Samarqand davlat universiteti matematik fizika va funksional analiz kafedrasi mudiri

fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik
Laqayev Saidahmat Norjigitovich

+99897 780 65 36  laqayev_saidaxmad@samdu.uz

Saidahmat Laqayev “Do‘stlik” ordeni sohibi, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik. 1978-yildan buyon Samarqand davlat universiteti funksional analiz kafedrasida turli lavozimlarda faoliyat yuritib keladi. U 1981 va 1992-yillarda matematik analiz va matematik fizika ixtisosliklari bo‘yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini Moskva va Sankt-Peterburg universitetlarida himoya qildi. 1992-yildan professor. 1993-yilda xalqaro Soros jamg‘armasi granti sovrindori. 1994-yilda Nyu-York fanlar akademiyasi va AQSH matematiklar jamiyati a’zosi. Saidahmat Laqayev 1985-1986 yillarda Praga shahri Karlov universitetida, 1996 va 2000-yillarda Germaniyaning DAAD fondi granti sovrindori sifatida Rur va Bonn universitetlarida, 1998 va 2001-yillarda  Italiyaning xalqaro nazariy fizika markazi (ICTP) va SISSA ilmiy markazlarida hamda Rim universitetida hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Saidahmat Laqayev 2000-2012 yillarda O‘zbekiston va Germaniyaning DFG 436 UZB 113/3, DFG 436 UZB 113/4, DFG 436 UZB 113/6, DFG 436 UZB113/7 raqamli grantlari rahbari sifatida shogirdlari hamda Bonn universiti professori Serjio Albeverio, Maynz universiteti professorlari Folker Bax va Valter Pedralar bilan birga Bonn va Maynz universitetlarida ilmiy tadqiqotlar olib bordi. 2012-yilda Malayziyaning Putra, Kebangsaan, Mara va Malayziya universitetlarida ilmiy ma’ruzalar o‘qidi. 2013-2014-yillarda AQSH Fulbrayt granti sovrindori sifatida 10 oy davomida  AQSHning Devis (Kaliforniya) va Kolumbiya (Missuri) universitetlarida ilmiy tadqiqotlar olib bordi va Kolumbiya (Missuri), Prinseton (N’yu-Jersi), Fullerton, Irvayn, Devis (Kaliforniya), Ana J.Mendez (Puerto-Riko) universitetlarida talabalar va olimlar uchun ilmiy ma’ruzalar o‘qidi.

Professor Saidahmat Laqayev 2017-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi haqiqiy a’zosi.

Akademik Saidahmat Laqayev chiziqli operatorlarning spektral nazariyasi va matematik fizika sohalarida xalqaro ilmiy hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan “Matematik analiz va uning zamonaviy matematik fizikaga tadbiqlari” ilmiy maktabni yaratgan taniqli olimdir. Olimning  70 dan ortiq maqolalari dunyoning nufuzli Scopus va Web of Science  bazalaridagi jurnallarida chop qilingan. Scopus  va Web of Science xalqaro ma’lumotlar bazalaridagi  Xirsh indeksi 14, iqtibosliklar soni 503 va 547. Shuningdek, 170 dan ortiq maqolalari Google Scholar xalqaro ma’lumotlar bazasi (Xirsh indeksi 26, ixtiboslar soni 1920) nashrlarida e’lon qilingan. Saidaxmat Laqayev rahbarligida 5 nafar fan doktori, 21 nafar fan nomzodi va falsafa doktori (PhD) tayyorlangan.

Akademik Saidahmat Laqayev  2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi “Do‘stlik” ordeni, 2022-yilda “O‘zbekiston Konstitutsiyasi 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlangan.

Olim chiziqli operatorlarning spektral nazariyasi va matematik fizika sohasiga umumlashgan Fridrixs modeli deb ataluvchi chiziqli operatorlar sinfini kiritdi va bu model hamda ikki va uch zarrachali sistemalar bog‘langan holatlari va rezonanslarini o‘rganishga Fredgolm determinanti va uni analitik davom ettirishni qo‘llash kabi yangi usulni ishlab chiqdi.  Dunyoning matematik-fizika sohasi olimlari Saidahmat Laqayevni panjaradagi ko‘p zarrachali sistemaga mos Shredinger operatorlarining qat’iy matematik nazariyasini yaratgan olim sifatida taniydilar: Akademikning o‘tkir matematik intuisiyasi va chuqur analitik bilimi unga, fanda birinchi bo‘lib, uch o‘lchamli panjarada uchta bir xil zarrachali sistema uchun Yefimov effekti (hodisasi) mavjudligini isbotlash va Yefimov effekti mavjud bo‘ladigan sistema kvaziimpulslari sirtini ajratishdek noyob va nozik natijani qo‘lga kiritishga imkoniyat yaratdi. Olim panjaradagi ikki zarrachali sistema Shredinger operatorlari uchun sistema kvaziimpulsiga bog‘lik bo‘lgan yangi bo‘sag‘a effekti (hodisasi)ni  aniqla-di va bu hodisa keng sinf zarrachalar sistemalari uchun (hamkorlikda) isbotlandi. Olimning doktorlik dissertasiyasi muhim natijalardan biri uch o‘lchamli panjarada uchta ixtiyoriy zarrachalar sistemasi uchun uzluksiz holda uchramaydigan, Yefimov effektiga o‘xshash, yangi effekt (hodisa)ning kashf qilinishidir.Akademik tomonidan, fanga, maktab darsliklarida ham bayon qilinishi mumkin bo‘lgan, yangi L-juft va L-toq funksiyalar tushunchalari kiritildi va ulardan panjaradagi ikki va uch zarrachali sistemalarni o‘rganishda keng foydalanilmoqda.

