Samarkand State University
of the name Alisher Navoi

 
Enter to webmail
User
Pass
Home page

About University

Samarqand universitetining tarixiy ildizi Temuriylar davriga borib taqaladi. Ilmu-fan, ma'naviyat va ma'rifat targ'ibotchilari bo'lgan Temuriylar hukumronligi davrida Samarqand mintaqasida va umuman Movarounnahr hududida, fan, ta'lim taraqqiyoti uchun to'liq ma'nodagi zaminu-asos yaratildi. Sohibqiron Amur Temur va uning davomchilari tomonidan bunyod etilgan qator madrasa-maktablar, nafaqat diniy ta'lim maskani bo'lib qolmasdan, ular dunyoviy bilimlar beruvchi makon ham edi. Ushbu madrasalardagi saboqlarning 70% dan ortig'ini dunyoviy predmetlar tashkil qilgan. Aslida Abu Ali ibn Sino, Al Xorazmiy, Zamaxshariy, Maxmud Koshg'ariy kabi allomalarni voyaga etkazgan yurtda ta'lim tizimini yanada taraqqiy qildirish, ilmu-fanni yuksaltirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud bo'lganligi hech qanday bahsni talab qilmaydi. 

Ayniqsa, Temuriylar avlodining yorqin yulduzi, o'zbek ilmining faxri bo'lgan Muhammad Tarag'ay Ulug'bek yaratgan ilmiy maktabning salohiyati buyukdir. Registon maydonidagi Ulugbek madrasasi (1417-1420 yillarda qurilgan) so'zsiz Samarqand dorilfununing "beshigi", uning tashkil topish asosidir. Ushbu "alma matre" da Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Hofiziy Obro', Mavlono Nafis, Samarqandiy, Lutfiy, Badaxshiy kabi mavlonolar taxsil olishgan va saboq berishgan. Ulug'bek astronomik maktabining vakillari Al Koshiy, Jamshid ibn Ma'sud, Qozi zoda Rumiy, Aliqushchi, Mahmud Xavofiylar madrasau-dorilfununda matemtika, astranomiya, hisoblash asoslari, jo'g'rofiya kabi tabiiy fanlardan dars berganlar. 

Temuriy va undan oldingi davrlar ta'lim an'analari keyingi asrlarda o'z davomini madrasa-maktablar bag'rida topdi va rus istilosi (XIX asr) paytigacha uzluksiz ta'lim olish uchun xizmat qildi. Buning isbotini madrasalar qurilishini davom etganligida ham ko'rishimiz mumkin.

Buyuk o'zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyning 500 yillik yubileyi munosabati bilan 1941 yilda universitetga uning nomi berildi 1941-1944 yillarda O'zbekiston Davlat universiteti Toshkent Davlat universiteti bilan vaqtincha birlashtirildi va 1944 yil 24 martdan boshlab universitet o'z mustaqil faoliyatini Samarqand shahrida qaytadan boshladi. O'bekiston Davlat universiteti 1960 yildan boshlab Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universiteti (SamDU) deb nomlandi.

Universitetning o'tgan yillari mobaynida moddiy bazasi tobora mustahkamlanib, kadrlar tayyorlash sifati yaxshilandi. Bunday ulug'vor vazifalarni uddalay olishda birinchi bo'lib Moskvadan N.A.Merkulovich, Minskdan D.A. Jarinov, Qozondan Anuchin, A.M.Zavadskiy, Buxorodan Abdurauf Fitrat, Toshkentdan G'ozi Olim Yunusovlar Samarqandga kelgan, har biri o'z sohasining yetuk mutaxassislari bo'lgan professorlar otryadi hal qiluvchi rol o'ynadi. 30-40 yillarda Samarqand Davlat universiteti professor-o'qituvchilari safiga jadidchilik harakatining etakchi vakillari Abdurauf Fitrat, G'ozi Olim Yunusov, saidahmad Siddiqiy Ajziy, Saidrasul Saida Aziziy kabilar qatorida universitet dargohida aspiranturani o'tagan M.Abdulqosimov, V.Abdullaev, I.Mo'minov, M.Sobirov, U.Tursunuv, S.Umarov, R.Iskandarov, A.Yakubov va J.Qobilovlar kelib qo'shildilar. 50-yillar va undan keyingi davrlarga kelib, universitetda milliy talabalarning miqdori ancha ko'payadi. Asta-sekin o'zbek tilida ham muntazam o'qitish yolga qo'yiladi. Qayta qurish shamollari esgach, jiddiy o'zgarishlar yuz berdi.

