Miya to'qimalarining 85 foizi suvdan iborat. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko'ra, dunyoda 45 milliondan ortiq odam depressiyadan aziyat chekmoqda. Ko'p odamlar depressiya va suvsizlanish o'rtasida bevosita bog'liqlik borligini bilmaydi. Suvsizlanish depressiyaning asosiy sabablaridan biri bo'lgan serotonin ishlab chiqarishni ko’paytiradi. Siz ichadigan suv miqdoringizni hisoblaganingizda, choy, qahva, gazlangan ichimliklar yoki sharbatlarni qo'shmang. Ajablanarlisi shundaki, bu ichimliklar o'tkir suvsizlanishga olib keladi. Hatto 2 foiz suvsizlanish ham kayfiyatning yomonlashishiga va bosh og'rig'iga sabab bo’ladi. Yetarli miqdorda suv ichish yo'g'on ichak, siydik pufagi va hatto ko'krak saratoni xavfini kamaytiradi hamda paydo bo'lishining oldini oladi.

    Kunlik istemol kerak bo'lgan ideal suv miqdori vazn, yosh, jins, stress darajasi, jismoniy mashqlar rejimiga ham bog'liq. 

    Masalan, sizning vazningiz 50 kilogram bo'lsa, 50 ni 30 ga ko'paytirasiz, 1500 chiqadi. Demak, siz kuniga 1500 millilitr (1.5 litr) suv ichishingiz kerak. 1 stakan suv 250 millilitr bo'lsa, siz kuniga 6 stakan suv ichishingiz tavsiya etiladi.

    Butunjahon sog’liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko’ra, ona suti bilan parvarishlanayotgan bolalarga 6 oylikkacha suv ichirmasa ham bo’ladi. Sun’iy aralashmalar berib boqilayotgan bolaga ovqatlar oralig’ida 20-30 millilitr (bir oshqoshiq) suv berish mumkin. 6 oylikdan 1 yoshgacha 1 stakandan ortiq suv bermaslik kerak.

    Qishda terlamasak ham, sovuqda og'zimizdan oqib chiqadigan oqim orqali suv yo'qotamiz. Chanqoqlik suvsizlanishning kech ko'rsatkichi bo’lib, bizning tanamiz funksiyalari allaqachon buzilganligini anglatadi.  Qish mavsumida suvsizlanishning ba'zi  alomatlari  terining qichishi, quruq yo'tal, yengil bosh og'rig'ida namoyon bo’ladi. Suvsizlanish qishki vaznni saqlashni ham qiyinlashtiradi. Agar siz yetarli miqdorda suv ichmasangiz, tanangiz iste'mol qilingan ovqatdan yog'larni energiyaga aylantirish uchun yetarli kuchga bo'lmaydi. Bundan tashqari, biz ko'pincha tashnalikni ochlik bilan aralashtirib yuboramiz, bu esa vazn ortishiga olib keladi. Ushbu omillarni hisobga olgan holda, qishda yetarli miqdorda suv ichish kerak. Qishda namlikni saqlab qolish uchun:

  • Erkaklar kuniga kamida 8-10 stakan;
  • Ayollar kuniga 6-8 stakan;
  • Emizikli ayollar kuniga kamida 7-10 stakan;
  • Sport bilan shug'ullanadigan erkaklar 10-14 stakan;
  • Sport bilan shug'ullanadigan ayollar 8-12 stakan suv ichishlari kerak.

    Yetarli miqdorda suv ichish sizni bosh og'rig'idan va hatto bel og'rig'idan xalos qiladi.

    Muntazam ravishda suvning kunlik me’yorini iste'mol qilish ovqat hazm qilish tizimini yaxshilaydi va sog'lig'ingizni saqlashga imkon beradi.

    Agar siz suv ichsangiz, kayfiyatingiz va his-tuyg'ularingiz muvozanatini his qilishingiz mumkin. Ichimlik suvi miyadagi qon oqimini va xotira funksiyasini saqlashga yordam beradi.

    Har doim esda tutingki, sog'lom tana baxtli hayotdir!

 

Feruza Normuhammedova

Samarqand davlat universiteti

odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi doktoranti.