Samarqand davlat universiteti

boshlang‘ich va texnologik ta’lim kafedrasi mudiri

Eshniyozov Olimjon Ismoilovich

+998 90 742 56 10  olimjonismoilovich@gmail.com

        

    Olimjon Eshniyozov fizika-matematika fanlari nomzodi. 1976-yildan Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib keladi.  2021-yildan Samarqand davlat universiteti boshlang‘ich va texnologik ta’lim kafedrasi mudiri. 1993-yilda “O‘ta o‘tkazuvchan materialllarni o‘stirish va uni xususiyatlarini o‘rganish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Faoliyati davomida  100 dan ortiq ilmiy risola, 3 o‘quv qo‘llanma va 20 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, nufuzli jurnallarda 100 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon qilgan.

 

                                                                                       Boshlang‘ich va texnologik ta’lim kafedrasi a’zolari

Usmonov Lochinbek Sadreddin o‘g‘li

u.lochinbek@bk.ru

SamDU boshlang‘ich va texnologik ta’lim kafedrasida 2021-yildan buyon faoliyat yuritib keladi.

Lochinbek Usmonov faoliyati davomida 1  Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi maqola va boshqa bir qancha maqolalari e’lon qilingan.

Nuriddinova Maysara Ikramovna

 

Biologiya fanlari nomzodi, dotsent. 1986-yilda “Формирование и опадение плодоэлемнтов у тонковолокнистого хлопчатника в зависимости от от условий минерального питания” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1992-yildan SamDU boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasida katta o‘qituvchi, dotsent lavozimlarida faoliyat yuritib keladi. Ilmiy pedagogik faoliyati jarayonida 4 darslik, 1 monografiya, 3  o‘quv qo‘llanma, 8 o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 3 muammoli leksiyalar kursi, 2  elektron o‘quv qo‘llanma hamda 130dan ortiq ilmiy maqolalarni nashrdan chiqargan.

 

Yarashov Sharif Jumayevich

sharifyarashov@gmail.com

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).  SamDU boshlang‘ich va texnologik ta’lim kafedrasida 2022-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2022-yilda “Xusrav Dehlaviy g‘azallarida badiiy timsollarning lingvopoetik xususiyatlari” mavzusida dissertatsiyasini himoya qilgan.

Sharif Yarashov faoliyati davomida 1 lug‘at muallifi. 20 dan ortiq maqolalari nashr qilingan. Shuningdek, bugungi kunga qadar Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi xalqaro jurnallarda 1 maqolasi e’lon qilingan.

Qurbonov Zayniddin Oltinovich

 

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. SamDU boshlang‘ich va texnologik ta’lim kafedrasida 2003-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2019-yilda “Gipotaktik qurilma shakllanishining kognitiv-pragmatik xususiyatlari( hozirgi o‘zbek adabiy tili misolida)” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.

Zayniddin Qurbonov faoliyati davomida 1 risola, 5 uslubiy qo‘llanma, 58 ilmiy maqolalar nashr ettirgan. Xorijiy jurnallarda 7 ilmiy maqolalari e’lon qilingan.

 

Vafoyeva Muxayyo Yo‘ldoshevna

vafo197517@gmail.com

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. SamDU boshlang‘ich va texnologik ta’lim kafedrasida 2021-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2009-yilda “O‘zbek tilida frazeologik sinonimlar va ularning struktural-semantik tahlili” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Muxayyo Vafoyeva 1 ta respublika miqyosidagi “Fan, ta’lim va amaliyot integrasiyasi” nomli jurnalda tahririyat a’zosi. Faoliyati davomida 2 o‘quv, 3 uslubiy qo‘llanma muallifi. 50 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr ettirgan.

 

 

Allayorova Nilufar Yaxshinorovna

nilufarallayarova76@gmail.com

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. SamDU boshlang‘ich va texnologik ta’lim kafedrasida 2021-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. “So‘fi Olloyor “Sabotul ojizin” asarining ma’rifiy yo‘nalishi va badiiyati” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Nilufar Allayorova  faoliyati davomida 2 monografiya, 1 o‘quv va 4  uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, bugunga qadar 10 dan ortiq xalqaro va 20 dan ortiq respublika nashrlarida ilmiy maqolalar nashr ettirgan.

 

 

 

 

 

Mustafayev Temur Shomirzoyevich

mustafayev_temur@mail.ru

Kafedra assistenti. SamDU boshlang‘ich va texnologiya ta’lim kafedrasida 2014-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. "3, 3m va 32 simmetriyaga ega trigonal kristallarda chiziqli va nochiziqli akustik xossalarning anizotropiyasi" mavzusida (PhD) bo‘yicha ilmiy izlanish olib bormoqda.

Temur Mustafayev faoliyati davomida 4 xorijiy va 8  respublika jurnallarida ilmiy maqolalar e’lon qilgan. Shuningdek, bugunga qadar 27 ta xalqaro va respublika nashrlarida ilmiy maqolalar e’lon qilgan.

 Yunusova Bahora Axtamjonovna

yunusovabakhora@gmail.com

SamDU boshlang‘ich va texnologik ta’lim kafedrasida 2019-yildan buyon faoliyat yuritib keladi.

Bahora Yunusova faoliyati davomida Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi nashrlarda 1 maqolasi e’lon qilingan.

 

Maxsud Raxmatov 

rahmatovmahsud6@gmail.com

Fizika matematika fanlari nomzodi, dotsent.SamDU boshlang‘ich va texnologik ta’lim kafedrasida 2020-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1981-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Faoliyati davomida 2 o‘quv, 27 uslubiy qo‘llanma muallifi. 100 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalar e’lon qilgan.

