Dehqon va mirishkorlarimiz erta bahorda tuproqni ekishga tayyorlash uchun joyning tuproq va iqlim sharoitlari hisobga olgan holda quyidagi agrotexnologik ishlarni o‘tkazishlari maqsadga muvofiq. Tuprog‘i sho‘rlanmagan, begona o‘tlardan toza, shudgorning ijobiy xususiyatlari saqlanib qolgan maydonlarda borona va mola birgalikda ishlatilib, yer chigit ekishga hozirlik ko’riladi. Dala begona o‘tlar bilan ifloslangan bo‘lsa 6-8 santimetr chuqurlikda kultivatsiya yoki 10-12 santimetr chuqurlikda chizellab, keyin borona va mola qilinib tuproq ekishga tayyorlanadi. Zahira suvi berilgan yoki sifatsiz shudgorlangan maydonlarda 16-18 santimetr chuqurlikda chizel, boron ava mola yuritilib ekiladi.  Sho‘ri yuvilgan tuproqlarda tuproqning yetilish chuqurligigacha  chizel qilinib, keyin borona-mola qilib ekiladi. Mexanik tarkibi og‘ir bo‘lgan tuproqlarda chizellashni 1-2 marta takrorlashi mumkin. Agar dala begona o‘tlar bilan kuchli ifloslangan bo‘lsa ag‘dargichi  olib tashlangan plug bilan 16-18 santimetr chuqurlikda haydalib, keyin borona-mola yuritilib ekish tavsiya etiladi.

 

Mingjigit Abduraximov

Samarqand davlat universiteti

tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasi professori.