2023-yil 22-dekabr kuni Samarqand davlat universiteti va Xitoyning Sian Jiaotong universiteti bilan "Xitoy ilmiy-tadqiqot markazi" ni tashkil etish bo’yicha hamkorlik memorandumi imzolagan edi.

    Mazkur shartnoma doirasida SamDU da kambag’allikni qisqartirish laboratoriyasini tashkil qilish bo’yicha ZOOM platformasi orqali uchrashuv o’tkazildi. 

    Uchrashuvda kambag’allikning sabablari, ya’ni gender tengligi, yuqori texnologiyalar bilan ta’minlanganlik, yosh darajasi, ekologik muammo, mehnat bozoriga kirish imkoniyatlari va bozordagi ishlab chiqarish nomutanosibligi kabi omillar muhokama qilindi.

    Yurtimizning ayrim qishloqlarini rivojlantirishda Xitoy tajribasini qo’llashga kelishildi.

    Kambag’allikni qisqartirish laboratoriyasi sohaga oid tadqiqotlarni o'tkazish va unga yechim topish uchun mo’ljallangan.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.