Samarqand davlat universiteti organik sintez va biorganik kimyo kafedrasi doktoranti G‘ofir Hamidov Turkiyaning Afyon Kojatepa universiteti professori Ibrahim Erol ilmiy rahbarligida “Gidrotermal usulda metakrilat asosidagi polimer nanokompozitlarni tayyorlash va biologik, termik xususiyatlarni aniqlash” mavzusida tadqiqot olib bormoqda.

    Uning 10 ga yaqin maqolasi AQSH, Germaniya, Hindiston, Turkiya kabi davlatlarning nufuzli jurnallari va konferensiya to‘plamlarida eʼlon qilingan. 6 maqolasi Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda nashr etilgan. Turk tili bo‘yicha xalqaro C1 sertifikatiga ega.

    -  Turkiyaning Afyon Kojatepa universitetida to‘qqiz oydan buyon ilmiy tadqiqot olib bormoqdaman, - deydi  G‘ofur Hamidov. – Mavzu doirasida yangi sintezlangan kumush (Ag) va titan dioksid (TiO2) nano zarrachali polimer kompozit sintezlarini amalga oshirdik. Soddaroq qilib aytganda biz sintez qilgan polimer plastiklar meva, oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash, tibbiy idishlar ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega material hisoblanadi. Yaʼni boshqa plastik idishlarga qaraganda antibakterial, antikonser xususiyatiga ega. O‘zida mikrob va bakteriyalarni saqlanishiga yo‘l qo‘ymaydi va organik molekulalarni parchalaydi. Turli xil virusli kasalliklar kelib chiqishini oldini oladi. Tadqiqot natijasida 4 maqolamiz Scopus va Web of Science bazasida indekslandi. Mazkur izlanishlarimiz ishlab chiqarish uchun joriy etilishi kutilmoqda…

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.