Saidahmad Laqayevning Scopus va Web of Science bazalari nashrlarida e’lon qilingan maqolalari:

https://doi.org/10.1007/s00023-004-0181-9

https://doi.org/10.1007/s00220-005-1454-y

https://link.springer.com/article/10.1007/s10955-006-9240-6

http://mfat.imath.kiev.ua/article/?id=368http

https://arxiv.org/abs/math-ph/0508029

https://doi.org/10.4213/faa139

https://onlinelibrary.wiley.com/doi/abs/10.1002/mana.200410509

https://link.springer.com/article/10.1023/A:1022980112256

https://link.springer.com/article/10.1023/A:1024087105686

https://www.mathnet.ru/eng/tmf5849

https://www.mathnet.ru/eng/tmf/v89/i1/p94

https://link.springer.com/article/10.1007/BF01097277

https://www.mathnet.ru/rus/tmf197

https://doi.org/10.4213/tmf197

https://www.mathnet.ru/rus/tmf/v135/i3/p478

https://link.springer.com/article/10.1023/A:1025061820767

https://link.springer.com/article/10.1007/BF01019829

https://link.springer.com/article/10.1023/A:1022980112256

https://www.mathnet.ru/rus/tmf1286

https://www.mathnet.ru/rus/tmf/v103/i1/p54

https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0034487709000172

https://link.springer.com/article/10.1007/BF01097277

https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S0022247X06009115

https://arxiv.org/abs/2007.04035

https://link.springer.com/article/10.1134/S1995080221060172

https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S0022247X22003778

https://www.elibrary.ru/item.asp?id=50104455

https://doi.org/10.48550/arXiv.2007.04035

https://doi.org/10.1134/S199508022206018X

 

                                                                            Matematik fizika va funksional analiz kafedrasi a’zolari

 

 

 

 

 

 

Sattorov Ermamat Norqulovich

sattarov_ermamat@samdu.uz

Fizika-matematika fanlari doktori, dotsent. SamDU matematik fizika va funksional analiz kafedrasida 1992-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2018-yilda “Birinchi tartibli elliptik tenglamalar sistemasi uchun Koshi masalasi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi (DSc)ni muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Ermamat Sattorov faoliyati davomida 2 o‘quv qo‘llanma, 10 uslubiy qo‘llanma chop ettirgan. Respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda 40 ga yaqin, ilmiy to‘plam va konferensiya materiallarida 135 maqolasi nashr etilgan. Shundan 12 tasi Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan.

   http://www.mathnet.ru/rus/person29952

DOI: https://doi.org/10.1023/A:1024788607969

DOI: https://doi.org/10.1134/S0001434609090156

DOI: https://doi.org/10.4213/mzm8503

DOI: https://doi.org/10.4213/mzm4137

DOI: https://doi.org/10.1134/S0001434609050149

DOI: https://doi.org/10.3103/S1066369X11010075

DOI: https://doi.org/10.22363/2413-3639-2019- 65-1-95-108

DOI: https://doi.org/10.4213/mzm11103

DOI: https://doi.org/10.1134/S000143462109008X

DOI: https://doi.org/10.26907/0021-3446-2021-2-27-43

DOI: https://doi.org/10.3103/S1066369X21020031

https://mathscinet.ams.org/mathscinet/MRAuthorID/722947

 

Maxmudov Olimjan Ishankulovich

olimjon@samdu.uz

Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. SamDU matematik-fizika va funksional analiz kafedrasida 1990-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2005-2018-yillar mobaynida 6 marta Germaniyaning DAAD stipendiyasi sovrindori. “Umumlashgan elliptik tenglamalar sistemalari yechimini analitik davom ettirish masalalari” doktorlik dissertatsiyasi mavzusi asosida ilmiy tadqiqot olib boradi.

