Baxtiyor Xo‘jayorov - Samarqand davlat universiteti matematik modellashtirish kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi. Olimning 100 dan ziyod maqolasi xalqaro jurnal va konferensiya to’plamlarida nashr etilgan. 47 maqolasi Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan. h indeksi 8. 

    8 monografiya va 1 o‘quv qo‘llanma muallifi. Asosiy ilmiy yo‘nalishi anomal suyuqliklarning  va moddalarning birjinslimas g‘ovak muhitlarda sizishi va ko‘chishi matematik modellarini takomillashtirish va sonli tadqiq qilish masalalariga qaratilgan.

    Baxtiyor Xo‘jayorov rahbarligida 3 fan doktori, 16 fan nomzodi va PhD  lar tayyorlangan. Ilmiy ishlari natijalari O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston respublikalaridagi neft va gaz konlarida keng qo‘llanilgan, katta iqtisodiy va texnologik samara olingan. U Turk dunyosi matematiklari jamiyatining boshqaruv Kengashi aʼzosidir.

    Olim Germaniya, Fransiya, Shveysariya, Italiya, Ispaniya, Turkiya, Malayziya mamlakatlarida ilmiy safarlarda bo‘lgan. Fransiyaning Grenobl universitetida 1,5 yil davomida ishlagan. Fransiya tashqi ishlar vazirligi va NATO ilmiy grantlarini olgan. 1994-yildan buyon O‘zbekiston respublikasining ilmiy grantlari asosida tadqiqotlar olib bormoqda. Hozirda FZ-2020092877 fundamental ilmiy granti rahbaridir.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.