Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati,

“Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, tajribali sanoat xodimi

O‘. S. Saidmurodovga!

Hurmatli O‘ktam Saidmurodovich!

Sizni tug‘ilgan kuningiz bilan samimiy tabriklayman. Uzoq umr, sihat-salomatlik, kelgusi ishlaringizga ulkan zafarlar tilayman.

Siz Samarqand viloyatida birinchilardan bo‘lib ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan, ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratgan, tadbirkorlik, ishbilarmonlikni amalda ko‘rsatgan, boy tajribaga ega insonsiz.

Bugun Samarqand viloyatida  ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan yuzlab yoshlar Sizni bevosita o‘zlarining ustozi deb biladi.

Siz Samarqandda sanoatchilar maktabini yaratgan, asos solgan ustoz-murabbiysiz. Biz Siz bilan haqli ravishda faxrlanamiz.

Mamlakatimizda  Siz tomoningizdan asos solingan “Stekloplastik” korxonasi mahsulotlari kirib bormagan biror tashkilot, idora, xonadon qolmagan. Bir-biridan sifatli, bemalol import o‘rnini bosa oladigan jihozlar soni borgan sari ortib borayotgani ham fikrimiz dalilidir.

Samarqandliklar Sizni saxovatpesha inson, yoshlarning mehribon ustozi, fidoyi tashkilotchi, tajribali rahbar sifatida yaxshi biladi va g‘oyatda qadrlaydi.

Yoshlarimizga Sizni hayot yo‘lingizni, erishgan yutuqlaringizni, maqsad yo‘lida sobitligingizni ibrat qilib ko‘rsatamiz. O‘rnak olishga chaqiramiz.

         Qadrli O‘ktam Saidmurodovich!

Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Alloh umringizga, rizqingizga, kasbingizga baraka bersin.

Hamisha Allohning panohida bo‘ling.

 

Rustam Xolmurodov,

Samarqand davlat universiteti rektori,

O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi,

Oliy Majlis Senati a’zosi.