Samarqand davlat universitetiga Italiyaning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Agostino Pinna boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

    Martabali mehmonlar bilan Samarqand davlat universiteti rektori, O'zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a'zosi Rustam Xolmurodov uchrashdi.

    Muloqotda O’zbekiston va Italiya oliy ta’lim tizimi muhokama etildi. Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida Italiya tajribasini o’rganish va professor-o’qituvchilar almashinuvini yo’lga qo’yishga kelishildi.

    Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov Italiya universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish bo’yicha bir qator takliflarni ilgari surdi.

    Shuningdek, SamDU da Italiya ta’lim markazini tashkil etish bo’yicha fikrlar almashildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.