bazasiga kiruvchi jurnallarda, shu bilan birgalikda mahalliy va xorijiy jurnallarda 50 dan ziyod maqolalar e’lon qilgan. 

https://scholar.google.com/citations

https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=58990015700

 

 

Hasanov Murtoza Abdivaliyevich 

xasanovm77@mail.ru

Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. SamDU botanika kafedrasida 2002-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2019-yilda “Kartoshkaning hosildor, viruslarga chidamli yangi navlarini yaratish” mavzusida qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.

Murtoza Hasanov ilmiy faoliyati davomida 140 dan ortiq ilmiy ishlar e’lon qilgan. Shuningdek, 2 darslik, 2 o‘quv qo‘llanma, 3 uslubiy qo‘llanma va tavsiyalar muallifi. Bugunga qadar 4 ta maqolasi Scopus va  WoS bazasiga kiruvchi jurnallarda, shu bilan birgalikda mahalliy va xorijiy jurnallarda 20 dan ziyod maqolalar e’lon qilgan. 

https://scholar.google.com/citations?user=zjwi_rMAAAAJ&hl=ru

https://www.researchgate.net/profile/Murtoza-Hasanov

https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=58797584700

https://scholar.google.com/citations?hl=ru&user=zjwi_rMAAAAJ

https://www.webofscience.com/wos/author/record/AAA-8998-2022

 

Axmedov Akbar Kilichbayevich

lagochilusbunge@gmail.com

Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. SamDU botanika kafedrasida 2007-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2018-yilda “O‘zbekiston florasining Lagochilus Bunge (Lamiaceae) turkumi kamyob va endem turlarining ontogenetik strukturasi va senopopulyatsiyalari holati” mavzusida biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.

Akbar Axmedov ilmiy faoliyati davomida 35 dan ortiq ilmiy ishlar, 2 monografiya, 1 o‘quv qo‘llanma, 1 ta uslubiy qo‘llanma va tavsiyalar muallifi. 12 dan ortiq Scopus va WOS bazasidagi jurnallarda maqolalar nashr ettirgan.

https://apcz.umk.pl/EQ/article/view/EQ.2014.004

https://www.mdpi.com/1420-3049/26/6/1755

https://urlis.net/eao5ujas

https://urlis.net/88rvmxon

https://urlis.net/eha84p8g

CV- Curriculum vitae.

https://urlis.net/enwbz99h

https://sciendo.com/article/10.2478/eko-2022-0033

https://www.researchgate.net/profile/Akbar-Akhmedov

https://urlis.net/xhbjvyxv

Zeboxon Aktamovna Rasulova

Katta o‘qituvchi. SamDU Botanika kafedrasida 2008-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Zeboxon Rasulova ilmiy faoliyati davomida 45 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Shuningdek, 2 o‘quv qo‘llanma, 4 uslubiy qo‘llanma va tavsiyalar e’lon qilgan. Bugunga qadar 5 dan ortiq maqolalar xorijiy jurnallarda e’lon qilingan.

Ochilov Ulug‘bek Abduxamidovich

Biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), assistent. SamDU Botanika kafedrasida 2024 yildan buyon faoliyat yuritib keladi. “Samarqand shahrining dendroflorasi va istiqbolli manzarali daraxtlarning bioekologik xususiyatlari” Mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini 2024 yilda muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Ochilov Ulug‘bek Abduxamidovich faoliyati davomida 1 ta o‘quv qo‘llanma muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 6 ta  Scopus ва Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda shu bilan birgalikda mahalliy va xorijiy jurnallarda 15 dan ziyod maqolalar e’lon qilgan.

https://www.scopus.com/results/authorNamesList.uri?sort=count

Norqulov Ma’sudjon Ma’rufovich

Biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent. SamDU Botanika kafedrasida 2018 yildan buyon faoliyat yuritib keladi. “Zarafshon daryosi o‘rta oqimi havzasi lishayniklari” mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini 2022 yilda muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Norqulov Ma’sudjon Ma’rufovich faoliyati davomida 1 monografiya, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta o‘quv uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 1 taScopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda shu bilan birgallikda mahalliy va xorijiy jurnallarda 20 dan ziyod maqolalalar e’lon qilgan. Norqulov Ma’sudjon Ma’rufovich Tojikiston Respublikasida muntazam o‘tkaziladigan “Bioxilma-xillikning ekologik muammolari” Xalqaro konferensiyalarida o‘z maruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda.

https://www.scopus.com/freelookup/form/author.uri?zone=TopNavBar&origin=NO%20ORIGIN%20DEFINED

https://scholar.google.com/citations?user=QIPjFxgAAAAJ&hl=ru

Nurullayeva Nodira Sayfullayevna

nodira.nurullayeva90@mail.ru

Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. SamDU Botanika kafedrasida 2019-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2022-yilda “Jing‘il (Lycium L.) turkum turlarining morfobiologiyasi va foydalanish istiqbollari” mavzusida biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.

 Nodira Nurullayeva faoliyati davomida 50 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Shuningdek, 2 ta oquv qollanma, 1 ta monografiya muallifi.  Olima bugunga qadar 5 ta Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan. 

https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=58419142100

https://www.researchgate.net/profile/Nodira-Nurullayeva

https://scholar.google.com.py/citations?user=LozwKgsAAAAJ&hl=ru&oi=ao

 

Botanika kafedrasi haqida

Botanika kafedrasi tarixiy klassik kafedralardan bo‘lib, 1927-yilda O‘zbekiston davlat universiteti (hozirgi Samarqand davlat universiteti) tashkil etilgan paytdan boshlab faoliyat ko‘rsatib kelgan. Botanika kafedrasida floristika, xomashyoshunoslik, dorivor o‘simliklarni o‘stirish texnologiyasi va introduksiyasi yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Kafedraning ilmiy strategiyasi yaratilish zaminida akad. Q.Zokirov, akad. J.Saidov, prof. N.Merkulovich, prof. M.Popov, prof. Y.Proskoryakov, prof. J.Qobulov, prof. M.Ikromovva N.Amirxanov, O.Musinova, X.Normurodov olimlarning hissasi benihoyat katta.

Hozirgi kunda botanika kafedrasida 11 ta professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Shulardan 1 ta fan doktori-professor, 9 nafar fan nomzodlari, dotsentlar va katta o‘qituvchilar. Kafedra qoshida oranjeriya mavjud bo‘lib, u 1970-1971-yillarda qurilgan. Unda 250 turdagi xilma-xil tropik va subtropik manzarali o‘simliklar navlarining kolleksiyasi to‘plangan. Shuningdek, oranjeriyada “Gulchilik” to‘garagi mavjud bo‘lib, unda talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishadi. 2022-yilda oranjeriya qayta rekonstruksiya etildi.

Kafedra qoshida oltin fond Gerbariy kolleksiyasi ham mavjud. Ushbu gerbariylar to‘plami miqdori va ahamiyati jihatidan O‘zR FA qoshidagi Botanika institutining gerbariy fondidan keyin respublikamizda ikkinchi o‘rinda turadi. 

 Gerbariylar kafedra tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, 1900-yillardan asosan Zarafshon vodiysi va O‘rta Osiyo hududidan kafedra olimlari – ustozlar tomonidan yig‘ilgan. Hozirda, gerbariy ma’lumotlarining informatsion kompyuter bazasida raqamli elektron katalogini yaratish ustida ishlar olib borilmoqda.

1927-2020-yillar davomida botanika kafedrasida 2 akademik, 16  fan doktori, 42  fan nomzodi yetishib chiqqan. Kafedra olimlari tomonidan 12 darslik, 42 monografiya 100 dan ortiq o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar yaratilgan.

2017-2022-yillarga kelib tarixiy gerbariy kolleksiyaga katta e’tibor qaratildi. Biologiya fakultetining bir necha o‘quv xonalarida saqlanayotgan ushbu nodir xazina uchun alohida bino tashkil etildi. SamDUning «Gerbariy – Botanika tadqiqotlar ilmiy laboratoriyasi» deb nomlandi. Bundan tashqari laboratoriya qoshida «Palinologiya», «Mikologiya», «Briologiya va lixenologiya» nomli laboratoriyalar tashkil etildi. Ushbu laboratoriyalar O‘zbekiston Respublikasida birinchi bor tashkil etilishi bilan va ko‘plab xorijlik olimlarni qiziqtirishi bilan ajralib turadi. 2021-yilda SamDU gerbariysi tarixiy nodir obyekt sifatida AQShda tashkil etilgan xalqaro gerbariylar platformasida 3100 ta ro‘yxatidan joy oldi va unga “Herba SAMDU” deb nom berildi. Hozirgi vaqtda gerbariy kolleksiyalari uchun yangi tipdagi jihozlar bilan ta’minlanish ishlari olib borilmoqda. 

Kafedrada o‘qitiladigan fan o‘quv dasturlari
Bakalavr
• Botanika (O‘simliklar anatomiyasi va morfologiyasi)
• Botanika (Tuban o‘simliklar sistematikasi)
• Botanika (Yuksak o‘simliklar sistematikasi)
• T/f Botanika tadqiqot usullari
• Biologiya o‘qitish uslubiyati
• O‘zR Qizil kitobiga mansub noyob dorivor o‘simliklar
• T/f Mahalliy o‘simliklar
• Biologiya asoslari. Botanika 
• Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi
Magistratura
• Dendrologiya
• O‘simliklar introduksiyasi
• Briologiya va lixenologiya
• Bioxilma-xillik
• Palinologiya
O‘simliklar geografiyasi

Kafedra hayotidan fotolavhalar