Kafedra mudiri

Ergashev Baxtiyar Ergashevich

  •  Qabul vaqti: Har kuni (8:00 -16:00)
  •  Telefon: +99893 347 99 80
  •  Elektron pochta: e-baxtiyor@samdu.uz

Biografiya

1980-1981-yillar Samarqand davlat universiteti laboranti
1981-1993-yillar Samarqand davlat universiteti assistenti
1993-2003-yillar Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti Ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari
2003-2009-yillar Samarqand davlat universiteti "Tarixshunoslik va manbashunoslik " kafedrasi dotsenti
2009-2011-yillar O‘zbekiston milliy universiteti katta ilmiy xodimi
2012-2013-yillar Samarqand davlat universiteti "Tarixshunoslik va manbashunoslik " kafedrasi dotsenti
2013-yildan Samarqand davlat universiteti "Tarixshunoslik va manbashunoslik " kafedrasi mudiri

 

Samarqand davlat universiteti bizning tarixiy tomirimizni aniqlaydigan, milliy g‘ururimizni yuksaltiradigan tarixga ega bo‘lgan salohiyatli oliy o‘quv dargohlaridan biridir. Bunda juda muhim masala, hozirgi paytda Samarqand davlat universitetida faoliyat ko‘rsatayotgan fakultetlar, kafedralar va ilm-fan maktablari namoyondalarining tarixini yoritishdir.
Kafedra tarix fakultetining tengdoshi bo‘lib 1927 yilda «SSSR xalqlari tarixi» nomi bilan tashkil topgan. Professorlar S.V. Yushkov (1927-1934), M.Ya. Fenomenov (1934-1937), A.M. Malkov (1937-1941), A.P. Fituni (1944-1949), dotsentlar X.F. Chikayev (1949-1956), Yu.N. Aleskerov (1956-1972)lar kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritganlar.
1972 yilda kafedra ikkiga ajraldi: «Sovet davri SSSR tarixi» (professorlar Yu.N. Aleskerov (1972-1982) va E.H. Hojiyev(1982-1997)lar boshqargan) va «Sovet davrigacha SSSR tarixi» (prof. V.I. Yefimov (1972-1974), dots. (M.U. Aminov (1974-1976), prof. M.A. Egamberdiyev (1976-1999)lar boshqargan). 
1997 yilda «Yevroosiyo xalqlari tarixi» hamda «Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixni o‘qitish usullari» kafedralari birlashtirildi. Kafedra mudiri bo‘lib, 1997-2000 yillarda t.f.d. prof. I.M.Saidov va 2002-2002 yillada t.f.n. R.K. Yusupov ishladilar. 2007 yildan to 2013 yil may oyigacha kafedrani t.f.d. prof. I.M.Saidov boshqardi. 2013 yil may oyidan to xozirgi paytgacha kafedrani t.f.n. dotsent B.E.Ergashev boshkarmokda.
Shuningdek kafedramiz tarixida M.U. Aminov, H.A. Aminov, O.A. Azimov, K.Yu. Yusupov, N.I. Axmedova, V.I. Sevryuk, S. Ismoilova, K.M. Mamatqulov, S. Hasanova, R. Uzoqov, M.A. Negmatova, O.A. Azimov kabi pedagog-olimlar o‘chmas iz qoldirdilar.
2002 yilda kafedrada Bolonya (Italiya) universiteti hamkorligida magistratura ochilgan. Ayni paytda kafedrada 5A120304 – «Tarixshunoslik va tarixiy tadqiqotlar metodlari (mamlakatalar bo‘yicha)» va 5A210206 – «Muzeyshunoslik, konservatsiya va badiiy yodgorliklarni saqlash» mutaxasisliklari bo‘yicha magistratura mavjud. 
Ta’lim-tarbiya tizimida qayta tiklanish va yangilanish jarayonlari yuz beratgan ayni vaqtda kafedramiz xodimlari noan’anaviy dars shakllarini kengroq joriy etish yo‘lidan borishmoqda. Dars jarayoniga elektron kitob yaratish yoki internetdan foydalanish kabi milliy dastur yo‘nalishdagi ishlar ustida mehnat qilmoqdalar. 2010-2011 o‘quv yilida kafedrada o‘qitiladigan 8 ta fanlardan o‘quv-elektron dasturining Ziyo Net tarmog‘iga kiritilgan.
Samarqand shahrining 2750 yilligi yubileyiga bag‘ishlab 2007 yilda «Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarix o‘qitish metodikasi masalalari» nomli ilmiy maqolalar to‘plami nashr etildi. Ushbu to‘plamda kafedraning professor-o‘qituvchilari, magistrlari o‘z maqolalalarini kiritganlar.
