Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov taklifiga binoan Xitoyning Siʼan Jiaton universiteti prezidenti, professor VANG Shuguo boshchiligidagi delegatsiya SamDU ga tashrif buyurdi.

    Martabali mehmonlarni SamDU rektori Rustam Xolmurodov Konfutsiy maydonida kutib oldi.

    Muloqotda tomonlar o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Professor-o‘qituvchi, doktorant va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, Samarqand davlat universitetida Xitoy tili va madaniyati markazini tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.

    Muzokara so‘ngida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

    Rasmiy uchrashuvdan so‘ng delegatsiya vakillari SamDU Biokimyo instituti yangi kampusi, arxeologiya, zoologiya muzeylari va oranjeriya faoliyati bilan tanishdi.

    Kunning ikkinchi yarmida martabali mehmonlar Samarqandning diqqatga sazovor joylari: Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Bibixonim masjidi, Shohizinda majmuasi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonalarini ziyorat qilishdi.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.