Samarqand davlat universiteti professori,

    O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi,

    "El-yurt hurmati"  ordeni sohibi M. Q. Muhiddinovga!

    Qadrli Muslihiddin Qutbiddinovich!

    Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman. Uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik, xotirjamlik tilayman.

    Samarqand davlat universiteti jamoasi Siz bilan haqli ravishda faxrlanadi. Sizning qimmatli fikrlaringiz, jo‘yali maslahatlaringiz biz uchun juda muhim va qadrli. Jonkuyarlik, fidoyilik kabi fazilatlaringizni yoshlarimizga ibrat qilib ko‘rsatamiz.

    Hurmatli Muslihiddin Qutbiddinovich! 

    Biz Sizni Samarqand ma’rifatparvarlari, filologlari rahnamosi sifatida g‘oyatda qadrlaymiz. Alloh umringizga, rizqingizga, ilmingizga baraka bersin.

 

Rustam Xolmurodov,

Samarqand davlat universiteti rektori,

O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi,

Oliy Majlis Senati a’zosi.