Olimjan  Maxmudov 20 xalqaro va respublika konferensiyalarda, 20 OAK huzuridagi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan. Faoliyati davomida 2 metodik ko‘rsatma, 200 ga yaqin ilmiy maqolalar nashr ettirgan. Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda 37 ta maqolalari e’lon qilingan.

https://doi.org/10.1080/17476933.2019.1704279

https://doi.org/10.1134/S0012266121050104

https://doi.org/10.1134/S0012266120090037

Niyozov Iqbol Ergashevich

niyozov_iqboln@samdu.uz

Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. SamDU matematika fakulteti, matematik fizika va funksional analiz kafedrasida 1995-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1996-yilda “Elastiklik nazariyasi sistemasi uchun tekislikda Еoshi masalasi” mavzusida nomzodlik  dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Iqbol Niyozov 1 xalqaro jurnalda tahririyat a’zosi. Faoliyati davomida 4 o‘quv qo‘llanma, 90 ilmiy maqolalar nashr ettirgan. Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda 20 maqolasi e’lon qilingan.

https://doi.org/10.1134/S0012266121050104

https://doi.org/10.1134/S0012266120090037

 

 

 

 

Xurramov Abdimajid Molikovich

 

Fizika-matematika fanlari falsafa doktori (PhD). SamDU Matematik fizika va funksional analiz kafedrasida 2003-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2018-yilda “Panjaradagi ikki zarrachali sistemaga mos ba’zi model operatorlarning spektral xossalari” mavzusida matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktorligi (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Abdimajid Xurramov 15 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi. Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda 8 maqolasi e’lon qilingan.

https://doi.org/10.29229/uzmj.2021-4-13

http://doi.org/10.17586/2220-8054-2022-13-3-237-244

http://doi.org/10.3103/S1066369X15060043

http://doi.org/10.17586/2220-8054-2016-7-5-880-887

http://doi.org/10.1134/S1995080222050109

http://doi.org/10.13108/2014-6-4-99

http://doi.org/10.1007/s11232-014-0198-2

http://doi.org/10.1007/s11232-013-0127-9

   Latipov  Sherdor   Mirzoyevich

latipov_sherdor@samdu.uz

Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent. SamDU matematik fizika va funksional analiz kafedrasida 2009-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2017-yil fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 28 ilmiy ish chop ettirgan, shulardan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestasiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etishda tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 6 maqola e'lon qilgan.

https://doi.org/10.4213/tmf6734

Ulashov Sobir Saxibjanovich

sobir_s_87@bk.ru

 

Fizika-matematika fanlari boʼyicha falsafa doktori(PhD), dotsent. Samarqand davlat universiteti matematik fizika va funksional analiz kafedrasida 2008-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2017-yilda  akademik Saidahmad Laqaev rahbarligida “Panjaradagi ikkita ixtiyoriy zarrachali sistemaga mos Shredinger operatori diskret spektri” mavzusida fizika-matematika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.

Sobir Ulashov faoliyati davomida 10 ta ilmiy maqolalar nashr ettirgan. 1 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda ilmiy maqolasi eʼlon qilingan.

https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.084860381632&origin= resultslist&sort =plf-f

Qurbonov Shaxzod Habibullayevich

kurbanov-shaxzod@mail.ru

 

Fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent. SamDU matematik-fizika va funksional analiz kafedrasida 2010-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2018-yilda akademik Saidahamd Laqaev rahbarligida  “Umumlashgan Fridrixs modeli xos qiymatlari uchun yoyilma” mavzusida falsafa doktori dissertatsiyasini yoqlagan.

Shaxzod Qurbonovning 4 Scopus va Web of Science ma’lumotlar bazasiga kiruvchi davriy jurnallarda hamda 2 respublika miqyosidagi jurnallarda maqolasi e’lon qilgan.

https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85117735904&origin=resultslist&sort=plf-f

https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-84877784768&origin=resultslist&sort=plf-f

https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-84866979615&origin=resultslist&sort=plf-f

Pardabayev Mardon Almuratovich

pardaboyev_mardon@samdu.uz

Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Matematik fizika va funksional analiz kafedrasida 2021-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2022-yilda “Panjarada qo‘zg‘alishli bilaplasianning xos qiymatlari asimptotikalari” mavzusida fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Mardon Pardabayevning 15 ilmiy ishlari chop etilgan. Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda 2 maqolasi e’lon qilingan.

