Samarqand davlat universitetida akademik, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Bobomurod Ahmedov bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

    Unda Samarqand davlat universiteti o’quv ishlari bo’yicha birinchi prorektori Ahmadjon Soliyev, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Hakim Xushvaqtovlar ishtirok etdi.

    - Markaziy Osiyoning eng qadimiy ilm dargohi Samarqand davlat universitetida o’qiganimdan faxrlanaman, - deydi akademik Bobomurod Ahmedov. – Men o’qigan yillarda muhit boshqacha edi. Universitetning hozirgi binosini ko’rib odamning havasi keladi. Universitet ko’chasidan o’tganimda, nahotki men o’qigan universitet shu bo’lsa deb hayratlanib ketaman. Hech qachon bunaqa sharoit bo’lmagan.  Siz, yoshlar eng yaxshi davrda o’qiyapsiz. O’qing, izlaning. Marrani egallash o’zingizga bog’liq.

    Uchrashuv so’ngida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.