Bugun Samarqand davlat universiteti professori Nurali Muhammadiyevning  tug’ilgan kuni.

    Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi mudiri, professor Nurali Muhammadiyev 1955-yil Urgut tumanida tug’ilgan. 69 yoshni qarshi olgan olim Samarqand davlat universitetida 47 yildan buyon bir qator lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

    Universitet jamoasi professor Nurali Muhammadiyevni samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.