FAKULTET HAQIDA

1927-yilda O‘zbek davlat universiteti (hozirgi SamDU) tashkil etilgan vaqtdan boshlab, fizika-matematika fakulteti ham faoliyatini boshlagan edi. Birinchi marta Samarqandda fiziklar tayyorlash ishiga Rossiyadan taklif etilgan olim prof.A.M.Titov rahbarlik qilib, 1933 yilda A.Yu.Pedder va N.P.Kuznesovlar bilan birgalikda «Umumiy fizika», 1935-yilda «Optika va nazariy fizika» kafedralarni tashkil etgan edi.

1933-yilda prof.A.M.Titov rahbarligida birinchi marta Quyosh energiyasidan foydalanish (Geliofizika) bo’yicha ilmiy ishlar olib borishdi va uning rahbarligida 1935-yilda K.T.Abdirashidov, A.G.Kochnevlar, 1936-yilda A.N.Tekuchyov, S.U.Sultonov, Muso Mo’minovlar nomzodlik dissertasiyasini himoya qildilar.

Fizika fanining rivojida prof. Muso Mo‘minovning xizmatlarini alohida e’tirof etish kerak. U 1944-yilda O‘zbek Davlat universitetiga rektorlik qilish bilan birga «Nazariy fizika» kafedrasi mudiri lavozimini ham bajardi va «Umumiy fizika», «Optika» kafedralarini tashkil etdi. 1951-yilda M.Mo‘minov, H.Haydarov bilan birga birinchi marta o‘zbek tilida «Molekulyar fizikadan» laboratoriya va o‘quv qo‘llanmalarini yaratdi.

1961-yil avgustda fizika-matematika fakulteti tarkibidan fizika fakulteti alohida ajralib chiqdi va fizika fani rivojida yangi davr boshlangan edi. 1959-yilda A.Q.Otaxo‘jayev (keyinchalik O‘zFA akademigi) Optika kafedrasiga mudir bo‘lib tayinlanishi, SamDUda Optiklar maktabining shakllanishiga olib keldi.

Fakultetda uzoq yillar davomida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida hozirgi kunda 4 ta ilmiy maktab yaratildi. 1.Optika (Asoschisi va ilmiy rahbari akademik A.Q.Otaxo’jayev), 2. Yadro fizikasi (Asoschisi prof. Muso Mo‘minov), 3. Magnetizm (Asoschisi va ilmiy rahbari prof.O.Quvondiqov), 4. Kosmos fizikasi va astrofizika (Asoschisi va ilmiy rahbari prof.B.Maxmudov).

Bundan tashqari, Optiklar ilmiy maktabi tarkibida 2 ta alohida yo‘nalish ajralib chiqdi va rivojlantirildi. Nochiziqli optika yo’nalishi (Ilmiy rahbari prof.L.M.Sobirov) va Molekulyar lyuminesensiya yo‘nalishi (Ilmiy rahbari prof.N.Nizomov).

Hozirda fizika fakultetida 5 ta mutaxassislik kafedralari faoliyat ko‘rsatmoqda: Optika (kafedra mudiri PhD.G’.Sharifov), Umumiy fizika (kafedra mudiri v.b.  dots.Z.Shodiyev), Nazariy fizika va kvant elektronika (kafedra mudiri prof.N.Eshqobilov), Qattiq jismlar fizikasi (kafedra mudiri dots.S.Axrorov), Yadro fizikasi va Astronomiya (kafedra mudiri dots.R.M.Eshbo‘riyev).

Fakultetda 4 ta’lim yo‘nalishi (fizika, astronomiya, fizika va astronomiya o’qitish metodikasi, biotibbiyot) bo’yicha 600 dan ko’proq talabalar va 2 magistratura mutaxassisliklari (Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha), (Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika) bo’yicha 80 nafardan ortiq malakali magistr mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Fakultetda ilmiy salohiyat bugingi kunda 74%ni tashkil qilgan, kafedralarda 1 nafar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, 17 nafar fan doktorlari, professorlar, 35 nafar fan nomzodlari, dosentlar hamda 16 nafar katta o‘qituvchi, assistentlar bilan birgalikda 5 nafar xorijiy professor-o’qituvchilar ham yoshlarga tahsil berishmoqda.

MALAKA TALABLARI

Bakalavriat yo‘nalishi malaka talablari

5110200    Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi

5141500    Biotibbiyot fizikasi

5140200    Fizika

5140400    Astronomiya

Magistratura yo‘nalishi malaka talablari

5A140201    Nazariy fizika
5A140202    Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha)
5A140203    Geliofizika va quyosh energiyasidan foydalanish 
5A140204    Kondensasiyalangan muhitlar fizikasi va materialshunoslik (turlari bo‘yicha)
5A140205    Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika
5A140401    Astronomiya (tadqiqot yo‘nalishi bo‘yicha)


Fakultet tyutorlari