Samarqand davlat universiteti intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti dekani, dotsent Fayzullo Nazarovning "Web texnologiyalari" nomli darsligi nashr etildi.

    Mazkur darslik web texnologiyalar fanini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, bunda  fan uchun HTML, CSS, Bootstrop, PHP, JavaScript, XML vositalari va ularni qo'llashning qoidalari batafsil yoritilgan. HTML, CSSning buyruqlari va yozilishlari bir nechta dasturlar yordamida tushuntirilgan. PHP dasturlash tilining operatorlari, kalit so'zlar va buyruqlarning umumiy ko'rinishlari hamda ularni qo'llanilishi ko'rsatilgan.  

 

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.