Samarqand davlat universiteti

noorganik kimyo materialshunoslik kafedrasi mudiri
Abduraxmanov Ilxom Ergashboyevich

 +998979123085   ilkhom.abdurakhmanov85@mail.ru, abdurahmonov@samdu.uz  

     Kimyo fanlari doktori (DSc). Ilxom Abduraxmanov 2021-yilda “Metallooksid kompozitlar asosida zaharli va portlovchan gazlarni aniqlovchi kimyoviy sensorlar yaratish” mavzusida kimyo fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo’lgan. Faoliyati davomida 3 monografiya, 3 o’quv qo’llanma va 40 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi sanaladi. Shunindek, Scopus ва Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda  7, boshqa xalqaro jurnallarda 15 dan ortiq maqolalari nashr etilgan.

https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85145401567&origin=resultslist&sort=plf-f  

https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85145206928&origin=resultslist&sort=plf-f

https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85090654196&origin=resultslist&sort=plf-f

https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85086278838&origin=resultslist&sort=plf-f          

https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85086271504&origin=resultslist&sort=plf-f

https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85086263839&origin=resultslist&sort=plf-f

 

Noorganik kimyo materialshunoslik kafedrasi a’zolari

 

Nasimov Abdullo Murodovich

 a.nasimov2019@gmail.com

Abdullo Nasimov - "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi",  texnika fanlari doktori, professor.

Professor rahbarligida kafedrada kimyoviy sensorlar, Li ion baterialar uchun LiMnO4 shpinellar, kompleks birikmalar va vodorod saqlovchi materiallar sintezi uchun laboratoriyalar tashkil etilgan. 1987-yilda Beruniy nomidagi O‘zbekiston davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. 2005-yil IBS nominatsiyasi bo‘yicha ta’lim a’lochisi (Kembrij, Angliya), 2013-yil “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” unvonlari bilan taqdirlangan.

Fan va texnologiyalar qo‘mitasining 10 dan ortiq ilmiy grant va loyihalarini amalga oshirgan. Abdullo Nasimov 2 monografiya, 4 risola muallifi. 500 dan ortiq ilmiy maqola, 30 ga yaqin o‘quv-uslubiy adabiyotlari chop qilingan. 18 mualliflik guvohnomasi va patentlar sohibi.

  1. https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85085335174&origin=resultslist&sort=plf-f
  2. https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85085110596&origin=resultslist&sort=plf-f
  3. https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-23844493127&origin=resultslist&sort=plf-f
  4. https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-0035764657&origin=resultslist&sort=plf-f
  5. https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-33748913158&origin=resultslist&sort=plf-f

Aronbayev Dmitriy Markielovich

diron51@mail.ru

Samarqand davlat universiteti noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi dotsenti, kimyo fanlari nomzodi.  Rossiya Tabiiy fanlar Akademiyasi professori, “Mashhur olimlar” ensiklopediyasiga kiritilgan, xizmat ko‘rsatgan fan va ta’lim arbobi. 370 dan ortiq ilmiy nashrlar, shu jumladan 3 kitob, 12 oʻquv qoʻllanma muallifi. 140 ga yaqin jurnallarda maqolalar e’lon qilgan. 5 mualliflik guvohnomasi va 3 ixtiro va foydali model uchun patent sohibi, 1 Rossiya Federatsiyasi patenti (ROSPATENT) muallifi.

Scopus ва Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari:

1.https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85134304318&origin=resultslist&sort=plf-f

2.https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-0028252194&origin=resultslist&sort=plf-f

3.https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-0025154606&origin=resultslist&sort=plf-f

4.https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-0025107265&origin=resultslist&sort=plf-f

5.https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-0023418923&origin=resultslist&sort=plf-f

6.https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-0023407918&origin=resultslist&sort=plf-f

Norqulov Uchqun Munavvarovich

uchkunnorkulov@gmail.com

Uchqun Norqulov kimyo fanlari nomzodi. 1994-yilda “Vodorod va metanni termokatalitik usulda avtomatik aniqlash” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

2021-yil Hindiston ilmiy jurnalida, 2023-yildan “For editorial board member of Eurasian journal of medical and natural sciences for the subject of chemistry” jurnalida tahrir kengash a’zosi sifatida faoliyat olib boradi. Faoliyati davomida 3  maqolasi xalqaro Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan.

