Kafedra mudiri

Mirzayev Ibodulla Kamolovich

  •  Qabul vaqti: Dushanba, chorshanba, shanba 09:00 dan 14:00 gacha
  •  Telefon: +998 66-239-10-73
  •  Elektron pochta: m-ibodulla@samdu.uz

Biografiya

1946 - yil Surxondaryo viloyati Jarqo’rg’on tumanida tug’ilgan;

1962-1967 yillar Samarqand davlat universiteti talabasi;

1967-1968 yillar Harbiy xizmatda;

1969-1971 yillar  Samarqand davlat universiteti fransuz filologiyasi kafedrasi o’qituvchisi;

1971-1974 yillar Leningrad davlat universiteti romanva turkiy filologiya kafedrasi aspiranti;

1974-1975 yillar Samarqand davlat universiteti fransuz tili kafedrasi o’qituvchisi;

1975-1976 yillar Samarqand davlat universiteti nemis tili kafedrasi laboranti;

1976-1994 yillar Samarqand davlat universiteti fransuz filologiyasi kafedrasi o’qituvchisi, dosenti;

1994-1995 yillar Samarqand davlat chet tillari nstituti fransuz filologiyasi kafedra mudiri;

1995-1996 yillar Samarqand davlat universiteti fransuz tili grammatikasi kafedrasi professori, kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi, fransuz filologiyasi fakulteti dekani;

1996-2012 yillar Samarqand davlat universiteti amaliy tilshunoslik, o’zbek tili va adabiyoti o’qitish metodikasi kafedrasi mudiri;

2012-2015 yillar Samarqand davlat universiteti amaliy tilshunoslik, o’zbek tili va adabiyoti o’qitish metodikasi kafedrasi professori;

2015-2017 yillar Samarqand davlat universiteti o’zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori;

11.01.2017 yildan Samarqand davlat  universiteti o’zbek tili va adabiyotini o’qitish metodikasi kafedrasi  mudiri.

 

Kafedra o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi munosabati bilan 1990 yilning sentyabr oyida fakultetlararo o’zbektili va adabiyoti kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan, 2003 yilning iyun oyidan amalliy tilshunoslik, o’zbek tili va adabiyoti o’qitish metodikasi kafedrasi nomi bilan yuritila boshlangan, 2015 yilning sentyabr oyida o’zbek adabiyoti tarixi va hozirgi o’zbek adabiyoti kaferdralari bilan birlashtirilib yuborilgan, 2017 yilning yanvar oyida o’zbek tili va adabiyoti o’qitish metodikasi nomi bilan qayta tiklangan. Kafedraga prof. N.Rajabov (1990-1995), prof. I.Mirzayev (2005-2013), dosent B.Muhiddinova (2013-2016) rahbarlik qilgan. 2017 yilning yanvar oyidan kafedraga yana prof I.Mirzayev mudirlik qila boshladi.

O’tgandavr mobaynida kafedra professor-o’qituvchilari soni ortdi, o’qitiladigan fanlar soni ko’paydi, faoliyat turi kengaydi. Ayni paytda kafedra professor-o’qituvchilari barcha fakultetlarning birinchi kurs rus va tojik guruhlari talabalariga “O’zbek tili”, uchinchi kurs o’zbek, rus va tojik guruhlari talabalariga “Terminologiya va davlat tilida ish yuritish asoslari”, “O’qituvchining nutq madaniyati”, qolgan mutaxassislik fanlari va tanlanma kurslarni filologiya fakultetining o’zbek filologiyasi yo’nalishi ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi kurs talabalariga o’tib kelishmoqda. Kafedrada fanlardan tuzilgan o’quv dasturlari, ish rejalari, texnologik xaritalarga tayanib, yangi innovasion pedagogik texnologiyalarga asoslangan o’quv qo’llanmalari, darslik, uslubiy qo’llanma va ularning elektron versiyalarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Markaziy nashriyotlarda chop etilgan “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosi va imlosi” (Boltayev M., Toshkent, O’qituvchi, 2003), “O’zbek tili” (Mirzayev I., Boltayev M., Toshkent, Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004), “O’qituvchining nutq madaniyati” (Elmurodov N., Toshkent, 2005) kabi darslik va o’quv qullanmalari respublikamiz talaba-yoshlari tomonidan o’qib-o’rganilmoqda.

Kafedra olimlari ta’lim va tarbiyaning uzviyligini ta’minlashga qaratilgan mavzular bo’yicha ilmiy kuzatishlarni amalga oshirish bilan birqatorda, filologiya  ilmining ko’plab dolzarb mavzulari ustida ham chuqur izlanishlar olib borishmoqda. Shuningdek, kafedra a’zolarining aksariyati o’zlarining ilmiy-tadqiqot ishlarini “Matn lingvistikasi va poetikasi”, “O’zbek tili va adabiyoti o’qitish metodikasining dolzarb masalalari” mavzulari doirasida olib boryaptilar. Bu tadqiqotlarning natijalari fakultet olimlarining har yili nashr etiladigan “Til va adabiyot muammolari”, kafedraning “O’zbek filologiyasi masalalari”, “Filologiya” seriyasida chop etib kelinayotgan ilmiy maqolalar to’plamlari, “So’z” ilmiy-amaliy seminarining materiallari va boshqa turli ilmiy anjumanlar materiallari to’plamlarida e’lon qilib borilmoqda.  Kafedra tashabbusi bilan shu yillar ichida oltita xalqaro va respublika ilmiy anjumanlar o’tkazildi.

Kafedra qoshida tarjima laboratoriyasi faoliyat ko’rsatadi. Professor I.K.Mirzayevning bevosita tashabbusi va sa’y harakatlari bilan akademiklar. Ye.Bertels, Yu.M.Lotman, L.V.Shcherba, professorlar F. do’ Sossyur, Boduyendo’ Kurtene, V.Kudryavsev, A.Bogorodiskiy, S.Karsevskiy, S.Ivanov, V.Gak, L.Blumfild, V.Humbolt va boshqalarning ilmiy asarlari o’zbek tiliga mahorat bilan tarjimaqilindi. 

Kafedra qoshida o’zbek tili va adabiyoti o’qitish metodikasi bo’yicha magistratura faoliyat ko’rsatadi.

Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari

Bakalavriat ta’lim yo’nalishi o’quv rejasi

Magistratura mutaxassisligi o’quv rejasi