Samarqand davlat universitetiga Hindistonning O'zbekistondagi elchixonasining ikkinchi kotibi, Lal Bahadur Shastri nomidagi hind madaniyati markazi direktori, janob Sitesh Kumar boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Martabali mehmonlar SamDU pedagogika ta’limi fakultetida bo’lib, hind madaniyati va san’ati kunlarini keng nishonlashdi.

    Tadbir doirasida Hindiston madaniyati va san’ati ko’rgazmasi taqdimoti hamda hindcha qo’shiq va raqslar namoyish etildi.

    Shuningdek, universitet talabalari tomonidan amaliy san’at namunalari ko’rsatilib, mumtoz kuylar ijro etildi. Pedagogika ta’limi fakulteti yigit-qizlaridan iborat “Shodlik” jamoasi tomonidan kuylangan asarlar mehmonlarda katta qiziqish uyg’otdi.

    Yuqori kayfiyatda o’tkazilgan marosim savol-javoblarga boy bo’ldi.

    Anjuman yakunida faol va iqtidorli talabalarga sertifikat va esdalik sovg’alar topshirildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.