Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Akmal Axatov Fransiyaning Puate universitetidagi tashrifida “Erasmus+” dasturi bo’yicha Markaziy Osiyo universitetlari ishtirokini yanada kengaytirish maqsadida mazkur universitetning ENSIP injenerlar maktabi va tabiiy fanlar fakultetida bo’ldi. Akmal Axatovga K171 loyihasi ijrojilari UrDU vakili Jamol Mattiyev, al-Farobiy nomidagi Qozog'iston Milliy universiteti vakillari Nursulton Dosjan va Madina Mansurovalar hamrohlik qildi.

    Uchrashuvda mutassadi rahbarlar bilan Markaziy Osiyo OTM larida Puate universiteting tajribasi asosida o’quv jarayonlarni takomillashtirish, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash, ilmiy stajirovkalarni korxona va tashkilotlarda yo’lga qo’yish, ilmiy izlanish natijalari samarasini oshirish, tadqiqotchilar akademik almashinuvi hamda qo’shma doktoranturalarni tashkil qilish masalalari muhokama qilinib, kelishuvlarga erishildi.

    2023-2024 o’quv yilining 2-semestrida Puate universitetiga ilmiy stajirovkaga yuboriladigan nomzodlar tasdiqlandi. 

    Tashrif davomida universitetning dars jarayonlari kuzatildi. Elektrik injineriya, informatika va tizmlar avtomatikasi, organik kimyo va sintez laboratoriyalari asbob-uskunalari va ularda olib borilayotgan tadqiqotlar bilan tanishildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.