Abduxakimov Saidakbar Xazratkul o‘g‘li

sabduxakimov93@samdu.uz

Samarqand davlat universiteti matematik fizika va funksional analiz kafedrasi assistenti. 2021-yilda “Panjarada o‘zaro ta’sirlashuvchi ikki fermionli sistema bog‘langan holatlari mavjudligi va soni haqida” mavzusida PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2021-yildan mazkur kafedrada faoliyat yuritib keladi.

Saidakbar Abduxakimovning faoliyati davomida xorijiy Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda 2, OAK huzuridagi respublika jurnallarida 3 maqolasi nashr etilgan. 

https://doi.org/10.4213/tmf9738

https://doi.org/10.1134/S0040577920050074

Pardayev Jasur Abdujalilovich

pardayev_jasur@samdu.uz

SamDU matematik fizika va funksional analiz kafedrasida 2021-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. “Berilgan xususiy chastotalar yordamida plastinkaning mahkamlanish holatini aniqlash” mavzusida ilmiy ish olib boradi.

Jasur Pardayevning 1 Scopus bazasiga kiruvchi jurnalda, 1 xalqaro va 2 respublika jurnalida ilmiy maqolalari e’lon qilingan.

https://www.elibrary.ru/item.asp?id=42605238

https://cyberleninka.ru/article/n/ob-identifikatsii-neuprugih-zakreplenniy-pryamougolnoy-plastiny/viewer

Abduvayitov Saidakbar Saydurasul o‘gli

abduvoitov_saidakbar@samdu.uz

SamDU matematik fizika va funksional analiz kafedrasida 2022-yildan buyon faoliyat yuritib keladi.

Saidakbar Abduvayitov faoliyati davomida 2 ilmiy maqola va 2 tezislar nashr ettirgan. 

Almuratov Firdavs Mansur o’g’li

almuratov0993@samdu.uz

Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Matematik fizika va funksional analiz kafedrasida 2018-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2023-yilda Panjaradagi sistemalarga mos diskret Shredinger operatorlari xos qiymatlari va ularning asimptotikalari” mavzusida fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.

Firdavs Almuratov faoliyati davomida 4 xorijiy Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda, 2 OAK huzuridagi respublika jurnallarida maqolalar e’lon qilgan:

Doi: https://doi.org/10.1016/j.jmaa.2021.125280

Doi: https://doi.org/10.1134/S199508022206018X

Doi: https://doi.org/10.1016/j.jmaa.2022.126363

Doi: https://doi.org/10.1134/S1995080222150082

Matematik fizika va funksional analiz kafedrasi haqida

Samarqand davlat universiteti matematik fizika va funksional analiz kafedrasi 2003-yilda f.m.f.d, prof. Saidahmat Laqayev tashabbusi va sa’y-harakatlari natijasida matematik-fizika ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha Samarqand davlat universitetida ilmiy maktab tashkil etilganligining e’tirofi sifatida matematik fizika nomi bilan tashkil qilindi.

Matematik fizika kafedrasi tarixi funksional analiz kafedrasi bilan bevosita bog‘liq:

Funksional analiz kafedrasi 1971-yilda dotsent X.Abdullayev tashabbusi va sa’y-harakatlari natijasida tashkil etilgan. Funksional analiz kafedrasiga dotsentlar X.Abdullayev, Sh.Yarmuhammedov, I.Isroilov va dotsent-professor S.Laqayev rahbarlik qilgan.1994-yili matematik analiz kafedrasi funksional analiz kafedrasiga qo‘shildi, kafedra funksiyalar nazariyasi va funksional analiz deb ataldi. 1997-yilda funksiyalar nazariyasi va funksional analiz kafedrasidan matematik analiz kafedrasi ajralib chiqdi.

2003-yilda funksiyalar nazariyasi va funksional analiz kafedrasi asosida ikkita yangi kafedra, ya’ni matematik fizika va funksiyalar nazariyasi kafedralari tashkil qilindi.2011-yildan matematik fizika va funksiyalar nazariyasi kafedrasi matematik fizika va funksional analiz deb nomlandi. 2016-yildan buyon kafedraga f.m.f.d.prof. akademik Saidaxmat Laqayev rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedrada o‘qitiladigan fan dasturlari

Bakalavr

  • Matematik fizika usullari
  • Funksional analiz
  • Kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi
  • Xaqiqiy o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi
  • Chiziqli funksional analiz
  • Variatsion hisob va optimallashtirish usullari
  • Variatsion hisob va optimal boshqaruv
  • Matematika asoslari
  • Matematikadan misol va masalalar yechish metodikasi
  • Umumiy o‘rta ta’lim darsliklari mazmuni (algebra, geometriya)

Magistratura

  • Fridrixs modellari
  • Shredinger operatorlari
  • Kompakt operatorlar
  • Chiziqli operatorlar

Kafedra hayotidan fotolavhalar