Jo‘liboy Eltazarov Samarqand davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini (1985) bitirgan, 1992 yilda nomzodlik, 2007 yilda doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. Filologiya fanlari doktori, professor.

    Professor Jo‘liboy Eltazarov bundan avval bir necha yillar davomida "Ipak Yo‘li" Turizm va madaniy meros universitetining Birinchi Prorektori (2020-2024), SamDU filologiya fakulteti dekani, o‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri lavozimlarida (2005-2007, 2015-2020) faoliyat ko‘rsatgan.

    Olim uzoq yillar davomida chet ellardagi yetakchi OTMlarda, jumladan Busan Chet tillar universiteti (Koreya Respublikasi, 1999-2000), Berlin-Humboldt va Berlin Frei Universitetlari (GFR, 2003-2005), Osaka Universiteti (Yaponiya, 2007-2010), Mugla Sitki Kochman universitetida (Turkiya Respublikasi, 2010-2014) ishlagan.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati