Bugun Samarqand davlat universiteti  professori Asatillo Rajabov va dotsenti Behzod To’raqulovlarning tug’ilgan kuni.

    SamDU jahon tarixi kafedrasi dotsenti Behzod To’raqulov 1947-yil Samarqand shahrida tug’ilgan. 76 yoshni qarshi olgan olim 55 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda…

    SamDU odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi professori  Asatillo Rajabov 1950-yil Urgut tumanida tug’ilgan. 73 yoshni qarshi olgan olim 50 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda…

    Samarqand davlat universiteti jamoasi tug’ilgan kun sohiblarini samimiy muborakbod etib, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.

 

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati