Bugun Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti dotsenti Erkin Abdullayevning tug’ilgan kuni.

    Erkin Abdullayev 1940-yil Samarqand shahrida tavallud topgan. 84 yoshni qarshi olgan olim O‘zbekiston Fanlar akademiyasi zoologiya instituti va Samarqand davlat universitetida 56 yildan buyon turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

     Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi dotsent Erkin Abdullayevni samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.