Rustam Ibodov – nazariy fizika va kvant elektronika kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori. O‘zbekiston fiziklari jamiyati a’zosi. Ilmiy izlanishlari mikro va makro olamlar  fizikasi  jarayonlarini nazariy yo‘l bilan tavsiflashga qaratilgan.

    250 ga yaqin maqolasi xalqaro jurnal va konferensiya to’plamlarida nashr etilgan. 40 dan ortiq maqolasi Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan. H indeksi 7.  Besh o’quv qo’llanma muallifi.

    Rustam Ibodov ilmiy rahbarligida 3 PhD dissertatsiyalari himoya qilingan. 4 xalqaro, 3 respublika miqyosidagi fundamental ilmiy loyihalarni bajargan.

    Ayni vaqtda “Eynshteyn tenglamalarining Qora tuynuklar (Black Holes) va Yumronqoziq inlari (Wormholes) uchun yangi yechimlari” mavzusidagi fundamental loyihalar bo’yicha Germaniyaning Oldenburg universiteti nazariy fizika bo‘limi boshlig‘i professor Jutta Kunz  hamkorligida izlanishlar olib bormoqda.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.