O‘zbekiston uchun noan’anaviy bo‘lgan qimmatbaho o‘simlik. Undan oziq-ovqat va farmasevtika sanoati uchun xomashyo tayyorlash maqsadida foydalaniladi.

    Undan jigar, qabziyat, qandli diabet, ateroskleroz, psoriaz, ekzema, oshqozon osti bezi kasalliklarini davolash uchun sinariks, xofitol, artichoke kabi dorivor moddalar tayyorlanadi. Biz sizga aytayotgan ushbu o’simlik, ya’ni artishok tarkibida oqsillar, uglevodlar, vitamin C, karotin, vitamin B1 B2, inulin tarkibida kaliy, rux, selen, mis, marganes, natriy, magniy, fosfor, kalsiy, temir, taninlar, shuningdek, organik kislotalar mavjud. Eng foydalisi glikozid-sinarin, shuningdek, tibbiyotda ishlatiladigan kofein, askorbin va xinin kislotalardir. Artishokning yumshoq (et qismi) o‘rta qismi ishlatiladi.

    Artishok xom, qovurilgan va qaynatilgan holda iste’mol qilinadi. Xalq tabobatida uning barglari va ildizlari o‘t yo‘llari, ateroskleroz va revmatizmlarda ishlatiladi. Artishok - parhez sabzavot bo‘lib, oson o‘zlashtiriladi, uning qayta ishlangan mahsulotlari qandli diabetda kraxmal o‘rnini bosuvchi vosita sifatida ishlatiladi.

    Tibbiyotda savatchalaridan tashqari o'simlikning barcha boshqa qismlari - barglari, poyalari, ildizlari, urug'lari ishlatiladi. Artishok qismlaridan qaynatmalar, damlamalar, ekstraktlar va moylar qadim zamonlardan beri jigar, buyraklar, muhim bezlar va jinsiy quvvatning surunkali kasalliklarini davolash va oldini olishda ishlatilgan. Zamonaviy tadqiqotlar haqiqiy artishok o'simliklaridan olingan xom ashyolardan tayyorlangan dori-darmonlarning foydali ta'sirini tasdiqlaydi.

    Ozuqa moddalari va tolaning yuqori miqdori tufayli artishok oshqozon-ichak trakti, jigar (toksinlarni yo'qotishga yordam beradi) va siydik tizimi uchun ham foydalidir (diuretik ta'sirga ega).

    Bundan tashqari, artishoklar antioksidant xususiyatlari uchun qadrlanadi. Artishoklarni iste'mol qilish hujayralarni erkin radikallar ta'siridan himoya qiladi, qarishni va ko'plab kasalliklarni, shu jumladan saratonni rivojlanishini oldini oladi.

    Artishoklarni iste'mol qilish organizmdagi metabolik jarayonlarni normallashtiradi va qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi. O'simlikdan karbamid, toksinlar va og'ir metal tuzlarini tanadan olib tashlashga yordam beradigan dorilar tayyorlanadi.

    Artishok jigar kasalliklariga yordam beradi va shikastlangan hujayralarni tiklaydi. Unga asoslangan preparatlar jigar va buyraklardagi operatsiyalardan keyin tiklanish davrida qo'llaniladi. Artishok ekstrakti sariq kasalligida yordam beradi.

 

 Zebiniso Nomozova,

 Samarqand davlat universiteti

 botanika kafedrasi dotsenti.