Ilmiy-innovatsion  ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi faoliyati

 Ilmiy - innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 7 may 2018 yildagi 3698-sonli “Iqtisodiyot sohalariga innovatsiyalar mexanizmlarini joriy etishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tashkil qilingan. Bo‘limning faoliyati O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlat boshqaruv organlari buyruqlari va me’yoriy hujjatlari bilan intellektual sohani muhofaza qilish hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro bitimlari bilan, universitet rektorining buyruq va farmoyishlari bilan o‘z Nizomi va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.

Ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi universitet hukuqiga tegishli bo‘lgan ilmiy-innovatsion ishlanmalarni hamda ilmiy-tadqiqot faoliyat natijalarini tijoratlashtirishni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib,   bozorni tizimli tahlil qilish va innovatsion mahsulotga bo‘lgan ehtiyojni (ish, xizmatlar) o‘rganish, innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan rentabellikni baholash, tijoratlashtirishga va amaliyotga tadbiq etishga tayyor loyihalarni saralash, innovatsion loyihalarni amalga oshirishga investorlar, hamkorlar va boshqa manfaatdor shaxslarni jalb etish hamda yangi texnologiyalarni joriy etish va innovatsion mahsulot ishlab chiqarish maqsadida sanoat korxonalari bilan hamkorlik qilish yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi.

 Tijoratlashtirish bo‘limi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  • o‘rnatilgan tartibda byudjet va byudjetdan tashqari manbalardan moliyalashtiriluvchi universitet ilmiy-tadqiqot ishlariga professor-o‘kituvchi, yordamchi va ishlab chiqarish xodimlarini, doktorantlarni, talabalarni, hamda chetdagi tashkilotlar mutaxassislarini jalb etish va buyurtmachilarga oliy ta’lim muassasasi taqdim etadigan xizmatlarni;
  • universitet intellektual mulk ob’ektlarini hukuqiy himoya qilish bo‘yicha ishlarni bajaradi, jumladan patentlashtirish uchun talablarni tayyorlash, rasmiylashtirish va taqdim etish hamda intellektual mulk ob’ektlarini O‘zbekiston Respublikasida va xorijda qayd etadi;
  • qonuniyatchilikda nazarda tutilgan intellektual mulk ob’ektlari mualliflari bilan shartnomalar tuzishni tayyorlaydi va ta’minlaydi hamda ularni bajarilishini nazorat qiladi;
  • boshqa bo‘linmalar bilan birgalikda universitet intellektual mulk ob’ektlariga huquqni uzatishni rasmiylashtirilish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;
  • universitet olimlari tomonidan yaratilgan ishlanmalar va ITF natijalari to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va ma’lumotlar bazasini shakllantirish, intellektual faoliyat natijalaridan samarali foydalanish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;
  • ITF va innovatsion loyihalar natijalarini ilmiy-texnik, ilmiy-uslubiy va innovatsion potensiallarni ekspertizasini, tahlilini va baholashni tashkil etadi, eng muhim va raqobatdosh ishlanmalarni aniqlaydi;
  • innovatsion siklning barcha boskichlarida ITF natijalariga huquqni uzatish va taksimotini qamrab olgan holda intellektual mulkni boshkarish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chikarishni amalga oshiradi; 
  • texnologiyalarni transfer etish sohasida, innovatsion loyihalarni biznes rejalarni tayyorlashda, ITF natijalarning huquqiy himoyasini ta’minlashda, potensial investorlarni izlashda konsultativ xizmatlar ko‘rsatadi; 
  • universitet intellektual mulk ob’ektlaridan noqonuniy foydalanish faktlarni aniqlaydi va ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarni bartaraf etishga va keltirilgan zararni qoplashga yo‘naltirilgan takliflarni ma’muriyatga chora ko‘rish uchun kiritadi;
  • universitetning intellektual mulk ob’ektlariga mulkiy huquqlarini himoya qilishda, hamda mualliflarning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarini himoya qilishda ko‘maklashadi;
  • universitet xodimlari uchun intellektual mulk sohasida seminar-treninglar tashkil etadi;
  • universitet byudjet loyihasiga kashfiyot va patent-litsenzion faoliyat bo‘yicha, innovatsion tadbirkorlik va texnologiyalar transferi bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va kiritadi;
  • intellektual mulk ob’ektlardan foydalanish, ularni yaratish, himoya qilish bilan bog‘liq masalalarni to‘g‘risida hujjatlarni ishlab chiqadi.