Bugun Samarqand davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri Jamila Vafayevaning tug‘ilgan kuni.

Falsafa fanlari nomzodi, dotsent Jamila Vafayeva 1960-yil Samarqand shahrida tug‘ilgan.  64 yoshni qarshi olgan olima 40 yildan buyon  Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 
Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi tug‘ilgan kun sohibini samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.