Samarqand davlat universiteti xalqaro aloqalar va strategik rivojlanish bo'limi boshlig’i Dilshod Obloqulov Kemer va yo'l bo'yi mamlakatlaridagi mahalliy xitoy tili o'qituvchilari uchun tashkil etilgan seminarda ishtirok etmoqda. Mazkur xalqaro seminar Xitoyning Shenyang pedagogika universitida o’tkazilmoqda. Anjumanda 6 davlatdan 16 nufuzli universitet vakillari ishtirok etmoqda. 

    Dilshod Obloqulov mazkur seminarda Samarqand davlat universiteti va Xitoy oliy ta’lim muassasalari hamkorligi bo’yicha ma’ruza qildi.

    Seminarning asosiy maqsadi xitoy tili o’qituvchilari malakasini oshirish. Shuningdek, a'zo davlat vakillariga xitoy tili o’qituvchilarini tayyorlash borasida Shenyang pedagogika universitetining tajribasini tatbiq etishdan iborat. 

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.