Yuqorida bildirilgan fikr-mulohaza va tarixiy faktlarning barchasi «Tarixshunoslik va manbashunoslik» kafedrasining o‘tmishi zarvaraqli, kelajagi istiqbolli ilmiy-pedagogik jamoalardan biri ekanligidan dalolat beradi. Kafedra ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish, bajarish va boshqarishda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining tarix instituti, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Shuningdek AQShning Indiana universiteti, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston respublikalaridagi oliy o‘quv yurtlari orqali o‘zaro ilmiy aloqalarni olib bormoqda va 2007-2009 yillarda doktoranturaga bitta o‘rin ajratildi. Kafedra a’zolari o‘tgan yillar davomida bir qator o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan xalqaro ilmiy aloqalarni bog‘ladilar. Ayniqsa Toshkent, Moskva, Almati, Dnepropetrovsk, Ashxabad, Eron, Sankt-Peterburg, Boloniya, Turin (Italiya), Indiana (AQSh) shaharlaridagi hamkasabalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirmoqdalar. Natijada kafedra olimlarining 2007-2011 yillardagi ilmiy tadqiqotlari saloyati o‘smoqda. Kafedra olimlari tomonidan bu yillarda 2 ta monografiya nashr ettirildi. «Tarixshunoslik va manbashunoslik» kafedrasida bugungi kunda zamon talabiga javob beradigan mutaxassislar tayyorlash borasida o‘quv uslubiy moddiy baza yaratilgan. DTS talablariga javob beradigan o‘quv rejasi, o‘quv dasturlari va o‘quv uslubiy majmualar ishlab chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim Vazirligi grifi bilan kafedra dotsenti I.N. Ilalovning «Muzeyevedeniye» va «Filosofiya i metodologiya istorii» o‘quv qo‘llanmalari chop etilgan. Ularning elektron variantlari ham yaratilgan. 
Kafedra mudiri, professor I.M. Saidovning Moskvada o‘tkazilgan 2010 yil 7-10 aprel kunlari «Pobeda nad fashizmom v 1945 godu: yeyo znacheniye dlya narodov SNG i mira» nomli xalqaro konferensiyada «Gumanisticheskiye traditsii uzbekskogo naroda i ix proyavleniye v godы voynы» ma’ruzasi bilan ishtirok etishi universitet, fakultet va kafedramizning katta yutuqlaridan biridir. Shuningdek prof. I.M. Saidovning prof. A.S. O‘ralov bilan hammualiflikda nashr etgan: «O‘rta Osiyo me’moriy yodgorliklari – vatanimiz tarixini o‘rganishning moddiy manbalari» nomli kitobining uchinchi darajali diplom bilan taqdirlanganligi va 2009-2010 yilda O‘zbekistoninng eng yaxshi me’moriy asari XI ko‘rik-tanlovining lauriati bo‘lishi quvonarli holdir.
Kafedra qoshida talabalarning «Yosh manbashunos» ilmiy to‘garagi faoliyat ko‘rsatadi.
Kafedra SamDU qoshidagi 2-son Akademik litsey, viloyatdagi bir necha kollej hamda Narpay tumanidagi 33-ixtisoslashgan umumta’lim maktabi bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatib, ularga uslubiy yordam ko‘rsatmoqda.
O‘zbek manbashunosligining dolzarb muammolariga qaratilgan professor I.M.Saidovning “Dexkanstvo Uzbekistana na istoricheskom povorote vtoroy polovinы XIX –pervoy treti XX vv.” monografiyasining yaratilgani alohida ahamiyatga ega. Bu izlanish o‘zbek manbashunosligidagi novatorlikdir. Hozirgi paytda prof. I.M.Saidov «Repressirovannoye dexkanstvo: tragediya nasilstvennoy kollektivizatsii» nomli monografiyasi ustida ish olib bormoqda. 
Kafedrada prof. I.M.Saidov bilan hammualiflikda qator uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar yaratildi:
1.Uslubiy qo‘llanma «Jahon tarixi faniga oid testlar to‘plami (1-qism 1914-1945 yillar, 2-qism 1945-2007 yillar)» Samarqand, 2008 y. 176 bet., 11 b.t. (E.Sultonov va A.Bodirov bilan hammualiflikda)
2. «Jahon san’ati tarixi fanidan uslubiy ko‘rsatmalar» Samarqand, SamDU, 2008y. 52 bet. (M.Jalilova bilan hammualiflikda)
3. «Jahon tarixi faniga oid testlar to‘plami» (uslubiy qo‘llanma) (O‘rta asrla davri, yangi tarixining ikkinchi davri – XVI-XIX asrning 60-yillari, yangi tarixining ikkinchi davri XIX asrning 70-yillaridan 1918 yilgacha) Samarqand, 2008 y. 160 bet., 10 b.t. (E.Sultonov va A.Bodirov bilan hammualiflikda)
4. «Istoriografiya» nomli uslubiy qo‘llanma. Samarqand, 2009 y. 
5. «Malakaviy – bitiruv ishlarni yozish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar». Samarqand, 2010 y. 
2011-2012 yillarda yana bir qator uslubiy qo‘llanmalar ustida ish olib borilmoqda: kafedra dotsenti I.N.Ilalov 1 kurs rus guruhi talabalari uchun «Istoriya nauki i texniki» nomli uslubiy-qo‘llanmani tayyorlamoqda.
