Samarqand davlat universiteti

 o‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi mudiri

                                                                                                       

O‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi a’zolari

 

Xadjayev Djurakul Xadjayevich

xadjayevjoraqul38@gmail.com     

Biologiya fanlari doktori, professor. SamDU o‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasida 1963-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1968-yilda “Gʻo‘zaning sovuqqa chidamligiga mikroelementlarning ta’siri” mavzusida nomzodlik, 1985-yilda “Gʻo‘zaning sovuqqa, qurg‘oqchilikka, issiqlikka chidamliligi va hosildorligiga mikroelementlar ta’sirining fiziologik asoslari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Djurakul Xadjayev faoliyati davomida 1 monografiya, 14 o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar,  1 darslik va 250 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Olim bugunga qadar 3 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan.

https://www.sumc.lt/index.php/se/article/view/1951

 

 

Kabulova Flora Djabbarovna

f_kabulova@mail.ru

Biologiya fanlari nomzodi, dotsent. SamDU o‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasida 1983-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1981-yilda “Формовое разнообразие и некоторые биологические особенности облепихи крушиновидной в долине реки Зарафшан” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
F.Kabulova faoliyati davomida 2 monografiya, 4 o‘quv, 4 amaliy va 20 ortiq uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 10 nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalarini e’lon qilgan. Umumiy chop etilgan ishlari 160 ta.
Faoliyati davomida 10 dan ortiq xalqaro va respublika grantlarini bajarilishida ishtirok etgan. 

link

Jurayeva Zuxra Djurakulovna

zjorayeva66@gmail.com

Qishloq xo‘jaligi fanlar nomzodi,  dotsent. SamDU o‘simliklar fiziologiyasi  mikrobiologiya   kafedrasida 1993-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2002-yilda “Zarafshon vodiysiga yaqin yerlarda grechixa yetishtirishning biotexnologik asoslari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2006-yilda dotsentlik unvonini olgan va hozirga qadar shu kafedra dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.

Zuxra Jurayeva faoliyati davomida 85 respublika va xorijiy ilmiy nashrlarda maqolalar, 3 o‘quv, 8 uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, bugunga qadar 2  Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan .

https://scholar.google.com/citations?hl=ru&user=Qo2TfLEAAAAJ

Atayeva  Shoxira   

atayeva  shoxira@gmail.com

Kafedra assistenti.  SamDU o‘simliklar fiziologiyasi  mikrobiologiya   kafedrasida 1975-yildan buyon faoliyat yuritib keladi.

Shoxira Atayeva  faoliyati davomida,  3 o‘quv, 8 uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, olima bugunga qadar 2 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan. 10 ga yaqin xorijiy jurnallarda 50 dan ortiq ilmiy ishlar e’lon qilgan.

https://sciendo.com/article/10.2478/eko-2022-0033

 

Keldiyorova Xurshida Xudoyorovna

khurshidakel@gmail.com

Qishloq xo‘jaligi fanlar nomzodi,  dotsent. SamDU o‘simliklar fiziologiyasi  mikrobiologiya   kafedrasida 2001-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2004-yilda “Zarafshon vodiysida kuzgi bug‘doyning qishga chidamliligi va hosildorligiga ekish muddatlarining ta’siri“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2008-yilda dotsentlik unvonini olgan va hozirga qadar shu kafedra dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.

Xurshida Keldiyorova faoliyati davomida 80 respublika va xorijiy ilmiy nashrlarda maqolalar, 4 o‘quv, 8 uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, bugunga qadar 3  Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan.

https://journalppw.com/index.php/jpsp/article/view/10042

 

Qo‘shboqov Abdubakir Usmon o‘g‘li

qabdubakir@mail.ru

Kafedra assistenti.  SamDU o‘simliklar fiziologiyasi  mikrobiologiya   kafedrasida 2021-yildan buyon faoliyat yuritib keladi.

Bugunga qadar 2 respublika jurnallarida maqolalar e’lon qilgan 3 xorijiy va 4 mahalliy konferensiyalarda tezislar va boshqa turdagi  10 dan ortiq ilmiy ishlar e’lon qilgan.

https://www.researchgate.net/profile/Abdubakir-Kushbokov

O‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi haqida

 

Samarqand davlat universiteti o‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi  1929-1937-yillar Oliy pedagogika instituti (1927-1930) Oliy Pedagogika akademiyasi (1930-1933), O‘zbekiston davlat universiteti tarkibida o‘simliklar fiziologiyasi kafedrasi nomi bilan  tashkil topdi. 1944-yilda O‘zDU tiklangach o‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi sifatida faoliyat ko‘rsatdi. 1977-1987-yillarda o‘simliklar sistematikasi kafedrasi bilan qo‘shilib o‘simliklar sistematikasi va fiziologiyasi kafedrasi nomi bilan yuritildi. 1987-2005-yillarda yana o‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi nomi bilan ataldi. 2006-2018-yillarda botanika kafedrasi bilan qo‘shilib botanika va o‘simliklar fiziologiyasi kafedrasi, 2018-yil sentabrdan boshlab hozirga qadar o‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya  nomi bilan faoliyat ko‘rsatmoqda.

