Bugun Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi instituti dotsenti Ilhomjon Subhonqulovning tug’ilgan kuni.

    Ilhomjon Subhonqulov 1954-yil Toyloq tumanida tavallud topgan. 70 yoshni qarshi olgan olim 51 yilga yaqin Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

    Universitet jamoasi fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Ilhomjon Subhonqulovni samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.