Kafedrada dots. B.Ergashev «Materialы kanselyarii Turkestanskogo general gubernatorstva kak istoricheskiy istochnik (II polovina XIX – nachalo XX veka)» mavzusida doktorlik dissertatsiyasi assistentlar T.I. Mahmudov «Temuriylar davri ta’limi», M.J. Buzrukov «XV asr birinchi yarmidagi O‘rta Osiyo diniy hayotida Nizomiddin Xomushning tutgan o‘rni va roli», H.B. Abriyev «Amir Temur va temuriylar davrida me’moriy obidalarning bunyod etilishi (madrasa, masjid, xonaqo, hammom, sug‘orish inshootlari)» mavzularidagi nomzodlik dissertatsiyalari ustida ishlayaptilar.
“Tarixshunoslik va manbashunoslik” kafedrasi a’zolari 2002-2007 yillarda “O‘zbekistonda tarix fanini o‘rganishning yangi yo‘nalishlari va manbashunosligi” mavzusi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini bajargan bo‘lsalarlar, 2008-2013 yillarda «XIX-XX asrda va mustaqillik yillarida O‘zbekistonning madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy tarixi tarixshunosligi va manbashunosligi» mavzusi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini bajarmoqdalar. Kafedradagi ilmiy tadqiqot mavzularining muhim dolzarbligi shundan iboratkim, uni tarix fani o‘qitilishi jarayonida bevosita amaliyotda qo‘llash ham yuz beradi. Ya’ni tadqiqot mavzusi bakalavr va magistrlar uchun maxsus kurslarda o‘qitiladi. 
Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘quv-pedagogik, muzey va arxiv amaliyotlariga rahbarlik qilishmoqda va talabalarga chuqur bilim berish, ularni har tomonlama yetuk mutaxassis qilib tayyorlashni o‘zlarining asosiy burchi ekanligini his etgan holda, faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Malakaviy amaliyot ob’ektlari belgalangan. «Tarixshunoslik va manbashunoslik» kafedrasi bu ishni Samarqand shahridagi Viloyat Davlat muzeylari, Viloyat arxivida o‘tkazib keladi. Bu haqda tegishli kelishuvlar yo‘lga qo‘yilgan. Ta’lim jarayonini to‘la ta’minlashga kafedraning ilmiy salohiyati yetarli va bu yo‘nalishda O‘zRFA Sharqshunoslik ilmiy tadqiqot instituti bilan shartnoma tuzilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari reja asosida kasbiy malakalarini oshirib, qayta tayyorlash kurslarini o‘tab, faoliyat yuritib kelmoqdalar.
Ayni damda kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilarning o‘rtacha yoshi 63 ni tashkil qiladi. Shu sababli, kafedra ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlashga katta e’tibor bermoqda. 
Ma’naviy-ma’rifiy sohada kafedra professor-o‘qituvchilari induvidual tuzilgan va tasdiqlangan reja asosida ish olib borib, yoshlarni fidoyi qilib tarbiyalashga katta e’tibor beradilar. Talabalar bilan doimiy uchrashib mustaqillik to‘g‘risida, inson qadriyatlari, ota-ona hurmati, milliy urf-odatlar to‘g‘risida davra suhbatlarini talabalar uylarida, mahallalarda tashkil qiladilar.
Kafedramizning professor-o‘qituvchilari ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan talablarni bajarishda bundan keyin ham faol ishtirok etishadi

Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari

Bakalavr

  • Tarix o’qitish metodikasi
  • Manbashunoslik va tarixshunoslik
  • Tarix falsafasi va metodologiyasi
  • Fan va texnika tarixi
  • Muzeyshunoslik va arxivshunoslik
  • O’rta Osiyo memoriy yodgorliklari
  • Vatanimiz tarixini o’rganishning moddiy manbalari
  • O’zbekiston va Jahon sanati manbashunosligi
  • I.A.Karimov asarlari mustaqil O’zbekiston tarixini o’rganishda manba sifatida

Magistratura

  • Tarixiy tadqiqot usullari
  • Osiyo va Yevropa tarixiga oid yozma manbalar
  • Tarixiy xujjatshunoslik
  • Xorijiy mamlakatlar tarixshunosligi
  • Poligrafiya va matnshunoslik asoslari
  • Mutaxassislikning nazariy masalalari
  • Turkiston kolonial davri manbashunosligi
  • Turkiston general gubernatorligi Mahkamasi ish yuritish manbashunosligi
  • Rossiya va O’rta Osiyo xonliklari o’rtasida savdo-diplomatik alaqalar manbashunosligi
  • Prezident asarlari yangi davr tarixini o’rganishda manba