Bugun Samarqand davlat universiteti dotsenti Obid Abdullayevning tug‘ilgan kuni.
    
    SamDU Muhandislik fizikasi instituti  nazariy va amaliy mexanika kafedrasi dotsenti Obid Abdullayev 1955-yil Jomboy tumanida tug’ilgan. 69 yoshni qarshi olgan olim 47 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

     Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi tug‘ilgan kun sohibini samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvaffaqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.

 

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati