Samarqand davlat universitetiga Bangladesh Xalq Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Maxammad Muniral Islam tashrif buyurdi. Martabali mehmon bilan Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov uchrashdi.

    Muloqotda ta’lim tizimidagi islohotlar, demografik va iqlim o’zgarishi bilan bog’liq muammolar haqida fikr yuritildi. Shuningdek, Samarqand davlat universiteti Bangladesh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yishga kelishdi.

    Muzokara natijasida SamDU olimlari Bangladesh universitetlari professor-o’qituvchilari bilan ZOOM platformasi orqali muloqot qilib, dolzarb mavzudagi tadqiqotlarni hamkorlikda olib boradigan bo’ldi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.