Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti 4-kurs talabasi Guldona Bekmurodova “Turli kasb egalarida somatometrik ko’rsatkichlarining kun davomida o’zgarish dinamikasi” mavzusida izlanishlar olib bormoqda. Ilmiy rahbari SamDU odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi mudiri, dotsent Mirzohid Qo’ziyev.

    Guldonaning tadqiqotlari turli kasb egalarining kun davomida bo’yi va vazn o’zgarishlarini tahlil qilishdan iborat.

    - Men bir biriga o’xshamaydigan 9 xil: kon ishchilari, elektr korxonasi, bank, IIB xodimi, o’qituvchi, sport murabbiyi, shifokor, operator, tarbiyachi kabi kasb egalari bilan tadqiqot o’tkazdim, - deydi Guldona Bekmurodova. – Ertalab nonushtadan va kechgi ovqatdan keyingi tana vazni va bo’y uzunligini taqqosladim. Kuzatuvlarimiz natijasida turli soha vakillarida oʻzgarishlar bir xil emasligi aniqlandi. Demak insondagi har bir ish faoliyati nafaqat ichki organlariga (yurak, jigar, ovqat hazm qilish, nafas olish, asab sistemalari), balki uning morfologik koʻrsatkichlariga ham taʼsir etadi. Ya’ni bo’y uzunligi insonning harakatiga, ta’na vazni esa uning ovqatlanishi bilan bog’liq…

Samarqand davlat universiteti

 

Axborot xizmati.