Samarqand davlat universitetida 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirni Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov kirish so‘zi bilan ochdi:

    - Xotin-qizlar bayrami hammamiz uchun qadrli va azizdir. Chunki ayollarsiz hayotimizni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Sizlar bor, umrimizning har bir kuni go‘zal, faraxbaxsh. Siz borki, jamiyatning har bir bo‘g‘inida nafosat bor, mehr bor, muhabbat bor, ezgulik bor. Inson zoti o‘zini dunyoga keltirgan, ulg‘aytirgan, jonidan jon, qonidan qon bergan Onalar oldida bosh egib, taʼzim qilishi kerak. Ayniqsa, o‘zbek onasi degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan aziz opa-singillarimizni, muhtarama ayollarimizni bir qo‘li bilan beshik, bir qo‘li bilan dunyoni tebratish mahoratlariga, jasoratlariga tan bermaslikni iloji yo‘q. Bugun bu yerga Samarqand zaminining eng ziyoli, eng oqila, olima ayollari tashrif buyurgan. Samarqand davlat universitetining shonli tarixini, bugungi kunlarini yorug‘ kelajagini Siz olima ayollarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi… Aziz ayollarimiz sizlarni qancha qadrlasak, eʼzozlasak, hurmat ko‘rsatsak, shuncha kam. Men Sizlar orqali butun O‘zbekiston ayollarini chin qalbimdan tabriklayman. Sizlarga baxt va omad, mehr-muhabbat tilayman. Yuzingizdan tabassum arimasin. Siz borki, bu hayot bor. Bayramingiz muborak bo‘lsin!

    Tadbir davomida universitetda samarali faoliyat ko‘rsatib, erishgan natijalari bilan boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan 218 nafar ayol professor-o‘qituvchi va ishchi-xodim SamDU rektorining tashakkurnomasi va kasaba uyushmasining sovg‘alari bilan taqdirlandi. 335 nafar ayol xodimga pul mukofoti ajratildi.

    Shuningdek, SamDU pedagogika taʼlimi fakulteti jamoasi tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga haqiqiy bayram kayfiyati ulashdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.