1. https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-5644257261&origin=resultslist&sort=plf-f

2.https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-3242710210&origin=resultslist&sort=plf-f

3.https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-0042031218&origin=resultslist&sort=plf-f

Nasimov Hasan Murodovich

nasimovxasan7@gmail.com

SamDU noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi dotsenti. 1993-yildan Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib keladi. 1993-yil “Yuqori sezgirli vodorodning mikrokonsetratsiyasini havoda va inert nuqta aniqlovchi iyaonizatsion usulda sensor yaratish” mavzusida nomzodlik  dissertatsiyasini himoya qilgan. Hozirgi  vaqtgacha 10 ga yaqin o‘quv va o'quv uslubiy qo’llanmalar muallifi. Faoliyati 5 ta patent qo‘lga kiritgan. 150 dan ortiq  maqolalar chop etgan.

link

Tashpulatov Xurshid Shukurovich

t-xurshid@samdu.uz

Kimyo fanlari nomzodi, dotsent. 2012-yil “Gazli muhitda karbonat angidridni aniqlovchi selektiv usullar va sensorlar yaratish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Xurshid Tashpulatov 30 ilmiy maqola va 40 ga yaqin tezislar, shuningdek, 3  o’quv qo’llanma chop ettirgan.  Kimyo yo’nalishi magistrantlari uchun “Organik spektroskopiya” nomli qo’llanmani ingliz tilidan tarjima qilgan.

1.https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85085335174&origin=resultslist&sort=plf-f

2.https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85085110596&origin=resultslist&sort=plf-f 

Aronbayev Sergey Dmitrievich

aronbaev85@gmail.com

Kimyo fanlari doktori, professori. Rossiya Tabiiy fanlar Akademiyasi akademigi. Shu kunga qadar olimning 310 dan ortiq ilmiy ishlari e’lon qilingan. Germaniya va Rossiyada chop etilgan 2 monografiya, xalqaro va milliy jurnallarda 100 dan ortiq maqolalar, 8 darslik, 5 ixtiro, foydali modellar, kompyuter dasturlari uchun patentlar muallifi. Olim "Universum: kimyo va biologiya" (RF) jurnali tahririyati a'zosi.

Scopus va Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari:

1.https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85134304318&origin=resultslist&sort=plf-f

2.https://www.europe-science.com/wp-content/uploads/2021/12/Sciences-of-Europe-No-84-2021-Vol.-1.pdf

3.https://cyberleninka.ru/article/n/optimization-of-indophenol-complex-formation-conditions-for-spectrophotometric-determination-of-ammonium-ions/viewer

4.https://ppublishing.org/archive/publication/347-modified-carbon-containing-electrodes-in-elect

5.DOI: http://dx.doi.org/10.20534/AJT-17-1.2-121-123

 

 

Kurbanova Dilorom Asadovna

diloromkurbanova@samdu.uz

SamDU noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi assistenti. 2019-yildan boshlab noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda.

Dilorom Kurbanova 1 o’quv qo’llanma muallifi. Shu kunga qadar 10 dan ortiq xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar e’lon qilgan.

Mamatov Asliddin Sayitmurodovich

mamatov@samdu.uz

SamDU noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi assistenti. 2018-yildan boshlab noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirgi kunda “Zol-gel texnologiya usulida urug’larni tashqi muhit ta’siridan asrovchi qoplama yaratish va uning xossalarini o’rganish”  mavzusida ilmiy tadqiqot olib boradi. Shu kunga qadar jami 10 dan ziyod ilmiy ishlari nashr etilgan. Jumladan, Scopus bazasi tarkibiga kiruvchi jurnallarda 1 maqolasi e’lon qilingan.

link

Buvrayev Erali Ravshanovich

buvraev@samdu.uz

Samarqand davlat universiteti noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi assistenti. 2016-yildan boshlab SamDU noorganik kimyo va materialshunoslik kafadrasida faoliyat ko’rsatib keladi. “3d metallarning vitaminlar va aminokislotalar ishtirokidagi aralashligandli kompleks birikmalari sintezi, tadqiqoti, xossalari” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda.