Samarqand davlat universitetida 1929-yildan boshlab hozirgi kungacha o‘simliklar fiziologiyasi sohasida ilmiy tadqiqot ishlari bajarilmoqda. Dastlabki-yillarda (1929-1341) kafedra mudirlari prof.Tixomirov, prof. A.Fashyevskiy va dotsent P.Marsakovalar asosiy e’tiborni oliy ma’lumotli fiziolog kadrlar tayyorlashga qaratdilar. Bu kafedrani birinchi bo‘lib, 1936-yilda 8 kishi: Ataullayev, N.Gafarov, B.Abayeva, Raskevich S.Danilova, Frolova, P. Deynenko va U.Sultonovlar tugatdi. Ular turli institutlarda ilmiy ishlarni davom ettirdilar. Bulardan professor N.Ataullayev va dotsent B.Gafarov  Samarqand qishloq xo‘jaligi intitutida umrining oxirigacha ilmiy faoliyat va ta’lim-tarbiya sohasida tinimsiz xizmat qildilar.

Ushbu kafedrada bugungi kunda 2 nafar fan doktori, professor, 2 nafar fan doktori va 4 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 2  nafar PhD, dotsentlar va 2 nafar assistent o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Kafedra  a’zolari O‘zMU, GulDU, BuxDU, AnDU, FarDU, QarDU, TerDU Navoiy va Jizzax OTMlari va respublikadagi  boshqa  oliy o‘quv yurtlaridagi turdosh kafedralar, O‘zFA qoshidagi Botanika instituti, Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, Mikrobiologiya instituti, Akademik S.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti, Akademik M.Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instiutitlari hamda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand ilmiy tajriba stansiyasi, Sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand tajriba stansiyasi, Zarafshon milliy tabiat bog‘i kabi tashkilotlar olimlari bilan ilmiy ishlar olib bormoqdalar.

Shuningdek, kafedra a’zolari  Islandiya qishloq xo‘jaligi universiteti, Rossiya federasiyasining “Всероссийский научно-исследивательский институт селекции плодовых культур”, Bashkeriya davlat universiteti, Amerika qo‘shma shtatlarining Yuta davlat universiteti (Utah State University), Vengriyaning Seged universiteti (Szeged University), Vengriyaning Ekologiya va botanika instituti (Institute of Ecology and Botany), Amerika qo‘shma shtatlarining Nevada univerisiteti (University of Nevada), Italiyaning Bolonya universiteti, Germaniyaning Berlin va Gumboldt universitetlari va boshqa xorijlik mutaxassis olimlar bilan yaqin aloqalar olib bormoqda. 
Hozirda kafedrada Bashkeriya davlat universiteti professori Ishmuratova Mayya Munirovna,  Barselona universiyeti professori Araus Ortega, Vengriyaning Seged universiteti professori Ferens Lantoshlar faoliyat yuritmoqda.
Kafedra qoshida 2018-yildan “O‘simliklar fiziologiyasi” nomli talabalar ilmiy to‘garagi ham faoliyat yuritadi. Kafedraning iqtidorli talabalari turli xil respublika tanlovida ishtirok etib kelmoqda. Kafedra bitiruvchilari orasida Prezident, atoqli arboblar nomidagi stipendiyalar sohiblari va respublika miqyosidagi olimpiadialar g‘oliblari yetishib chiqqan.

Kafedra o‘qituvchilari tomonidan bugungi kunga qadar 60 dan ortiq darslik,  o‘quv qo‘llanma, uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar  yaratilgan. Shuningdek, 10 dan ortiq monografiya, 20 ga yaqin tavsiyanoma, 10 ga yaqin mualliflik guvohnomalari, 1000 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr etganlar.

 

Kafedrada bugungi kunda “Samarqand viloyati sharoitida yetishtirilayotgan, introdutsiyalanayotgan hamda yaylov o‘simliklarining fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari (2021-2025 yy.)” mavzusi yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

O‘tgan-yillar mobaynida 1000 dan ortiq oliy ma’lumotli fiziologlar tayyorlandi. 70 nafar fan nomzodi, 14 nafar fan doktori – professorlar yetishib chiqqan.

Kafedradan yetishib chiqqan taniqli olimlar:

Akademik J.K.Saidov (1914-1994) – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.

Professor N.A. Ataullayev (1916-1981) – Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti professori.

Professor B.X.Gafarov (1919-1984) – Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti professori.

 Dotsent S.S. Abayeva (1916-2008) – Samarqand davlat universiteti tashkilotchilaridan biri, o‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi mudiri va O‘zbekistonda o‘simliklar fiziologiyasi maktabining asoschilaridan hisoblanadi.

 

Kafedrada o‘qitiladigan fan dasturlari
Bakalavr
• Mikrobiologiya va virusologiya
• Umumiy mikrobiologiya
• O‘simliklar fiziologiyasi
• O‘simliklarning fiziologik jarayonlari
• O‘simliklar ekofiziologiyasi
• Umumiy biologiyani o‘qitish metodikasi (10-11 sinflar)
• Fitogormonlar
• O‘simliklar fiziologiyasi tadqiqot usullari
• Madaniy o‘simliklarni yetishtirish
• Tuproqshunoslik va o‘simlikshunoslik
Magistratura
• Stress omillar ta’siriga o‘simliklarning chidamliligi
• O‘simliklarning biologik faol moddalari
• Gʻo‘za fiziologiyasi va biokimyosi
• Bug‘doy fiziologiyasi va biokimyosi
• O‘simliklarning fotosintez va nafas olish fiziologiyasi
• O‘simliklarning mineral oziqlanish fiziologiyasi
• O‘simliklar o‘sishi va rivojlanishining biofiziologik asoslari

Kafedra hayotidan fotolavhalar