Bugun Samarqand davlat universiteti matematik modellashtirish kafedrasi mudiri, professor Baxtiyor Xo’jayorovning tug’ilgan kuni.

    Professor Baxtiyor Xo’jayorov 1951-yil Samarqand viloyatida tug’ilgan. 72 yoshni qarshi olgan olim 50 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda…

    Samarqand davlat universiteti jamoasi tug’ilgan kun sohibini samimiy muborakbod etib, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.

 

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.