Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetida o’zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan shu mavzuda anjuman o’tkazildi.

    Tadbirni Samarqand davlat universiteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori Isroil Sulaymonov kirish so’zi bilan ochib berdi.

    Anjumanda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, "El-yurt hurmati" ordeni sohibi Muslihiddin Muhiddinov, professor Azmiddin Nosirov,  dotsent Gulsanam Xoliqulovalar ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.