Erali Buvrayev tamonidan 1 o’quv qo’llanma va 25 dan ziyod ilmiy ishlar nashr etilgan. Jumladan Scopus bazasi tarkibiga kiruvchi jurnallarda 1 va boshqa nashrlarda 5 dan ortiq maqolalari e’lon qilingan.

link

Toshpulatov Doston Tolmas o’g’li

dostontoshpulatov7707@gmail.com

Samarqand davlat universiteti noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi assistenti. “3d-metallarning gomoleptik va geteroleptik kompleks birikmalari sintezi va fotokimyoviy tadqiqoti” mavzusida ilmiy tadqiqot olib boradi.

Doston Toshpulatov 1 o’quv-uslubiy qo’llanma muallifi. 30 dan ziyod ilmiy ishlari nashr etilgan. Jumladan, Scopus bazasi tarkibiga kiruvchi jurnallarda 1 va boshqa nashrlarda 4 dan ortiq maqolalari mavjud.

link

Abilkosimova Gulnoza Muxiddinovna

gulnoza@samdu.uz

Samarqand davlat universiteti noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi assistenti. 2016-yildan buyon noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasida faoliyat ko‘rsatib keladi. Hozirgi kunda “Nanostrukturali magnetit asosida kompozit smart materiallarni sintez qilish va o'rganish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Gulnoza Abilkosimova muallifligida 10 dan ziyod ilmiy ishlar nashr etilgan

Isaqulova Marxabo Nemat qizi

isaqulovamarxabo@gmail.com

Samarqand davlat universiteti noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi assistenti. 2018-yildan boshlab SamDU noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasida faoliyat yuritadi. “Zol-gel texnologiyasi asosida anorganik materiallar olish va ularni kimyoviy sensorlarda ishlatish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. 

Marxabo Isaqulova shu kunga qadar jami 15 dan ziyod ilmiy ishlar nashr ettirgan. Jumladan  3 o’quv qo‘llanma, 2 uslubiy qo‘llanma muallifi. 10 dan ortiq ilmiy ishlari nufuzli xalqaro va respublika jurnallarida e’lon qilingan. 

https://urlis.net/8gmhqjnd

https://urlis.net/5ern5z8f

https://urlis.net/b04tyuiz

https://urlis.net/oy6hmb9u

https://urlis.net/k9x7kxaq

 

Mirzayev Sherzodbek Eshbek o’g’li

 mirzayevsherzodbek877@mail.ru

Samarqand davlat universiteti noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi assistenti. 2018-yildan boshlab SamDU noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasida faoliyat yuritadi. “Yarimo’tgazkichli metall oksidlar asosida nanotuzilishli materiallarni sintez qilish va ularning fizik-kimyoviy tadqiqoti” mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. 

Sherzodbek Mirzayev tomonidan 40 dan ortiq ilmiy ishlar nashr qilingan.

 1.https://urlis.net/gdf7qzcz

 2.https://urlis.net/jr770kde

Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi

 

Samarqand davlat universiteti tashkil qilingan kundan boshlab umumiy kimyo kafedrasi faoliyat ko’rsata boshlagan. Kafedra  1927-28-yillarda tashkil etilgan. 1928-yildan 1944-yilgacha professor L.Parfentev, 1944-yildan 1964-yilgacha dotsent Rashid Ibodulin, 1965-yildan 1970-yilgacha Mixail Abramov, 1970-yildan 1985-yilgacha Temur Hamroqulov, 1985-yildan 1995-yilgacha Eson Lutfullayev, 1995-yildan 2004-yilgacha Ziyadulla Normuradov, 2004-yildan 2013-yilgacha Abdullo Nasimov, 2014-yildan 2017-yilgacha Sanjar Tillayev, 2018-yildan 2020-yilgacha Ziyadulla Normuradovlar rahbarlik qilgan. Kafedraga 2021-yildan boshlab k.f.d. (DSc) I.Abduraxmanov mudirlik qilmoqda.