Bobomurodova Latofat Elmurodovna

missis.latofat@mail.ru

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta o‘qituvchi. Boshlang‘ich va texnologik ta’lim kafedrasida 2021-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2022-yilda “Innovatsion ta’lim jarayonida bo‘lajak texnologik ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilarining kasbiy-metodik ijodkorligini takomillashtirish” mavzusida 13 (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.

Latofat Bobomurodova faoliyati davomida 1 o‘quv qo‘llanma, 1 patent, 1 guvohnoma, 2 uslubiy qo‘llanma muallifi. 16 ilmiy maqola e’lon qilgan.

Hazratqulov Mutallib Rashidovich

hazratqulovmutallib@gmail.com

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori. SamDU boshlang‘ich va texnologik ta’lim kafedrasida 2007-yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 2018-yilda “Adabiy ta’limda inshoning o‘rni va uni tashkil etishning ilmiy-metodik asoslari” mavzusida dissertatsiya himoya qilgan.

Mutallib Hazratqulov faoliyati davomida 4 darslik, 1 o‘quv qo‘llanma, 1 monografiya, 4 uslubiy qo‘llanmalarga mualliflik qilgan, 30 dan ortiq ilmiy maqolalari xorijiy va mahalliy jurnallarda nashr etilgan.

Abduraxmon Azimov 

 

Kafedra dotsenti. Samarqand davlat universitetida 1968-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1985-yilda "Shuhrat ijodida ijobiy qaрramon yaratish muammosi" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Faoliyati davomida, 4 o‘quv qo‘llanma va 8 uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek,  bugungi qadar 5 dan ortiq Scopus, Web of Science va boshqa nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallarda 100 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon qilgan.

Toshmurodov Sherzod Gulomjonovich

 

2006-yildan buyon Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib keladi. “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini harakat sifatlarini rivojlantirishda informasion texnologiyalaridan foydalanish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. 10 dan ziyod maqolalari xorijda va respublika nashrlarida  e’lon qilingan.

Husanboyeva Qunduzxon Parpaliyevna

 

Pedagogika fanlari doktori. SamDU boshlang‘ich va texnologik ta’lim kafedrasida 2022-yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 1997-yilda “O‘zbek adabiyotini ta’lim davlat tilidan boshqa tillarda olib boriladigan o‘qitishning ilmiy-metodik asoslari” nomzodlik, 2007-yilda “Adabiy talim jarayonida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishning ilmiy-metodik asoslari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Qunduzxon Husanboyeva faoliyati davomida 5  darslik, 3  o‘quv qo‘llanma, 10 dan ortiq monografiya, 5  uslubiy qo‘llanmalar nashr qildirgan, 160 dan ortiq ilmiy maqolalari xorijiy va mahalliy jurnallarda chop etilgan.

Urunov Abduhalil Majidovich

 

Tyexnika fanlari nomzodi, dotsent. Samarqand davlat universitetida 1982-yildan buyon faoliyat yuritib keladi.  1995-yil “Shpindelsiz paxta terish mashinasida qo‘llash uchun tebratkich mexanizmining tarxini tanlash va uning asosiy parametrlarini aniqlash” mavzusida nomzodlik dissertatsiya ishini  himoya qilgan va texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.

Faoliyati davomida, 1 darslik, 1 o‘quv qo‘llanma va 2 uslubiy qo‘llanmalar muallifi.

8 dan ortiq maqolasi Scopus, Web of Science va boshqa nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan. 

Boshlang‘ich va texnologik ta’lim”haqida

Samarqand davlat universiteti boshlang‘ich va texnologik ta’lim kafedrasi Samarqand davlat  universitetining 2021-yilda tashkil etilgan.

Ushbu kafedrada bugungi kunda 1 nafar fan doktori,  15 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 2 nafar PhD va 5 nafar assistent o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Kafedra  a’zolari O‘zMU, FarDU, AnDU, ToshPDU, GulDU, BuxDU, QarDU, TerDU, Navoiy va Jizzax OTM lari va respublikadagi  boshqa  oliy o‘quv yurtlaridagi turdosh kafedralar,  Moskva davlat Energetika instituti M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti va boshqa xorijlik mutaxassis olimlar bilan yaqin aloqalar olib bormoqda.

Kafedra qoshida turli nomli talabalar ilmiy to‘garagi faoliyat yuritadi. Kafedraning iqtidorli talabalari turli xil respublika tanlovida ishtirok etib kelmoqda. Kafedra o‘qituvchilari tomonidan bugungi kunga qadar 10 dan ortiq darslik,  o‘quv qo‘llanma, ma’ruzalar matni, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, majmua va ko‘rsatmalar  yaratilgan. Shuningdek, 10 dan ortiq monografiya, 40 ga yaqin ilmiy ommabop risola, 25 dan ziyod ilmiy to‘plam, 100 ga yaqin ilmiy maqola va 100 dan ortiq ilmiy ommabop maqolalar nashr etganlar.

Kafedrada bugungi kunda “Boshlang‘ich va texnologik ta’lim fanlarini o‘qitishda zamonaviy vositalar” mavzusi yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

        Kafedrada o‘qitiladigan fan dasturlari

Bakalavr

  • Ona tili va adabiyot
  • Ona tili o‘qitish metodikasi
  • Boshlang‘ich matematika kursi nazariyasi
  • Matematika o‘qitish metodikasi
  • Tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikasi
  • Jismoniy tarbiya va uni o‘qitish metodikasi
  • Texnik mexanika
  • Texnik chizmachilik
  • Texnik ijodkorlik va dizayn
  • Gidravlika va issiqlik texnikasi
  •  Kiyimlarni loyixalash va modellashtirish

Kafedra hayotidan fotolavhalar