SamDU o'z xizmatlari va salohiyati bilan universitet shuhratini olamga S.Umarov, A.Bahovuddinov, J.Zokirov, U.Oripov, Ya.G'ulomov, M.Osimov, I.Mo'minov, V.Abdullaev, A.Otaxo'jaev, O.Sharafiddinov, U.Tursunov, Yu.Avaliani kabi xalqaro miqyoslarda o'z nufuzida ega ilmiy maktablar yaratib, samarali mehnat qilgan o'nlab allomalari bilan haqli suratda iftixor etadilar. Shuni ham ta'kidlash lozimki, universitetimizda o'tgan yillar o'nlab yirik davlat, madaniyat va fan arboblari, shoir va yozuvchilar yetishib chiqdilar. Bular H.Olimjon, Oydin, Uyg'un, Mirtemir, Amin Umariy, Usmon Nosir, Hasan Po'lat, O'tkir Rashid, Nazarmat, Sharof Rashidov, Habib Yusufiy, Ra'no Uzoqova, Adham Hamdam, Asqad Muxtor, Shukur Sa'dulla kabilar. Bugungi Dushan Fayziy, Omon Matjon, Normurod Narzullaev, Barot Boyqobilov kabi zamonaviy o'zbek adabiyotining juda katta umumbashariy yukuni tortib kelayotgan o'nlab ijodkorlarimiz mana shu universitetda ta'lim-tarbiya olib voyaga etdilar.

SamDUda 6 mingdan ortiq talaba turli sohalar buyicha chuqur bilim olmoqda, ilm-fan sirlarini o'rganmoqda va ta'lim-tarbiy topmoqdalar. Universitetda yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash bevosita aspirantura va doktorantura hamda stajor-tadqiqotchilik orqali amalga oshirilmoqda.

Professor-o'qituvchi va ilmiy xodimlar orasida O'zR Fanlar Akademiyasining haqiqiy a'zosi, o'ndan ortiq kishilar esa dunyoning eng nufuzli akademiyalarining faxriy a'zolaridir. Olimlarimizning fanda erishgan yutuqlari tufayli o'ndan ortiq xodimlari O'zbekiston Respublikasi A.Beruniy nomli Davlat mukofotining sovrindorlari. Taniqli olimlar va iqtidorli yoshlardan xalqaro Soros va Evroosiyo fondlari mablag'lari orqali ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan va shu asosda AQSH, Germaniy, Italiya, Belgiya ilmiy va uquv markazlarida ilmiy safarlariga borayotganligini alohida ta'kidlash lozim.

Bir guruh olimlarning ilmiy asarlari AQSH, Eron, Turkiya kabi mamlakatlarda tarjima qilinib, nashr etilmoqda. SamDU olimlari Respublikamizdagi barcha Oliy o'quv yurtlari hamda Fanlar Akademiyasining ilmiy tadqiqot institutlari bilan yaqindan ilmiy aloqalar qilgan holda yuqori malakali ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashda ishtirok etishmoqda va O'zbekiston Respublikasi Fan va Texnika Davlat Kometeti e'lon qilgan ilmiy tanlovlarga qatnashmoqdalar.

Universitetda o'zbek filologiyasi va fizika buyicha fan nomzodligi unvoni beruvchi ixtisoslashgan bir necha yillardan beri ishlab turishi ham SaMDU obro'yiga obro' qo'shmoqda. Har yili 5-6 fan doktori va 15-20 fan nomzodlarining universitetda tarbiyalanib chiqishi, yuzlab ilmiy maqolalar, o'nlab monografiya va o'quv darsliklari nashr etilishi hamda ixtirolar uchun patentlarning olinishi, ko'p millionlab davlat byutjetidan mablag' bilan ta'minlanadigan mavzular va xo'jalik shartnomalai asosida ilmiy-tadqiqotlarning bajarilishini qaid qilmoq lozimdir.

  Davomi >>>>>>>> 

 

Select language
Google

Ob-havo

SAC

Supreme attestation commission

ZIyoNet

Information educational network

GovUZ

Samarkand State University - 2010