2022-yil noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasida 11 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Hozirgi kunda kafedrada 3 nafar fan doktori, jumladan 2 ta professor, 4 nafar fan nomzodi  dotsentlar, 4 ta assistentlar faoliyat olib bormoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 64 % ni tashkil etadi.

Kafedrada “Koordinatsion birikmalar kimyosi”, “Umumiy va noorganik kimyo”,  va “Учебно-экспериментальная лаборатория «ЭСиП» экологические системы и приборы” maxsus laboratoriyalari mavjud. Kafedra professor-o’qituvchilari “Noorganik moddalar – koordinatsion birikmalar sintezi, tuzilishi, reaksiyaga kirishish qobiliyati va ularning ekosistema diagnostikasi uchun ishlatilishini tatbiq qilish” va “Turli xil kimyoviy analiz usullarini yaratish asosida atrof-muhitning holatini avtomatik nazoratini amalga oshirish yo‘li bilan ekoanalitik monitoringni sistemasini ishlab chiqish”   mavzularida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Kafedra mamlakatimiz sanoat korxonalari va tibbiyot muassasalari, oliy o’quv yurtlari, akademik litsey, kollej va o’rta maktablar uchun yuqori malakali kimyogarlar yetishtirib bermoqda.

Kafedrada professor-o’qituvchilarining sermahsul ijodi natijasida 5 ta darslik, 24 ta o’quv qo’llanma, 130 dan ortiq o’quv–uslubiy qo’llanmalar va tavsiyalar tayyorlanib chop etilgan.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan bugungi kunda bir nechta davlat grantlari va xo’jalik shartnomalari bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Kafedrada 02.00.01-Noorganik  kimyo ixtisosligi bo’yicha tayanch doktorantura faoliyat ko’rsatmoqda.

Kafedramizning professor-o’qituvchilar jamoasi Umumiy va noorganik kimyo inistituti, O’zRFA S.Yunusov nomidagi “O’simlik moddalari kimyosi” instituti, O. Sodiqov nomidagi “Bioorganik kimyo” institutlari va dunyoning yetakchi universitetlari hisoblangan Lill universiteti (Fransiya), Texas A&M universiteti (AQSh), Jodpurdagi Texnologiya instituti (Hindiston) va Kavkaz universiteti (Turkiya), M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Tojikiston milliy universiteti, Al-Forobiy nomidagi Qozog’iston milliy universiteti hamda Yevroosiyo milliy universiteti professor o’qituvchilari bilan o’zaro samarali hamkorlik aloqalari o’rnatilgan.

Kafedrada o’qitiladigan fan o’quv dasturlari

Bakalavr yo’nalishi

  • Kimyo
  • Kimyo asoslari
  • Kimyo tarixi
  • Umumiy kimyo
  • Noorganik kimyo
  • Koordinatsion birikmalar kimyosi
  • Kristallokimyo
  • Metallurgiya asoslari
  • Kompozit materiallar kimyosi
  • Materiallar tarkibi va strukturasini  o’rganish
  • Noorganik materiallar kimyosi
  • Materiallar  va qotishmalar kimyosi
  • Kimyo o’qitish metodikasi
  • Kimyodan masalalar yechish metodikasi

Magistratura yo’nalishi

  • Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi
  • t.f. Noorganik materialshunoslik
  • t.f. Zamonaviy noorganik kimyo
  • t.f. Zamonaviy koordinasion kimyo
  • t.f.Bionorganik kimyoning dolzarb muammolari

Kafedra hayotidan fotolavhalar