Nurali Muxamadiyev – Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi mudiri, kimyo fanlari doktori, professor. Olimning Scopus, Web of Science xalqaro bazalarga kiruvchi ilmiy jurnallarda 65  va respublika hamda markaziy nashrlarda jami 150 ga yaqin maqola, tezislari e’lon qilingan.  1 foydali model uchun patent olgan. Shuningdek, 7 monografiya, 6 darslik va 11 o‘quv qo‘llanma muallifi. Asosiy ilmiy yo‘nalishi “Xromatografik jarayonlarning fizik-kimyosi” ga bag’ishlangan. 

    Nurali Muxamadiyev rahbarligida 1 fundamental, 3 amaliy va 1 innovatsion grantlar bajarilgan. Olimning Scopus bazasidagi h-indeksi 2.  Ilmiy rahbarligida 12 nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.