Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutida iqtidorli talabalarini Germaniya oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olish imkoniyatlari va shart-sharoitlari bilan tanishtirish maqsadada amaliy seminar o‘tkazildi.

    Seminarda Germaniyaning akademik almashinuvlar xizmati (DAAD) mutaxassisi Anton Umbax institut talabalariga maʼruza qildi. Bunda Germaniya universitetlariga o‘qishga kirish uchun grantlar va stipendiyalarni qo‘lga kiritish imkoniyatlari to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berildi. Ayniqsa, Germaniyaning akademik almashinuvlar xizmati (DAAD) tomonidan o‘zbek talabalari uchun eʼlon qilingan qisqa muddatli o‘quv kurslarida, magistratura va doktorantura bosqichlarida tahsil olish uchun hujjatlar topshirish talablari va muddatlari bilan talabalarni yaqindan tanishtirdi.

    Seminar davomida talabalarning ko‘plab savollariga oydinlik kiritildi va talabalar Germaniya universitetlarida tahsil olish imkoniyatlari to‘g‘risida yetarlicha maʼlumotlarga ega bo‘lishdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.